Турар-жой ва жамоат биноларининг техник эксплуатацияси


Devor konstruksiyalarini namlanishidan himoyalash va xonalarda namlanishni bartaraf etish usullari



Download 104,36 Kb.
bet12/22
Sana30.11.2022
Hajmi104,36 Kb.
#875681
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Турар-жой ва жамоат биноларининг техник эксплуатацияси

Devor konstruksiyalarini namlanishidan himoyalash va xonalarda namlanishni bartaraf etish usullari.


Konstruksiyalarni grunt suvlaridan himoyalash murakkabroq tadbir hisoblanadi. G’isht devorlarni quritishning samaradorligi ko’proq gidroizolyatsiyaning ko’z bilan aniqlash joyidan uzoqroq bo’lgan shikastlangan joyini aniqlashga va haqiqiy ish hajmini topishning


aniqliligiga bog’liq.
Devor va vaznli balkalarda gidroizolyatsiyaning mavjudligi va sifatini aniqlash uchun yo’d qurilishlarda yopmalarning ayrim qatlamlari namligini aniqlashda keng qo’llaniladigan elektr usuli tavsiya etiladi. Uning mohiyati konstruksiyaning ayrim uchastkalari orasidagi elektr tokini o’lchashdan iborat. Buning uchun gidroizolyatsiya bo’lishi lozim mintaqaning ikki tarafida 20-30 sm oralig’ida teshik ochiladi. Bu teshiklarga termaning elektro’tkazuvchanligini oshiruvchi tuzlarning suvdagi eritmasi shimdirilgan paxta o’ralgan elektrodlar o’rnatiladi. Ularni eletkr toki manbaiga va qayd etuvchi asbob – milliometrga ulanadi. Elektr zanjiridagi uzilish:
- termada munosib dielektrik - gidroizolyatsiyaning borligini, tutashuv esa uning yo’qligini gidroizolyatsiyaning shikastlanganligidan darak beradi (muallif M.D Boyko).
Konstruksiyalarni namlanishdan himoya qilish usullari avvalam bor namlanishning tavsif va sabablariga bog’liq: u bir martali yoki doimiy ta’sirdami, uning manbai qanaqa va x.k


  1. rasm. Devorda gidroizolyatsiyaning borligi va uning sifatini aniqlash usuli.

Bir martali namlanish – tabiiy yo’l bilan yoki kuchli qizdirish va shamollatish orqali bartaraf etish mumkin bo’lgan jala yoki tomqoplama shikstlanishidan kelib chiqadi. Jadallik bilan quritish uchun issiqlik, olovlik va elektr qurilmalari, hamda xlorli kalsiydan foydalaniladi. Quritishning muddati havo haroratiga bog’liq.
Doimiy namlanish holatida, masalan grunt suvlari bilan, na issiqlik va na bo’lak quritish usullari, ijobiy natija bermaydi. Bunday holda avval konstruksiya atrofini quritish, namlik kelayotgan manbani yo’qotish, so’ngra quritishni amalga oshirish mumkin. Tabiiy quritish konstruksiyaning qalinligiga, qurilish joylashgan hududning iqlimiy sharoitiga, isitish va shamollatish darajasining jadalligiga bog’liq.
Bir jinsli konsturksiyani quritish vaqti sutkalarda quyidagi emperik formula yordamida aniqlanishi mumkin:

Tk*v2 (4) Bu erda: v - bir jinsli konstruksiyaning qalinligi;


k – devor ashyosining tavsiflovchi, quritish koe’ffitsienti; beton - 1,6; g’ovak beton- 1,2; g’isht – 0,28; ohakli qorishma – 0,25; sementli qorishma – 2,5; qarag’ay yog’ochi–0,9.
Bu ma’lumotlarga ko’ra namligi 12% bo’lgan ikki g’isht qalinlikka ega bo’lgan devor 728 so’mga tabiiy qurish mobaynida 2% namlikka ega bo’ladi.
Tabiiy quritishga moyillik yomonroq bo’lgna joylarda sun’iy quritishga o’tiladi; devorga elektrodlar o’rnatiladi yoki idishlarga solingan qizdirilgan xlorli kalsiy joylanadi. Elektrod sifatida trepsi qo’shilgan kaolin loyi bilan bir-biridan 60 sm oraliqda mahkamlangan temir yoki mis plastinkalari qo’llaniladi. Elektrodlardagi kuchlanish 65100 v atrofida bo’lishi lozim.
Devorlarni elektr bilan isitish 3-4 sutka davom etadi. Bunda isitish rejimiga rioya qilishi kerak. Darzlar hosil bo’lishini oldini olish uchun devordagi haroratning ko’tarilishi saotiga 60S dan oshmasligi, quritish davridagi eng yuqori harorat esa 600S dan oshmasligi lozim. Quritish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak.
Qizdirilgan xlorli kalsiyning qo’llanishi, uning yuqori darajadagi so’rib olish qobiliyatiga asoslangan: 1 kg SaCl2 1,5 kg namlikni so’rib oladi. Xlorli kalsiy namlikka to’yinganligidan so’ng uni qizdiriladi va yana qayta foydalanishga qo’yiladi.
Devorlarni namlanishdan himoyalash usullarini 4 guruhga birlashtirish mumkin:

  1. guruh – namlikning konstruksiyaga o’tish yo’llariga to’siq barpo etish usullari; unga quyidagilar kiradi:

  • loyni tiqishtirish, elektrosilikatlash, bitumni bosim orqali haydash, petralatum va shu kabi usullarni bajarish bilan suvning konstruksiyaga boradigan yo’lini berkituvchi gruntda suv o’tkazmas «to’siq» hosil qilish;

  • bitum, rulonli ashyolar, ximiyaviy plenkalari va boshqa shu kabilardan konstruksiya yuzasida suv o’tkazmaydigan ekran hosil qilish;

  • kondensatsiyali namlashdan himoyalovchi konstruksiyalarni isitish, qalin suvoq yoki koshin plitalar hosil qilish.

  1. guruh – binoning sokol qismida joy ochib, unga gidroizolyatsiya qatlamini berish orqali konstruksiya gidroizolyatsiyasini qayta tiklash usullari.

  2. guruh – elektroosmos usuli.

  3. guruh – termaga ximiyaviy gidrofob moddalar yuborish yo’li bilan konstruksiyada suv o’tkazmaydigan mintaqa hosil qilish usuli.

Konstruksiyani namlanishdan himoyalash usuli ob’ektning muayyan sharoitini hisobga logan holda amalga oshiriladi: kichik hajmli ishlarda – izolyatsiyaning mahalliy uzilishlarida gidroizolyatsiyani qayta tiklash usuli qo’llanishi mumkin, katta ish hajmlari sharoitlarida esa – drenaj, elektroosmos yoki konstruksiyada suv o’tkazmaydigan zona hosil qilish kabi usullardan foydalanish kerak bo’ladi.
Elektroosmos usuli – devorli gruntdan bo’lgan namlanishdan quritish uchun foydalanib, elektr maydoni holatida suyuqliklarni bo’shliqlar, kapillyar yoki juda mayda zarrachali massivlar orqali harakatiga asoslangan.
Elektroosmos – bu namlikning konstruksiyalarda tok ta’siri ostida siljishdir.
Agar ho’l devorda qisqa tutashuv orqali potensiallar ayirmasi naytrallansa, u holda konstruksiyadagi elektroosmotik ta’sir to’xtaydi va namlik siljishdan to’xtaydi; agar devor va poydevor orasidagi tabiiy qutblanish devorning yuqori qismiga tok yuborish orqali o’zgartirilsa, u holda namlik teskari yo’nalish bo’ylab harakatlana boshlaydi, ya’ni pastga qarab siljiydi, buning natijasida konsturksiya qurishga boshlaydi. Elektr toki bu erda o’ziga konstruksiya qurishga boshlaydi. Elektr toki bu erda o’ziga xos so’ruvchi-haydovchi nasos rolini bajaradi: anod suvni haydaydigan bo’lsa, katod esa so’ruvchi vazifasini bajaradi.
Elektroosmotik quritish usuli sust va faol bo’lishi mumkin; o’z navbatida, faol quritish qo’yilma tok yoki galvanoosmos yordamida amlaga oshirilishi mumkin.

    1. Download 104,36 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish