Xodimlar daromadlari
26 Sotib oluvchi sotib olinuvchining xodimlar daromad kelishuvlariga tegishli majburiyatni (yoki aktivni, agarda mavjud bo’lsa) BHXS 19 “Xodimlarning daromadlari” ga muvofiq tan olishi va baholashi lozim.
Qoplovchi aktivlar
27 Biznes birlashuvda sotuvchi sotib oluvchiga muayyan aktiv yoki majburiyatning barchasiga yoki ma’lum qismiga tegishli bo’lgan ko’zda tutilmagan holat yoki noaniqlik natijasini shartnomaviy tarzda qoplab berishi mumkin. Masalan, sotuvchi sotib oluvchiga muayyan ko’zda tutilmagan holatdan yuzaga keladigan majburiyat bo’yicha belgilangan summadan ortiq bo’lgan zararlarni qoplab berishi mumkin; boshqacha qilib aytganda, sotuvchi sotib oluvchining majburiyati belgilangan summadan oshmasligini kafolatlaydi. Natijada, sotib oluvchi qoplovchi aktivga ega bo’ladi. Sotib oluvchi qoplovchi aktivni u qoplanadigan moddani tan oladigan paytda tan olishi lozim, bunda ushbu qoplanadigan modda umidsiz qarzlar bo’yicha baholash rezervining zaruriyatiga shartli bo’lgan qoplanadigan modda kabi bir xil asosda baholanadi. SHu tufayli, agarda qoplash sotib olish sanasida tan olingan va sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatida baholangan aktivga yoki majburiyatga tegishli bo’lsa, sotib oluvchi sotib olish sanasida ushbu sanadagi haqqoniy qiymatida baholangan qoplovchi aktivni tan olishi lozim. Haqqoniy qiymatida baholangan qoplovchi aktivda, umidsiz qarzlarning so’ndirilishi mulohazalari tufayli kelgusi pul oqimlari to’g’risidagi noaniqlik ta’sirlari haqkoniy qiymatni baholashda inobatga olinadi va alohida baholash rezervi zarur bo’lmaydi (B41-band tegishli qo’llash yo’riqnomasini ta’minlaydi).
28 Ayrim holatlarda, qoplash tan olish yoki baholash tamoyillariga istisno bo’lgan aktiv yoki majburiyatga tegishli bo’lishi mumkin. Masalan, qoplash haqqoniy qiymati sotib olish sanasida ishonchli baholanmasligi tufayli sotib olish sanasida tan olinmaydigan shartli majburiyatga tegishli bo’lishi mumkin. Muqobil tarzda, qoplash shunday aktivga yoki majburiyatga tegishli bo’lishi mumkinki, qaysiki, masalan, sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatda bo’lmagan boshqa asosda baholangan xodimlar daromadidan kelib chiqadi. Bunday holatlarda, qoplash aktivi tan olinishi va qoplanadigan moddani baholashda foydalaniladigan farazlarga mos bo’lgan farazlar orqali baholanishi lozim va buni amalga oshirish qoplovchi aktivning yig’ilishi bo’yicha rahbariyat bahosiga va qoplanadigan summa bo’yicha har qanday shartnomaviy cheklovlarga shartli ravishda bo’ladi. 57-band qoplovchi aktivga nisbatan keyingi buxgalteriya bo’yicha yo’riqnomani ta’minlaydi.
Baholash tamoyiliga istisnolar
Do'stlaringiz bilan baham: |