Tuproqshunoslik va geografiya


Zarafshon daryosi havzasi tabiiy sharoitning o’ziga xos xususiyatlari



Download 2,08 Mb.
bet9/26
Sana31.12.2021
Hajmi2,08 Mb.
#232678
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

Zarafshon daryosi havzasi tabiiy sharoitning o’ziga xos xususiyatlari uning geografik o’rni, geologik tuzilishi va relyefi, orografiyasi, iqlim sharoiti, tuproq va o’simlik qoplami, gidrografik tarmoqlarida aks etadi. Quyida Zarafshon daryosi havzasi tabiiy sharoitining o’ziga xosligini belgilovchi ana shu omillar havzadagi daryolar va soylar oqimining hosil bo’lishi nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.

Georafik o’rni va chegaralari. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasiga bag’ishlangan adabiyotlardan ma’lumki, Turkiston, Zarafshon va Oloy tog’ tizmalarining qo’shilish joyi “Mastchoh tog’ tuguni” deb nomlanadi. Ushbu tugundan boshlanadigan Zarafshon tog’ tizmasidan janubi-g’arbiy yo’nalishida Hisor tog’ tizmasi tarmoqlanib ketadi. Zarafshon daryosi shu tog’ tugunining g’arbiy qismida joylashgan Zarafshon muzligidan, 2775 m balandlikdan, Mastchohdaryo nomi bilan boshlanadi. Unga Hisor tog’ tizmasining shimoliy yonbag’irlaridan suv yig’adigan Fandaryo kelib qo’shilgach, daryo Zarafshon nomini oladi.

Zarafshon daryosining havzasi ma’muriy jihatdan O’zbekiston va qo’shni Tojikiston respublikalari hududida joylashgan. Havzaning yuqori, ya’ni tog’li qismi shimoldan Turkiston va janubdan dastlab Zarafshon, so’ng Hisor tog’ tizmalari bilan chegaralanadi. Turkiston va Zarafshon tog’ tizmalari havzasining eng chekka sharqiy qismida qo’shilib ketadi. Shu joydan sharqqa qarab Oloy tog’ tizmasi boshlanadi.

Zarafshon daryosi havzasining o’rta qismi esa Turkiston va Zarafshon tog’ tizmalarining g’arbiy tarmoqlari oralig’ida joylashgan. Bu qismning shimoliy chegarasida sharqdan g’arbga tomon cho’zilgan Quytosh tog’lari, Nurota va Oqtov tizmalari joylashgan bo’lsa, janubiy chegarasi esa Zarafshon tizmasining g’arbidagi Qoratepa, Nurobod, Piyozli, Mirhaydar, Semiztepa, Ziyoviddin, Zirabuloq, Qoratog’ tog’lari orqali o’tadi.

Yuqorida qayd etilganlarni umumlashtirib aytganda, Zarafshon daryosi havzasi O’rta Osiyoning eng yirik daryolari bo’lgan Amudaryo bilan Sirdaryo havzalarini bir-biridan ajratib turadi.




Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish