Turayev s. J., Ximmataliyev d. O., Beknazarova z. F



Download 2,42 Mb.
bet3/27
Sana15.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#368433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
fayl 1566 20210824

KIRISH


Mamlakatimizda zamon talablari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish, jumladan, oliy ta’lim tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlan-tirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish”1 muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu borada dasturiy vositalar asosida bo‘lajak dasturchilarni loyihaviy-konstruktorlik va ilmiy-tadqiqotchilik kasbiy faoliyatiga tayyorlash metodikasini metodologik yondashuvlar asosida takomillashtirish, dasturiy injiniring mutaxassisligiga xos sifatlarni va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini baholash metodikasini ishlab chiqish bo‘lajak dasturchilarning loyihalash, konstruktorlik va ilmiy-tadqiqotchilik kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalarini ta’lim jarayonlariga joriy etish o‘quvchi shaxsining fikrlashini, kommunikativ qobiliyatini, optimal qaror qabul qilish malakasini, estetik tarbiyasini, axborot olish madaniyati hamda kasbiy malaka va ko‘nikmalarini rivojlanishini ta’minlaydi.

Shu bilan bir qatorda o‘qituvchiga ham o‘ziga xos ma’suliyat yuklaydi. Ta’lim muassasalarining zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanishi - pedagoglarning o‘z mexnat faoliyatiga yangicha yondashish lozimligini talab qiladi va shu orqali pedagogik faoliyatning mukammallashuviga olib keladi.

Jumladan, umumiy fizika va uning mantiqiy davomi bo‘lgan elektronika va sxemotexnika fanlarini o‘qitishda, ushbu fanlardan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida dasturiy vositalardan foydalanish o‘qituvchidan xuddi shunday yondashuvni talab qiladi.

Barcha sohalar kabi, axborot texnologiyalari sohalari doirasida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlar uchun tabiiy jarayonlarni modellashtirish va ularni o’rganishda har xil zamonaviy dasturiy vositalardan foydalana bilish ko’nikmalariga ega bo’lish ahamiyatlidir. Shuning uchun fizika fanini o’qitish jarayonida zamonaviy dasturiy tizimlardan foydalanish usullarini ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu maqsadlarni ko‘zda tutgan holda, hamda, talabalarni keyinchalik kasbiy faoliyat turlariga tayyorlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning fizika faniga qiziqishini orttirish - ta’lim sifatini oshirishning mezoni sifatida ushbu o’quv qo’llanmada fizikaning mexanika bo’limiga dasturiy vositalarni samarali qo‘llash, jumladan, fizik jarayonlarga dasturlash tilini qo’llashsh usullari keltiriladi.

Ushbu o’quv qo’llanma ikki bo’limdan iborat bo’lib, nazariy ma’lumotlar, masalalar yechish namunalari va mustaqil yechish uchun masalalardan tashkil topgan. Birinchi bo’lim 7 paragraf “Elektr o’zaro ta’sir”, “Elektr maydonda zaryadni ko’chirishda bajarilgan ish”, “Elektr maydonda dielektriklar va o’tkazgichlar”, “Elektr toki”, “Magnit maydoni va moddaning magnit xossalari”, “Bio-Savar-Laplas qonuni”, “Elektromagnit induksiya hodisasi” dan, ikkinchi bo’lim 5 paragraf “Tebranma harakatlar”, “Elektromagnit tebranishlar”, “To’lqin hodisalar”, “To’lqinlar superpozitsiyasi”, “Elektromagnit to’lqinlar” dan iborat. Bundan tashqari bo’limlar oxirida fizikaviy jarayonlarga dasturlash tilining tadbiqi “Fizik kattaliklarni hisoblashda dasturlash tillaridan foydalanish”, “Dasturlash tilidan foydalanib tebranma harakatlarni grafik ko’rinishda tasvirlash”, “Dasturlash tilida tebranma harakatlarga doir dasturiy mahsulot yaratish” keltirib o’tilgan.


Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish