kursini o’qitishning maqsadi va vazifasi
Osmon jismlarini o'rganishda, astronomiya fani, o'z oldiga yechilishi talab
etiladigan quyidagi uchta asosiy vazifani qo'yadi deb qarash mumkin:
1) osmon jismlarining fazoda ko'rinma holat va harakatlarini, so'ngra bu
ma'lumotlar asosida ularning harakatlarini o'rganish, ulargacha boigan masofalar,
o'lchamlari, massalari va shakllarini aniqlash;
2) osmon jismlarining kimyoviy tarkibi ichki va sirtiga tegishli fizik sharoitni
(temperatura, zichlik, bosim va boshqa shu kabi fizik kattaliklarni) aniqlash;
3) osmon jismlari va sistemalarining kelib chiqishi, evolyutsiyasi va kelajak
taqdirini o'rganish.
Astronomiyaning birinchi vazifasiga tegishli masalalar juda qadimdan
o'rganiladi. Ayniqsa, osmon mexanikasining asosiy qonunlari Kepler va Nyuton
tomonidan ochilgandan so'ng bu sohada katta yutuqlarga erishildi.
Osmon jismlarining fizik tabiatlarini tadqiq etish esa nisbatan qisqa davr ichida
amalga oshirildi, asosan oxirgi bir necha o'n yillar mobaynida bu sohada bir necha
yangi metodlar va quvvatli jihozlarning ishga tushirilishi evaziga muhim va
salmoqli natijalar qo'lga kiritildi.
Astronomiya kursini o’qitishdan maqsad – talabalarda, ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish, ularni koinot ob’ektlari, hodisalari to’g’risidagi ilmiy tasavvurlar,
osmon jismlari va ular sistemalarining fizik tabiatlari haqidagi bilim va
tushunchalar bilan qurollantirishni, astronomiyaning jamiyat uchun nazariy va
amaliy ahamiyatlari bilan tanishtirish xaqida fenomenologik bilim, ko’nikma va
malaka shakllantirishdir.
Astronomiya kursi vazifasi – talabalarga osmon jismlari va ularning tizimlari
kechadigan barcha jarayon va hodisalarning fizik mohiyatlarini ilmiy talqin etish,
orbital manevrlar, orbita parametrlarini o’zgartirish, jumladan orbitani burishning
fizik asoslari, astrofizik asboblar, ular yordamida bajariladigan tekshirishlarni va
astronomik tekshirish usullarini qo’llash kabi vazifalarni o’rgatishdan iborat.
6
Astronomiya kursi o’quvchilarning fizika, matematika, geografiya va
boshqa fanlardan olgan bilimlari majmuasiga tayanadi. Astronomiya fanini
o’rganishga quyidagi asosiy vazifalar qo’yiladi:
-o’quvchilarga astronomiya asoslari bo’yicha bilimlar tizimini berish
va bu bilimlarning amaliy axamiyatini ko’rsatish;
-o’quvchilarda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam berish;
-fan-texnika taraqqiyotini jadal rivojlantirishda astronomiyaning
axamiyatini ko’rsatish;
-o’quvchilarni milliy istiqlol, vatanga va ona zaminga muxabbat
ruxida tarbiyalash .
Yuqoridagi masalalarni xal qilish ikki xil yo’l bilan amalga oshiriladi:
a) kuzatishlar va tajribalardan olingan asosiy natijalarni bildirish orkali;
b) olingan natijalarning o’zaro bog`lanishini aniqlash va fan asosida bu
bog`lanishlarning sababini tushuntirish orqali.
Ilmiy tadqiqotlar (emperik, eksperimental va nazariy) metodlarining
moxiyatini, ularning amaliy faoliyat bilan bog`lanishini tushuntirib borish va
butun astronomiya kursi materiallari asosida ularning dunyoqarashini shakllantirib
borish kerak.
Yuqorida sanab o’tilgan masalalar astronomiya kursining mazmunini va
tuzilish printsipini belgilab beradi.
Astrofizika maktab astronomiya kursining asosini tashkil qiladi va
o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda muxim omil bo’lib xizmat qiladi.
Ko’pchilik kishilar maktabni tugatgach, sferik va amaliy astronomiya
masalalari, ya`ni uning matematika, geodeziya, geografiya, navigatsiya,
kartografiya, xarbiy-amaliy va xokazo masalalari bilan ish ko’rishlariga tug`ri
keladi. Shu sababli maktabda sferik astronomiya asoslarini faqat saqlab qolish
bilan chegaralanmay, balki unga e`tiborni yanada kuchaytirish kerakki, toki ish
faoliyatlari amaliy astronomiya bilan bog`liq bo’lgan maktab bitiruvchilari u
xaqda boshlang`ich tushunchalarga ega bo’lsinlar.
7
Sferik astronomiya, astronomiyaning o’ziga xos alifbosi xisoblanadi.
Osmonda ko’rinadigan xodisalarni tushuntirish va ularning xaqiqiqiy moxiyatini
ochib berish astronomiya kursining birinchi galdagi vazifalaridan xisoblanadi.
O’quvchilarni shu maqsad bilan planetariyga olib borish, real yulduzlar osmonini
kuzatishning o’rnini xech narsa bosa olmaydi. Agar o’qituvchi shu xildagi
proredevtik kuzatishlarni XI sinf o’quvchilari bilan tashkil etsa yana xam foydali
bo’ladi. O’zlari osmonni kuzatgan o’quvchilar uning kinematikasini yaxshi
anglaydilar va ko’rinma taassurotlardan fazoviy tasavvurlarga oson o’tadilar.
Koinot haqidagi xaqiqiy fanning rivojlanish yo’li ko’rinma tasavvurlardan
xaqiqiysiga o’tish muammosining xal qilinishidan boshlanadi. Astronomiyaning
barcha boshqa fanlardan farq qiluvchi xarakterli xususiyati xam ana shundadir.
Olam fazoda osmon jismlarini bir-biridan ajratib turuvchi ulkan oraliqlarni kishi
ko’z oldiga keltirish uchun birinchi navbatda, ular orasidagi chiziqli masofani
bilishga tug`ri keladi. Biroq osmonda yoritkichlarning faqat nisbiy burchak
masofalarini o’lchash mumkin. Osmon jismlarining bir-biridan chiziqli uzoqliklari,
ularning chiziqli o’lchamlari, tangentsial tezliklari va boshqa ko’p ma`lumotlar,
ularning burchakli o’lchamlariga ko’ra xisoblanadi. Astronomiya darsligi va
dasturining birinchi-bo’limi sferik astronomiya ga oid zaruriy materiallarni o’z
ichiga oladi.
Sferik astronomiya deganda, ko’pincha faqat osmon sferasi yordamida
yoritkichlarning xolati va xarakatini yoritishgina emas (garchi bu o’rinli bo’lsada),
balki bu bilimlarni amalda tadbiq etish(olamning tomonlari bo’yicha orientir olish,
yoritgichlarni kuzatish asosida geografik koordinatalarini aniqlash, anik vaqt
xizmati paralaktik siljishlar va shu kabilar) xam tushuniladi. Agar aniq ta`riflash
zarur bo’lsa, sferik astronomiya faqat osmon yoritkichlarining ko’rinma
xolatlarini aniqlashning matematik nazariyasini beradi. Uning kuzatishda
qo’llanilishi esa garchi aslida astronomiya ning amalda qo’llanilishi juda keng
bo’lsada amaliy astronomiya degan nom bilan yuritiladi.
Astronomiya kursida sferik va amaliy astronomiya oddiy osmon
xodisalarini o’rganish va ularning axamiyatini tushuntirish bilan nixoyasiga
8
etadi. Astronomiya ham barcha tabiat fanlari kabi, aniq xodisalar majmuini
bilishga asta-sekin yaqinlashib boradi. Bunday yaqinlashish darajasi asrlar
davomida turlicha bo’lib kelgan va xozir xam astronomiya o’qitish jarayoni
shunday bo’lib qolishi mumkin.
Astronomiya kursidagi murakkabliklarga yana bir misol: yulduzlar xaritasi
yordamida kechki kuzatishlarni boshlash maqsadida baxorgi teng kunlik nuqtasi
tushunchasi ekliptikaga beriladigan ta`rifdan oldin kiritilmog`i lozim. Bordi-yu
xaritadagi koordinata turining moxiyati va yulduzlarning o’zi bilan o’quvchilarni
Quyoshning ekliptika bo’ylab xarakatining bayonidan keyin tanishtirilsa maqsadga
muvofiq bo’lmaydi. Chunki, ishga rasmiy yondashishda uning biror-bir qiyinchilik
tug`dirishi mukarrar bo’lib, astronomiya kursida bu masalalar faqat bir martagina
uchramaydi. Gap shundaki, astronomiya da xamma narsa xam deduktiv yoki
mantiqiy ketma-ketlik asosida keltirib chiqarilmaydi. Unda xar doim xaqiqatga
yaqinlashishning turli darajalarini aks qilgan tavsiflash elementi bo’lgan va
bo’ladi. Astronomiya kursi - bu predmetni o’rganish uchun ajratilgan soatlar soni
va o’quvchilarning tayyorgarlik darajalari bilan aniqlanadigan yaqinlashish
bosqichlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |