rasm. Tabiiy eskirishning egri chizig’i va uni vaqt o’tishi bilan o’sishi.
1- tez eskirish; 2- mo’ta’dil eskirish; 3-sust eskirish.
To’la eskirish
|
Buzilish
|
SHikastlanish
|
Ozgina eskirish
|
Tabiiy eskirish muddati
|
Optimal umrboqiylik Dopt
|
rasm. Tabiiy eskirish egri chizig’i (1), remont ishlari amalga oshirilgan holdagi eskirishning eskirishning o’rtacha egri chizig’i (2), remontlar oralig’idagi eskirishning o’sish egri chizig’i (3)
Binolarning ma’naviy eskirishi yoki qarshishi 2 shaklda namoyon bo’lishi mumkin:
– binoning qiymatini ilmiy- texnik taraqqiyot va qurishning arzonlashuvi yoki binoning qurilgan vaqtdagi narxi bilan hozirgi vaqtdagi narxi orasidagi tafovut munosabati bilan pasayishi;
– texnologik eskirish, bu eskirishni bartaraf etishga ketadigan qo’shimcha kapital mablag’lar binoning boshlang’ich narxidan ham oshib ketishi.
Qurilish konstruksiyalarining namlanishi va ulardan himoyalanish usullari
Qurilish konstruksiyalarini emirilishiga olib boruvchi eng ko’p tarqalgan va sezilarli ta’sir qiluvchi omil namlanishidir. Ekspluatatsiya qilinayotgan davrda binolarning birinchi qavat devorlari ko’proq namlanadi. Buni asosan grunt suvining ko’tarilishi, gidroizolyatsiya qatlamining shikastlanishini keltirib chiqaradi. Namlanish konstruksiyalarida fizik va
ximiyaviy jarayonlarni rivojlanishiga olib kelib, shu bilan bir qatorda xonalardagi temperatura- namlik rejimini buzilishiga olib keladi.
Konstruksiyalarning namligini boshqa asboblar ham, xususan, devorlarning qalinligi etarli bo’lmay qolgan, devor ashyosining haqiqiy zichligi hisobiy qiymatdan oshib ketgan, kun davomida havo haroratining keskin o’zgarishi ro’y bergan, havo namligi yuqori bo’lgan hollar keltirib chiqarishi mumkin.
Xonalarda havo namligining yuqori bo’lishi turli mikroorganizmlarning rivojlanishiga sharoit yaratadi. xonalardagi namlik tufayli vujudga keluvchi qo’ziqorin va mog’orlar devor va qurilmalarni tez shikastlanishiga va sanitar gigienik sharoitni buzulishiga olib boruvchi noxush hidlar tarqaladi. Bu erda mavjud bo’lgan metall konstruksiya va buyumlarda zanglash ro’y beradi.
Namlik – harorat rejimi me’yoriy bo’lgan binolarda quruq g’isht devorlarning 2% ga yaqin og’irliq hisobidagi namlikka ega bo’lishlari mumkin. Agar bu ko’rsatkich 6% va undan ortiq bo’lsa (hammonlar, ayrim sanoat binolari) bunday xonalar odamlarnig uzoq vaqt bo’lishi uchun yaroqsiz xisoblanadi.
3 -jadval
Havoning nisbiy namligi bo’yicha xonalarning turkumlari
Xona turkumi
|
Mutloq namlik simob ustuni
balandligi mm
|
180S xaroratda nisbiy namlik
%
|
Quruq
Me’yoriy namlikda Nam
Ho’l
|
8,0 gacha
8,0-9,9
10,0-12,5
12,5 dan ko’proq
|
50 gacha
50-60
61-75
75 dan ko’proq
|
To’siq konstruksiyalar namlanishining 4 turiga duchor bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |