Tuproqshunoslik va geografiya


I bob Shofirkon tumani tabiiy geografik xususiyatga ega bo’lgan joy nomlari



Download 0,76 Mb.
bet3/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

I bob Shofirkon tumani tabiiy geografik xususiyatga ega bo’lgan joy nomlari
1.1. Shofirkon tumanining tarixiy-geografik tavsifi. Vatan ostonadan, insonning kindik qoni to’kilgan xonadondan, qadrdon qishlog’idan boshlanadi, Qadimiy qishloqlarimiz ming-ming yillar qatidan sado beradi va bu sadolar birlashib, bir butunlikni — Shofirkon deb atalmish so’zga aylanadi. Shuning uchun qishloqlar tarixini xolisona o’rganish, o’tmish an’analarimiz, urf-odatlarimiz, boy madaniyatimizni tiklash katta ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
O’zbekiston deb atalmish jannatmakon diyorning ajoyib go’shalaridan biri Shofirkondir. «Shofirkon» so’zining kelib chiqishi Vardonze qo’rg’onining paydo bo’lishi bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu haqda X asrda yashab o’tgan mashhur tarixchi olim Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida shunday zikr etilgan: «Sosoniylar sulolasidan bo’lgan Kisroning farzandlaridan biri o’z otasiga achchiq qilib, bu viloyatga kelgan, uning nomi Shopur edi. «Pur» Eron tilida «o’g’il» demakdir. U Buxoroga kelganida Buxorxudot uni yaxshi qabul qildi. (Chunki 563—567 yillari turk xoqoni Istemi (dizovul) Eron hukmdorlari bilan ittifoq tuzib, eftalitlar davlatiga zarba berib, ularni bo’ysundirgan edilar. Ana shu tomondan bu davrda Buxoro Eronga qisman tobe edi.) Shopur ov qilishni yaxshi ko’rar edi. Bir kuni ovga chiqib, u (Shopurkom) tomonga borib qoldi. U vaqtlarda o’sha erda hech bir qishloq va obod joy bo’lmay, yayloq va ov qilinadigan joy bo’lgan. Bu er Shopurga yoqib qolib, uni obod qilish uchun ulush yo’sinida o’ziga berilishini Buxorxudotdan so’ragan. Buxorxudot bu mavzeni Shopurga berdi va Shopur u erda katta anhor qazitib, uni o’z nomi bilan, ya’ni «Shopurkom» deb atadi va anhor (bo’ylab) qishloqlar va qasr bino qildi. Bu tevarakni «Obaviya qishloqlari» deydilar. Shopur yana Vardona qishlog’ini bino qildi va qasr qurib, uni o’zi uchun turar-joy qilib oldi. (Shunday qilib) u erda katta mulk paydo bo’ldi va Shopurning vafotidan keyin qishloqlar uning avlodiga meros bo’lib qoldi. Qutayba ibn Muslim Buxoroga kelgan vaqtda Shopur avlodidan Vardonxudot hukmron edi va ulug’ podshoh bo’lib, Vardona qishlog’ida turar hamda Tag’shoda Buxorxudot bilan nizolashar edi. Qutaybaga Vardonxudot bilan ko’p janglar qilishga to’g’ri keldi va oxiri Vardonxudot o’lib, Qutayba Buxoro mulkini Tag’shodaga berdi».
Manbalarda qadimiy Vardanze nomi — Vardana, Vardani, Vardanzi, Varzanze, Vardanze tarzida uchraydi.
«O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi»da bu so’zga shunday izoh beriladi: «Vardanzi (vardani, vardana) — qadimgi podshohlarning maxsus qarorgohi, hozirgi Buxoro oblastining Shofirkon rayonidagi «Qo’rg’oni Vardanzi» nomi bilan mashhur xaroba. Tarixiy manbalarda yozilishicha, u Buxorodan qadimiyroq, uni shoh Shopur bino qilgan. Vardanzida har hafta bir marta bozor bo’lib, savdo taraqqiy qilgan, Vardanzi matolarini, bronzasi (jezi)ni savdogarlar o’zga viloyatlarga olib borib sotganlar. Vardanzi hali arxeologik jihatdan to’la tekshirilgan emas, lekin milodning 6-asrlariga oid arxeologik materiallarga ko’ra, u o’sha davrda taraqqiy qilgan va arablar hujumi arafasida (VIII asr boshi) Buxorodan alohida bo’lgan mustaqil podsholik poytaxtiga aylangan».
Yuqorida Vardonze qal’asining paydo bo’lishini Shopur shaxsiga bog’lagan edik. Bunga asoslanadigan bo’lsak, Shopur qazigan anhor va Vardonzening bunyod bo’lishi 5 asrning 60—70-yillariga to’g’ri keladi.
Xalq orasidagi afsona va rivoyatlarga asoslanadigan bo’lsak, qal’ani Turkiston tomondan kelib qolgan Vardona ismli yirik chorvador bunyod etgan. Ko’chmanchi bu chorvadorning kelishi Turk xoqonligining o’rnatilishi VI asrning 2-yarmi bilan bog’liq bo’lib, u bu yerdagi chorvaga qulay sharoitni ko’rib, shu erda turg’un bo’lib qolgan va asta-sekin boylik orttirib, o’zi uchun qal’a bunyod etgan.
Bizningcha, Vardonzening paydo bo’lishida ana shu chorvadorning hissasi katta bo’lgan ko’rinadi. Chunki eftalitlarni yengishda turklar eroniylar bilan kelishgan bo’lsalarda, keyinchalik o’z hukmronliklarini o’rnatganlar.Vardonze hukmdori (vardonxudotlar) arablar uchun eng xavfli bo’lib, buxorxudotlardan ustun turgan. Arablar hiyla bilan Buxoroni zabt qilganlaridan so’ng vardonxudotlar podsholigini buxorxudotlarga tobe qilib qo’ydilar. X asrda Vardonze obod edi. Buxoro vohasini Qozog’iston va Sibir bilan bog’lashda Vardonzening tarixiy yo’li katta ahamiyatga ega bo’lgan. Akademik Ya. G’ulomovning arxeologik va etnografik kuzatishlarida Vardonze XIX asrning oxirlarigacha savdo-hunarmandchilik shaharchasi bo’lib kelganligini ko’ramiz.
Ko’plab tarixiy kitoblarda Vardonxudot Buxoro vohasining shimoli-g’arbiy qismida joylashgan kichik feodal davlat—vardonze podshohlarining, laqabi ekanligi ta’kidlanadi. VII—VIII asrlarda Vardonze Zarafshon vohasidagi eng kuchli feodal davlat sanalgan. Bag’oyat jasoratli va tadbirkor hisoblangan hukmdor boshqa podshohlardan alohida ajralib turgan. Hatto O’rta Osiyoga bostirib kirgan arablar ham Vardonxudotni eng xavfli dushman deb hisoblashgan. Vardonxudot bilan arablar sarkardasi Qutayba ibn Muslim o’rtasidagi jangu jadallar ham shundan dalolat beradi. An-Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Nishopuriyning «Xazoin ul-ulum» asarida, «Tarixi Tabariy»da Qutaybaning Vardonxudot—39 bilan ko’p bor urush qilganligi, hatto qurshovga olib, sarosimaga tushirib qo’yganligi, hiyla ishlatmaganida albatta yengilishi mumkinligi haqida xabarlar, ma’lumotlar berilgan..
Xullas, Vardonxudot etakchiligidagi (Buxoro, Sug’d, Vardonze, Farg’ona) ittifoqchilarining birligiga putur yetkazishga erishgan Qutayba niyatiga yetadi. Jangda Vardonxudot halok bo’ladi.
Arab qo’shini 706 yili Omul (Chorjuy), Zamm, Karki, Buxoro hamda Poykent shaharlarini, 709 yil esa Shopurkom (Vardonze)ni, 710 yili Kesh va Nasafni zabt etdi. Qutayba o’sha davrda mavqei boshqa feodal davlatlardan ancha baland bo’lgan Vardonzeni Buxorxudotlardan bo’lgan Tag’shoda ixtiyoriga beradi.
1868 yil Rusiya tomonidan Zarafshon daryosining yuqori havzasi bosib olingach, suv yo’li to’sib qo’yildi. Buxoro, shuningdek, Vardonze va uning atrofidagi qishloqlarda dehqonchilik qilish nihoyatda og’irlashdi. Bundan tashqari qum bosish oqibatida xalqning turmush tarzi nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldi. Cho’l etagidagi Vardonzening hayot manbai bo’lgan Jilvon rudini butunlay qum bosgach, ko’hna shahar o’z mavqeini yo’qota bordi. Ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, siyosiy markaz hozirgi Shofirkonga ko’chdi. Shofirkon va uning atroflari obod bo’la boshladi. Amirlik tuzumi davrida Shofirkon tuman sanalgan. Uni qozi amlokdor, rais boshqargan. Xoja Orif qishlog’i Shofirkonning markazi bo’lgan. Qozi Buxoro amiri tomonidan tayinlangan va uni Buxoro qozikaloni nazorat qilib turgan.
1926 yilning sentabrida respublika poytaxti Samarqandda Sovetlar Markaziy Ijroiya Qo’mitasining’ V seasiyasida yangi ma’muriy-hududiy bo’linish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Qarorga muvofiq, oldingi 7 viloyat tarqatilib, o’rniga 10 okrug: Toshkent, Samarqand, O’rta Zarafshon, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Qo’qon, Xo’jand okruglari tashkil etildi. Uezdlar va volostlar tumanlarga aylantirildi. 1926 yilda tashkil topgan dastlabki 87 ta tumanning 7 tasi Buxoro okrugida bo’lib, ular ichida Shofirkon tumani ham bor edi.
Markaziy Ijroiya Qo’mitaning V sessiyasidan keyin tezda viloyatlarda ham Sho’rolar qurultoylari o’tkazilib, hisobotlar berildi va okrug, tuman ma’muriy boshqaruvlariga o’tishni jadallashtirish choralari ko’rildi.
Ushbu ma’muriy qayta tuzilishning asosida partiyaning davlat tizimida to’la hukmronlikka erishish va uni mustahkamlash, hayotning hamma tomonlarini nazorat qilishni qamrab olish yotar edi. Alqissa Shofirkon qisqa vaqt volost, 1926 yil sentabridan esa tuman deb yuritila boshlangan.
Shofirkon tumani 20-yillar oxiri va 30-yillarda qisqa vaqt ikkiga bo’linib, Bauman va Sultonobod nomlari bilan ham yuritilgan.
Shofirkon tumani 1964—1968 yillarda Vobkent tumaniga qo’shilib, tuman markazi Vobkentga ko’chirilgan.
Shofirkon tumani 1968 yil 25 dekabrdan yana alohida tumanga aylantirildi. Bu paytda tumanda 8 ta qishloq Kengashi bo’lgan.
Shofirkon tumani Turon pasttekisligining Qizilqum cho’li janubiy etaklarida, cho’l va chala cho’l hududda, Buxoro viloyatining shimoliy qismida joylashgan. Shimoldan Navoiy viloyati bilan, sharqdan G’ijduvon, janubdan Vobkent, g’arbdan Peshko’ tumanlari bilan chegaradosh.
Ob-havosi keskin kontinental iqlimga mansub: yozda jazirama issiq bo’lib, garmsel esib turadi, qishda sovuq bo’ladi. Cho’l hududidan, ayniqsa, erta bahorda kuchli shamol esadi. Bunday surunkali shamol esishi natijasida Qizilqumning quyi etaklari — Jilvon cho’lidan qum ko’chish hollari ro’y berib turadi. Dehqonchilik qilinadigan qishloq xo’jalik ekinlari maydonining 60 foizi, ya’ni 12 ming gektar atrofidagi er shag’al va qumlardan iborat. Bu maydonlarda er birligi hisobidan mahsulot yetishtirish nihoyatda qiyin.
Qishloq xo’jaligi ekinlari o’suv davrida suv taqchilligi, ayniqsa, yaqqol seziladi. Tumanda xalq xo’jaligini yuritishning qator qiyinchilik va muammolari ham mavjud. Tumanning umumiy er maydoni 371874 ga bo’lib, shundan 26000 ga erda dexdonchilik qilinadi.
Zarafshon va Amudaryodan suv ichadi. Umumiy aholi soni 120000 kishi bo’lib, 1 km2 ga 301 kishi to’g’ri keladi, uning etnik qatlamini asosan o’zbek va tojiklar tashkil etadi. Shuningdek, qozoq, tatar, rus, ukrain singari millatlarining vakillari ham yashaydi.
Shofirkon O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosida eng boy tumanlaridan sanaladi. Tuman hududida paxta, bug’doy, arpa, roj, makkajo’xori, beda, qovun, tarvuz, bodring, sabzi, piyoz, pomidor, oshqovoq, loviya, kungaboqar, kunjut, mosh singari madaniy o’simliklar ekiladi. Yantoq, sho’ra, qamish, zarpechak, oqbosh, salomaleykum, bangidevona, mingdezona, qizilmiya, bo’ztikan, yulg’un, kendir, bo’yraqamish, qandil, oqo’tin kabi yovvoyi o’simliklar o’sadi. Uzum, anor, anjir, olma o’rik, shaftoli, gilos, nok, murut, olxo’ri, qaraolu, yong’oq, behi, tut, jiyda singari mevali, tol, qoratol, terak, qarag’ay, gujum singari manzarali va yog’ochbop daraxtlar o’stiriladi.
Sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar, qushlar sinfiga mansub yovvoyi va uy hayvonlarining yuzlab, baliqlarning o’nlab turlari mavjud. Cho’l yaylovlarida yil bo’yi chorva mollari boqiladi.
Geografik joy nomlari paydo bo’lishi va xususiyatiga ko’ra toponimistlar tomonidan bir necha turlarga ajratiladi. Kelib chiqishiga ko’ra juda xilma-xil bo’lganligidan ularni qandaydir turlarga ajratish ham, qandaydir guruhlarga birlashtirish ham murakkab masala. Ma’lumki, toponimika til, tarix, geografiya, etnografiya fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Shunga ko’ra geografik joy nomlarini tarixiy, geografik, lingvistik hamda etnografik nuqtai nazardan tasniflash (klassifikastiya) mumkin. Ko’pchilik olimlar til qoidalari nuqtai nazardan turlarga ajratishni, boshqa bir guruh olimlar esa shakllanish bosqichlariga qarab hamda nimalar bilan bog’liqligiga ko’ra turlarga ajratishni ma’qul ko’radilar. Geografiya fani nuqtai nazardan geografik joy nomlarini tasniflashda ularning kelib chiqishi va qanday voqea va hodisalarga bog’liqligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy geografik xususiyatga ega bo’lgan joy nomlariga joyning geografik o’rni, holati, xosiyati va o’ziga xos xususiyatlari asosida vujudga kelgan joy nomlari, suv bilan bog’liq nomlar (gidronimlar), relyef bilan bog’liq nomlar (oronimlar va geomorfologik nomlar) foydali qazilmalar bilan bog’liq nomlar, o’simlik va hayvonot dunyosi bilan bog’liq nomlar (zoonimlar va fitotoponimlar) hamda dala va marza nomlari (agronimlar)ni kiritish mumkin.
Respublikamiz toponimiyasini tadqiq etgan olimlardan H.H.Hasanov, P.N,G’ulomov, N.Oxunov kabilarning ishlarida joy nomlarini yuqoridagidek tasniflanganini ko’rish mumkin. N.Oxunov o’zining «Toponimlar va ularning nomlanish xususiyatlari» nomli asarida respublikamizdagi tabiiy geografik xususiyatga ega bo’lgan joy nomlariga alohida to’xtalib o’tgan.
Quyida tabiiy geografik joy nomlarining ayrimlari haqida alohida to’xtalib o’tamiz

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish