Turistik bozorni segmentlash



Download 0,78 Mb.
bet1/9
Sana17.07.2022
Hajmi0,78 Mb.
#818256
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
abduhalil diplom ishi


TURISTIK BOZORNI SEGMENTLASH
Reja:
Kirish.
I-Bob Turistik bozorni segmentlash asoslari
1.1. Turistik bozorni segmentlash asoslari va marketing
1.2. Segmentlash mezonlari(belgilari) va marketing tamoillari
1.3. Turistik bozorni bir necha belgilar bo`yicha segmentlash
II-Bob
2.1. Turistlarni tasniflash tajribasi
2.2.Interaktiv modeldagi turist turlari
2.3. Kognitiv-normativ modeldagi turist turlari
2.4. Maqsadli bozorni tanlash.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida turizm va uni rivojlantirish bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirilishi to’g’risida dasturiy rejalar tuzilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli raqobat yuzaga kelayotgani turistik faoliyatda ilg’or texnologiyalarni qo’llashni taqoza etmoqda. Mamlakatimiz turizmini rivojlantirish orqali turistik faoliyatni yaxshilash va ichki bozorda raqobatni kuchaytirish, o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish zamon talabi bo’lib qolmoqda. Mavzuning dolzarbligi ham shundan kelib chiqqan bo’lib, respublikamizda turizmni rivojlantirishning global marketing va raqobat usullarini topish va asoslab berish vazifasini qo’yadi. Mazkur muammolarni o’rganish, ularni ilmiy tahlil qilish, bu borada to’plangan bilim va tajribalar asosida mavjud muammolarni hal qilishga doir takliflar kiritish tanlangan mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Тurizm sohasida global marketing faoliyati, jumladan marketing tadqiqotlarini rivojlantirish bir qator iqtisodchi olimlar va tadqiqotchilar tomonidan o’rganilgan. Bu borada G’arb olimlari Filipp Kotler2, Djoel Evans, Durovich A. P.3, B. Berman kabi olimlarning xissalari katta. Shuningdek, Ye.Dixtl hamda Х.Хershgen kabi nemis olimlari ham o’z izlanishlarda marketing tadqiqotlari, shakllari va ularning strukturasiga alohida e’tibor qaratishgan. Mashhur marketolog olimlar Lennon Dj. D., Smit Х4 izlanishlari mazkur ishda o’z o’rnini egallagan.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Qosimova M.S5., Axmedov O.M., Ibragimov R.G., Yodgorov M.H., Ergashxo’jayeva M.S., Navro’zzoda B., Musayeva Sh.A. larning ilmiy izlanishlarida marketing tadqiqotlari markaziy o’rin egallagan.Tadqiqotning maqsadi turizm xizmat ko’rsatish korxonalarida global marketing va raqobat imkoniyatlarini ochib berishga qaratilgan ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.Ilmiy izlanishlarning asosiy vazifalari quyidagilarda iborat:
-turizm sohasining mamlakatda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitidagi tutgan o’rnini tadqiq etish;
-mamlakat miqyosida turizm xizmat ko’rsatish korxonalarida global marketing va raqobatni rivojlanish imkoniyatlarini baholash;
-turizm xizmat ko’rsatish korxonalarida marketing strategiyasini shakllantirish va takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
O’zbekiston turizm sohasida global raqobat va global marketingning strategiyalarini takomillashtirish istiqbollarini belgilab berish.
Tadqiqotning predmeti turizm sohasida global raqobat va global marketingning o’ziga xos xususiyatlari majmuidan iborat.Tadqiqotning ob’ekti sifatida Namangan shahrida joylashgan “istiqlol mehmonxonasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat olindi.
Tadqiqotning predmeti turizm sohasida global raqobat va global marketingning o’ziga xos xususiyatlari majmuidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiliklarga quyidagilar kiradi:
-mamlakat miqyosida turizm xizmat ko’rsatish korxonalarida global marketing va raqobatni rivojlanish imkoniyatlarini baholandi;
-turizm xizmat ko’rsatish korxonalarida marketing strategiyasini shakllantirish va takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi;
-O’zbekiston turizm sohasida global raqobat va global marketingning strategiyalarini takomillashtirish istiqbollarini belgilab berildi. ishning amaliy ahamiyati. Kurs ishda yoritilgan barcha uslubiy va amaliy tavsiyalar turizm sohasida global raqobat va global marketingning o’ziga xos xususiyatlari samaradorligini oshirish yo’nalishlarini aniqlash uchun xizmat qilishi mumkin.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish