Zarafshonda 60-yillar oxiridan daryo suvi minerallashuvi ortib bordi. 20 asrning 70-yillarning boshlarida suvining minerallashuvi quyi oqimida tog’li qismiga nisbatan 2,9 marta ko’paydi. Keyingi yillarda ham daryo suvining minerallashuvi uning quyi qismi tomon borgan sari ortib boraverdi. Macalan, 1979 yilda Zarafshonning yuqori oqimida minerallashuv darajasi 0,22—0,39 g/l bo’lgan bo’lsa, Navoiy shahri yaqinida 0,58—1,05 g/l ortgan. Natijada Zarafshon suvidan uning quyi oqimida ichimlik suvi sifatida foydalanish imkoniyati butunlay yo’qoldi.
Zarafshon tog’li qismida muzlamaydi, lekin sovush kuzatiladi. Qish faslining ob-havo sharoitiga (issiq yoki sovuq ke-lishiga) bog’liq holda bu hodisa 2—70 kun davom etadi. Zarafshon quyi oqimida ba’zan qisqa muddat muz bilan qoplanishi mumkin. Qishda daryo, asosan, yer osti (buloq) suvlari hisobiga to’yinadi.
Paxta maydonlarini kengaytirish maqsadida Zarafshondan O’ngqirg’oq kanali, Yangi Darg’om, Miyonqol-Xatirchi, Mar-kaziy Miyonqol kabi yangi kanallar chiqarilgan, eskilari ta’mirlangan. Zarafshon suvidan samarali foydalanish maqsadida Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on shahri yaqinida Kattaqo’rg’on suv ombori, Buxoro viloyatida esa Quyimozor suv ombori va gidrouzellar qurilgan.
Zarafshonning quyi oqimidagi ekinzorlarga Amu-Krrako’l kanali, Amu-Buxoro mashina kanali orqali Amudaryo suvi ham keltirilgan. Voqada sug’oriladigan ekin maydonlari kengayishi va ulardan chiqadigan suvning ko’payishi natijasida ko’plab yangi ko’llar paydo bo’ldi, eskilari (Dengizko’l, Sho’rko’l) kattalashdi (ularning soni 40 dan ortdi).
Yuqorida qayd etilganlardan ko’rinib turibdiki, Zarafshon daryosi havzasi qadimiy stivilizastiya o’choqlaridan biri bo’lgan. Hozirgi kunda uning suv resurslaridan, Qo’shni Tojikiston Respublikasi bilan bir qatorda, Respublikamizning alohida ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatga ega bo’lgan Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari keng miqyosda, Buxoro viloyati esa qisman foydalaniladi. Umuman olganda, Zarafshon suvidan har ikki respublikaning 10 millionga yaqin aholisi bahramand bo’ladi.
2-chizma. Zarafshon daryosi suvidan foydalanuvchi viloyatlar
Mamlakatimizning yuqorida sanab o’tilgan viloyatlarida xalq xo’jaligining suvidan foydalanuvchi va uni iste’mol qiluvchi barcha tarmoqlarida Zarafshon daryosi oqimi haqidagi aniq ma’lumotlarga bo’lgan talab va ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda. Ushbu muammoning yechimini Zarafshon daryosi suv resurslarining hosil bo’lish sharoitlarini iqlimiy omillar bilan bog’liq holda o’rganish natijasidagina hal etilishi mumkin. Ko’rinib turibdiki, ushbu muammoning global iqlim o’zgarishi sharoitida alohida tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganilishi va ijobiy hal etilishi suv o’ta muhim resurs hisoblangan O’zbekiston uchun yanada muhim va ayni paytda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Zarafshon daryosi havzasining tabiiy sharoiti va uning o’ziga xos xususiyatlari
Zarafshon daryosi havzasi tabiiy sharoitning o’ziga xos xususiyatlari uning geografik o’rni, geologik tuzilishi va relyefi, orografiyasi, iqlim sharoiti, tuproq va o’simlik qoplami, gidrografik tarmoqlarida aks etadi. Quyida Zarafshon daryosi havzasi tabiiy sharoitining o’ziga xosligini belgilovchi ana shu omillar havzadagi daryolar va soylar oqimining hosil bo’lishi nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |