Soliq huquqida subyektlarining muamala layoqatiga to`xtlib o`tadigan
bo`lsak, Soliq huquq layoqati – bu ma’lum bir huquqlarga ega bo`lish va
majburiyatlarni bajarish, harakatlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish, soliq
qonunbuzilishlari bo`yicha ishlarni ko`rib chiqish, huquqiy normalarni buzish va
qonun bilan o`rnatilgan talablarga rioya etmaganlik uchun javobgarlikka tortilish
qobiliyatiga ega bo`lishdir. Soliq huquqiga asosan huquq layoqatiga ega bo`lishda
soliq to`lovlari, huquqlari va muajburiyatlarini amalga oshira oladigan subyektlarga
aytiladi. Misol uchun, shaxs soliq organi vakillari tomonidan Soliq kodeksida
belgilangan soliq to`lovlari bo`yicha o`zi amalga oshirish va o`z majburiyatlari
yuzasidan harakatlarni olib borishi huquqiy layoqati hisoblanadi. Fuqorilik
kodeksining 22-moddasiga asosan, fuqaroning o`z harakatlari bilan fuqarolik
huquqlariga ega bo`lish va ularni amalga oshirish, o`zi uchun fuqarolik burchlarini
vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach,
ya’ni o`n sakkiz yoshga to`lgach to`la hajmda vujudga keladi. Demak, soliq huquqi
ishtirokchisi huquq layoqatiga ega bo`lishi uchun 18-yoshga to`lish O`zbekiston
fuqarosining huquq layoqatiga egaligini anglatadi. Fuqarolik kodekisining 22-
moddasining 2-3-4-qismlari va 28-modda nazarda tutilgan holatlarda shaxslar 16-
yoshdan to`liq huquq layoqatiga ega bo`ladi. Ya’ni 16-yoshga to`lgan fuqaro
turmush qurganda va emansipatsiya holatida huquq layoqatiga ega bo`ladi.
Fuqarolik kodeksining 27-moddasiga asosan, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan
fuqarolar kichik bitim tuzishda qonuniy vakilar orqali amalga oshirilish mumkin
bo`ldi. Fuqarolik kodeksining 27-moddasiga asosan, 14 yoshdan 18 yoshgacha
bo`lgan fuqarolar kichik bitim tuzishda qonuniy vakilar orqali amalga oshirilish
mumkin bo`ldi. Ushbu 27-moddaning 2-qismiga muvofiq, o`n to`rt yoshdan o`n
sakkiz yoshgacha bo`lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar
va homiylarining roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga
haqli:
1) o`z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
2) fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o`z intellektual
faoliyatining qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga
oshirish;
3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo`yish va ularni
tasarruf etish;
4) ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mayda
maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.
O`n to`rt yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan voyaga yetmaganlar ushbu
moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq o`zlari tuzgan bitimlar bo`yicha
mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo`ladilar. Bunday voyaga yetmaganlar o`zlari
yetkazgan zarar uchun ushbu Kodeksga muvofiq javobgar bo`ladilar. Ushbu
moddada nazarda tutilgan holatlarni hisobga oladigan bo`lsak, 14 yoshdagi shaxs
ham soliq huquqida huquq layotiga egaligini bo`ladi. Lekin, to`liq soliq huquqida
shaxs to`liq huquq layoqati egaligini bildirmaydi.
Yuqoridagi muammoli vaziyatda B soliq huquqida yuqoridagilarni hisobga
olgadigan bo`lsak, huquq layoqatga ega emas balki, muomila layoqati hisoblanadi.
Demak, ushbu holatda, muomalaga layoqatsiz shaxslar tomonidan ishlarni olib
borishda Fuqarolik kodeksning 32-moddasiga asosan, vasiylik va homiylik
muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to`liq layoqatli bo`lmagan fuqarolarning
huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga
vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi. Vasiylar va
homiylarning bunga tegishli huquq va burchlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Vasiylar va homiylar o`z himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini
har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus
vakolatsiz himoya qiladilar. Ushbu 32-moddaga asosan, voyaga yetmagan
muomilaga layoqatsiz shaxsning ota-ona, opa-singil bo`lmgan taqdirda vasiylar,
ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiladi. Demak, B yaqin
qarindoshlari yo`qligini hisobga oladigan bo`lsak, B ning manfaatlarni himoya
qilishda vasiylik organi ishtiroki etadi.
Yuqoridagi holat bo`yicha B ga 50 yoshli A shaxsdan meros qolgan. Jismoniy
shaxs sifatida uning yer va mol-mulk solig`idan 5 million so`m soliq qarzdorligi
mavjudligi aniqlandi. B ga qoldirilgan uy-joyning qiymati 100 million so`mligi
aniqlanadi. Ushbu holatda Soliq kodeksning 94-moddasiga asosan
Soliq qarzi mavjud bo`lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, soliq
to`g`risidagi qonun hujjatlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun unga
hisoblangan penyalar va jarimalar summasi undirilishi umidsiz summalar deb e’tirof
etiladi. Ushbu jismoniy shaxsning soliqlar bo`yicha uzilmay qolgan qarzi vafot etgan
shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros qilib olish tartibida qabul qilib
olgan uning merosxo`ri (merosxo`rlari) tomonidan meros qilib olinadigan mol-
mulkning qiymati doirasida va uning (ularning) merosdagi ulushiga mutanosib
ravishda, ushbu moddaning qoidalarini inobatga olgan holda uziladi.
Agar vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar bo`yicha soliq qarzi meros qilib
olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq bo`lsa, soliq qarzining meros qilib olinadigan
mol-mulk qiymatidan ortiq summasi undirilishi umidsiz summa deb e’tirof etiladi.
Mazkur norma merosxo`r (merosxo`rlar) tomonidan meros qilib olinadigan mol-
mulkning qiymati hujjatlar bilan tasdiqlangan hollarda qo`llaniladi.
Merosxo`r bo`lmaganda yoki merosxo`r (merosxo`rlar) meros olish
huquqidan voz kechganda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi undirilishi
umidsiz qarz deb e’tirof etiladi. Umidsiz soliq qarzi soliq organlari tomonidan
hisobdan chiqarilishi lozim.
Soliq qarzi bo`lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, mazkur jismoniy
shaxs hisobga qo`yilgan joydagi va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi soliq
organi vafot etgan shaxsning merosxo`ri (merosxo`rlari) to`g`risida axborot olingan
paytdan e’tiboran bir oy ichida unga (ularga) soliq qarzi mavjudligi to`g`risida xabar
qilishi shart.
Vafot etgan jismoniy shaxsning merosxo`ri (merosxo`rlari) mazkur jismoniy
shaxsning soliqlar bo`yicha qolgan qarzini meros qabul qilib olingan kundan
e’tiboran bir yildan kechiktirmay uzishi shart. Soliq organining qaroriga binoan
uzish muddati, agar soliq qarzi mavjudligi to`g`risidagi xabarni merosxo`r
(merosxo`rlar) to`lash muddati o`tishiga olti oydan kam vaqt qolganida olgan bo`lsa,
uzaytirilishi mumkin.
Vafot etgan jismoniy shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig`i va ijtimoiy soliqni to`lash bo`yicha qarzi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar fuqarolik qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarziga
nisbatan ham qo`llaniladi. Yuqoridagi holat bo`yicha meros bo`yicha merosxo`r
mavjud bo`lganda. Soliq organ xodimi meros bo`yicha qarizdorligi mavjudligini
aniqlamoqda. Ushbu holatda, Soliq kodeksi 94-moddasga ko`ra, agar merosxo`r
mavjud bo`lganda soliq qarizdorligi bo`yicha 1 oy ichida xabardor qilingan. Lekin,
ushbu holatda soliq organi xodim qonun buzilishini yo`l qo`ygan. Bunga sabab B
hali soliq huquqi subyekti hisonlanmasa ham, uni javobgarlikka tormoqda. Ushbu
holatda, Soliq organi B ga vasiylik organ vakil ishtirokini taminlashi shart. Agarda,
B voyaga yetgan shaxs yetgan bo`lganda, uning harakatlari huquqiy asosga ega
bo`lardi.
Agarda, B voyaga yetganda shaxs bo`lib to`la huquq layoqatiga ega bo`lib
soliq qarizdorligani to`lash imkoniyati bo`lmaganda. Yuqoridagi savolga ko`ra,
soliqlarni bo`lib-bo`lib to`lash huquqini qo`llash mumkinligini tahlil qilamiz. Soliq
kodeksining 100-moddasiga asosan, soliqni to`lash bo`yicha muddatni kechiktirish
yoki bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy
ahvoli ushbu soliqni belgilangan muddatda to`lash imkonini bermasa, biroq
ko`rsatilgan shaxsda bunday soliqni kechiktirish yoki bo`lib-bo`lib to`lash uchun
berilgan muddat mobaynida to`lash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish
uchun yetarlicha asoslar mavjud bo`lsa, berilishi mumkin.
Soliq to`lashni kechiktirish yoki bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati manfaatdor
shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi
mumkin:
4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonun hujjatlariga muvofiq undiruv
qaratilishi mumkin bo`lmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yo`la
to`lash imkoniyatini istisno etishi.
Ushbu 100-moddaga asosan soliq qarzi mavjud bo`lgan soliq to`lovchning
soliq undiriladigan mulkidan boshqa mulki mavjud bo`lmas, agarda, keyinchalik
to`lash imkoniyati mavjud bo`lsa, unga soliq qarzini bo`lib bo`lib to`lash imkoniyati
beriladi. Yuqoridagi holat bo`yicha B agarda voyaga yetgan shaxs bo`lib unga meros
qilib qoldirilgan mulkdan boshqa mulki bo`lamasa, u qarizni bo`lib-bo`lib to`lashi
mumkin.
Kiyingi holat bo`yicha, soliq qarzini undirish tartibini yoritib o`tadigan
bo`lsak, S. ismli soliq organi xodimi tomonidan soliqlarni undirish tartibigi rioya
qilinganlik holatini tahlil qilamiz. Ushbu holatda S soliq organi xodimi soliq qarzini
undirish maqasadida meros qolgan mol-mulkini auksionga qo`yib sotgan va qolgan
so`mmani B qaytarib bergan. Ushbu holatda, Soliq kodeksining 125-moddasiga
asosan, Soliq qarizdorligini undirish, agarda soliq qarzi 1 milliondan oshib ketadigan
bo`lsa, sud tomonidan amalga oshirilishi begilangan. Bunda soliq organi xodimi
soliq qarzdorligi mavjuda bo`lganda soliq solinadigan mol-mulkni xatlab qo`yish
to`g`risida ariza kiritadi. Sud ishni ko`rib chiqib soliq solinadigan mulkini xatlovga
o`tkazadi. Yuqoridagi holat bo`yicha Soliq organi xodimining harakatlari huquqiy
asosga ega emasligini ko`rishimiz mumkin bo`ladi.
Xulosa qiladigan bo`lsak, ushbu kazusda B ismli shaxs soliq huquqi subyet
lekin huquqiy layoqatga ega emas. Ushbu xolatda, soliq organi xodimi S unga soliq
huquqi majburiyati bo`yicha huquqlarni amalga oshirish bo`yicha vasiy tayinlashi
yoki tayinlanishini sudan talab qilishi shart edi. Lekin, S bunday harakatlarni amalga
oshirmaganini ko`rishimiz mumkin. Soliq qarzi bo`yicha qarzni undirish bo`yicha
sudaga ariza bilan chiqaish talab etilardi. Ushbu harakatni ham amalga
oshirmaganini ko`rishimiz mumkin. Yana bir xolat soliq organi xodimi mulkni
auksonda sotishi emas balki, sudga arizga bilan murojaat qilib suda tomonidan
xatlovga olishi talab qilinardi. Chunki, B hali to`liq huquq layoqatiga ega emas. Shu
sababli u soliq huquqi bo`yicha majburiyatlar yuzasida javob berish huquqiga ega
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |