Tuproqshunoslik va geografiya



Download 2,08 Mb.
bet10/26
Sana31.12.2021
Hajmi2,08 Mb.
#232678
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

Orografik tarmoqlari

Zarafshon daryosi havzasini o’rab turgan Oloy-Hisor tog’ tizimiga kiradi. Oloy tizmasi Matschoh dovonidan g’arbda Turkiston va Zarafshon tazmalariga ajraladi. Turkiston tizmasi Oloyning orografik davomi hisoblanadi. Uning o’rtacha balandligi 4000 m dan ortiq, sharqiy qismdagi ba’zi cho’kqilar 5620 m gacha ko’tarilgan. Turkiston tizmasi Zominsuv daryosining boshlanish qismida Morguzar va Chumqortog’ tizmalariga tarmoqlanadi. Morguzar tizmasi shimoliy-g’arb tomon, Sangzor daryosi qirqib o’tadigan Temurlar darvozasiga qadar cho’zilgan. Uning eng baland nuqtasi 2622 m ga teng bo’lib, shimoli-g’arb tomon pasayib boradi. Morguzar tizmasining shimoliy-g’arbiy davomi bo’lgan Nurota tog’larini Temurlang darvozasi ajratib turadi.

Nurota tog’lari ikki tizmadan iborat. Ularning birinchisi Shimoliy Nurota tizmasi deb atalib, sharqdan g’arbga 200 km ga cho’zilgan. Uning eng baland nuqtasi hisoblangan Hayotboshi cho’qqisi 2169 m gacha ko’tarilgan. Nurota tog’larining ikkinchisi, ya’ni janubiy tarmog’i G’ubduntog’, Qaroqchitog’, Oqtog’ va Qoratog’ kabi tog’ tizmachalaridan iborat. Ularning balandliklari 1150-2006 m oraliqda bo’lib, Shimoliy Nurota tizmasidan boshlanadigan kichik daryolar va soylar vodiylari mazkur tog’larni bir-biridan ajratib turadi.

Nurota tog’lari O’rta Osiyoning ko’pchilik tog’lariga, shu jumladan, Zarafshon daryosi suv to’plash maydonining asosiy qismini tashkil etgan tog’ tizmalariga qaraganda, juda ham past. Bu tog’larning hatto eng baland cho’qqilarining balandligi 2500 m ga ham bormaydi. Masalan, Nurato tog’ tizmasining eng baland joyi (Hayotboshi tog’i) 2170 m, Oqtog’niki esa atigi 1101 metrni tashkil etadi. Nurota tog’larinnig qanchalik past tog’lardan iborat ekanligini quyidagilardan yanada aniq ko’rish mumkin. Masalan, Nurota tizmasi janubiy tarmoqlarining o’rtacha balandligi 1125 m, Oqtog’niki 1110 m, G’o’bduntog’niki 1120 m, Qaroqchitog’niki 870 m, Qoratog’niki esa 800 m ga ham bormaydi. Shuning uchun bu tog’larda yog’in kam yog’adi, yoqqanda ham ko’proq yomg’ir shaklida yog’adi, qor qoplami esa uzoq saqlanmaydi.

Zarafshon tabiiy-geografik o`lkasi subtropik kengliklarda joylashgan bo`lib, quyosh uzoq vaqt isitib turadi. Shu sababli quyoshning yalpi radiatsiyasi bir kv. sm yuzaga bir yilda 150 kaloriyani tashkil qiladi. Buning ustiga bulutsiz kunlar ko`p bo`lib, quyosh yiliga 3000 soatgacha yoritib turadi. Shu sababli yoz Zarafshon vodiysida juda issiq va quruq keladi, qish esa nisbatan iliq.

4- rasm. Zarafshon vodiysining yaxlit tabiiy-geografik kesimi

Nurota tog’larinnig o’ziga xosligi shundaki, ular tekistliklarning ichkarisiga suqulib borgan va Qizilqum cho’llari bilan bevosita chegaradoshdir. Bu holat ham mazkur tog’larning gidrometereologik sharoitlariga katta ta’sir ko’rsatib turadi. Oqibatda Nurota tog’larida yoz ancha issiq keladi, qish esa uncha sovuq bo’lmaydi va tez-tez iliq kunlar bilan bo’linib turadi. Bu esa yoqqan qorning qish kunlarida ham qisman erib turishiga sabab bo’ladi va qalinroq qor qoplami hosil bo’lishiga imkon bermaydi. Ancha uzoq saqlanib turadigan qalinroq qor qoplami faqat qishi juda sovuq kelgan va qor ko’p yoqqan yillardagina hosil bo’lishi mumkin. Biroq, bunday yillar juda kamdan-kam bo’ladi. Ana shu sabablarga ko’ra Nurota tog’larida abadiy qor va muzliklar u yoqda tursin, hatto aytishga arziydigan darajada kattaroq bo’lgan va erishi ancha uzoq davom etadigan mavsumiy qorliklar ham uchramaydi.

Turkiston tizmasining ikkinchi tarmog’i hisoblangan Chumqortog’ tizmasi sharqdan-g’arbga tomon cho’zilgan bo’lib, ularning eng yuqori nuqtasining balandligi 3194 m ga etadi.


Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish