1.4. Suv bilan bog’liq nomlar. (gidronimlar)
Okean, dengiz, Ko’l, qo’ltiq, bo’g’oz, muzlik, botqoq, daryo, irmoq, soy, jilg’a, anhor, ariq, kanal, sharshara, buloq, chashma, quduq, koriz va hovuz kabilarning nomlari gidronimlar deyiladi. Yunoncha "gidro"-suv, "onima"-nom degan ma’noni anglatadi. Gidronimlarning limnonim, okeanonim, gelonim, pelagonim, potamonim kabi turlari mavjud.
Toponimikaning gidronimlar, ularning vujudga kelishi, taraqqiyoti, yashash qonuniyatlarini o’rganadigan bo’limi gidronimika deyiladi. Gidronimlar bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchi gidronimist, gidronimlar majmui gidronimiya deb aytiladi.
Gidronimlar turlicha ma’nolarni ifodalab beradi. Ba’zi gidronimlarning etimologiyasi (kelib chiqishi) hammaga tushunarli bo’lib, ortiqcha izohni talab etmaydi. Qumariq, Toshariq, Shirin quduq kabi.
Gidronimlar orasida yana shundaylari uchraydiki, ularning ma’nolari o’z-o’zidan anglashilib, sezilib turmaydi. Bunday nomlar ko’pincha o’zga til ma’lumotlaridan tashkil topgan bo’lib, ularning ma’nosi maxsus etimologik tadqiqotlar yordamida aniqlanadi. Zarafshon, Bulung’ur, Arashonbuloq, Sangzor, Ulug’nor gidronimlarini bunga misol qilib keltirish mumkin.
Gidronimlar tahlilida ularning qanday so’zlar asosida yaratilganligini aniqlash va nomlanish qonuniyatlarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, gidronimlar nomlanishiga har xil omillar sabab bo’ladi. Bularni quyida birma-bir ko’rib o’tamiz.
ASBOB. Tuman markazidan 4 km g’arbda, Sh. Hamroev nomli qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. «Asbob» — tojikcha: «asp» — ot va «ob» — suv so’zlaridan tarkib topgan.
Qishloq nomi ikki xil sharhlanadi. Birinchisi,. asbob — qurol-aslaha ma’nosida bo’lib, qishloq ahlining qachonlardir ro’zg’or ashyolari: go’sht tuyadigan kunda, ,savat va boshqalarni tayyorlaganliklari bilan bog’lik. Ikkinchisi esa, bu haqida xalq orasida shunday rivoyat bor: qachonlardir sultonobod rudining bir tarmogi hozirgi Asbob qishlog’iga kiraverishda 5 tarmoqqa bo’lingan. To’rttasi chuqurliklardan o’tib, keyingi qishloqlarga oqib borgan. Bittasi esa shu qishloq yerlarini sug’organ va bu ariq balandrok bo’lgani uchun undan suv ko’p oqmagan.
Bir kuni ikkita otliq kelaverib, shu ariqdan otlarnni sug’ormoqchi bo’lishibdi. Birinchi ot suv ichibdi-yu, ikkinchisiga etmay kolibdi. Shunda ikkinchi otliq: «yak» aspba ob budasda» («Bir otga etadigan suv bor ekanda»), debdi. Shundan so’ng bu ariq nomi «Aspba ob» arig’i deb ataladigan bo’lganmish. Qishloq erlarni shu ariqdan suv ichgani uchun «Aspba ob» (keyinchalik Asbob) deb ataladigan bo’lgan ekan. Qishloq hududida Qo’nagi qishloqchasi ham bor. Umumlashtirish davrida Asbob qishlogiga qo’shilgan. Bugungi kunda qishloqning suv yo’llari yaxshilangan. Ko’chalari asfalt, xonadonlar tabiiy gazdan foydalanishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |