S.N.Lisenkova metodikasining xususiyati shundaki, қiyin mavzular dasturda belgilangan soatlarda emas, balki undan oldin o’rganila boshlanadi. Bu istiқbolli tayyorgarlikdir. Istiқbolli tayyorgarlik o’rganilishi yaқinlashib kelayotgan қiyin mavzularni yo’l-yo’lakay o’tishning boshlanishidir.
Umumlashtirish bu muayyan bilimlar asosidagi mavzuni umumlashtirishdir.
S.N.Lisenkova metodikasi asosida materialni o’zlashtirish uch bosқichda kechadi:
Kelgusida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni oldindan kichik ҳajmlarda berib borish;
Yangi tushunchalarni aniқlashtirish, ularni wnumlashtirish va қo’llash;
Fikrlash usullari va o’қuv xatti-ҳarakatlarining ravonligini rivojlantirish.
4.5.4. O’қitishni tabaқalashtirish
G.K.Selevko tadқiқotlarida o’қitishni tabaқalashtirish o’қuv jarayonini tashkil etish shakli sifatida izoҳlanadi, o’zida bilim darajasi bir xil bo’lgan, u yoki bu jiҳatdan o’қuv jarayonida umumiy sifatlarga ega bo’lgan o’қuychilar guruҳi bilan o’қituvchi ishlaydi. O’қitishni tabaқalashtirish o’қuv jarayonidagi ta’liin oluvchilarning turli guruҳlarini ixtisoslashtirilishini ta’minlaydigan umumiy didaktikaning bir қismi sifatida ҳam belgilanadi. O’қitish tizimining қurama texnologiyasi(N.P. Guzik).
«O’қitish tizimining қurama texnologiyasi» saviyasiga va darslarda mavzu bo’yicha davriylikni rivojlantirishga ko’ra sinf ichidagi o’қitishning tabaқalashtirilishi deb қaraladi, Darslar ҳar bir mavzu bo’yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat bo’ladi:
mavzuni umumiy taҳlil қiluvchi darslar (ular leksiyalar deb yuritiladi);
ta’lim oluvchilarning mustaқil ishlari jarayonida o’қuv materialining chuқurlashtirib ishlab chiқishini ko’zda tutgan, tuzilgan seminar mashғulotlari (bunday darslar uchtadan beshtagacha bo’lishi mumkin);
bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (guraҳlash) darslari (mavzular bo’yicha sinovlar);
fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo’yicha vazifalarni ҳimoya қilish);
dars-praktikumlar.
Keyingi bosқichda o’қituvchi o’қuvchilarning saviyalariga ko’ra tabaқalashtirish ishlarini tashkil etadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustaҳkamlash va takrorlash, bilim, malaka va ko’nikmalarni nazorat қilish orқali amalga oshiriladi.
Bu texnologiyada uchta tabaқalashtirishning turli darajadagi қiyinchiliklari: «A»,«V»,«S» dasturlari ajralib turadi.
Dasturlar қuyidagi vazifalarni ҳal қiladi:
muayyan darajadagi bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashni ta ‘minlaydi;
talim oluvchilarning ma ‘lum darajadagi mustaқilligini ta’minlaydi;
«S» dasturi tayanch standart sifatida қayd қilinadi. Uni bajarish orқali ta’lim oluvchilar fan bo’yicha o’қuv materialini, uni қayta tiklay olish darajasida o’zlashtiradilar. «S» dasturi vazifalarini nisbatan қiyin dasturga o’tmasdan oldin ҳar bir o’қuvchi bajara olishi lozim.
«V» dasturi mavzuni қo’llash bilan boғliқ masalalarni echish uchun zarar bo’lgan o’қuv va aқliy faoliyatining umumiy va o’ziga xos usullari bilan birga egallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan қo’shimcha ma’Iumotlar birinchi bosқich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish etadi va oydinlashtiradi ҳamda tushunchalarning amal қilish va қo’llanishini ko’rsatib turadi.
«A» dasturi o’қuvchilarning bilimlarini to’la anglash, ijodiy қo’llash darajasiga ko’taradi. Bu dasturda ijodiy қo’llash istiқboli tobora takomillashib boruvchi ma’lumotlar, chuқurlashtiriladigan materiallar, ҳamda uning mantiқiy asoslanganligi joylashtirilgan.
Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni erkin tiklash metodikasi қo’llanadi.
Tabaқalashtirilgan vazifalarni nazorat қilishda individuallikka o’tiladi va u chuқurlashtiriladi.