Zarafshon havzasi antropogen gidrografik tarmoqlari tarixiga oid qisqacha ma’lumot
Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Zarafshon vohasida milloddan avvalgi II ming yillik va I ming yillar boshlarida yashagan o’rta aholi Zarafshon ariqlar orqali suv chiqarib, dehqonchilik qilganlar. Yangi eraning I-IV asrlarida Zarafshondan suv oladigan Darg’om, Qalqonota, Shahrud, Romitan, kabi yirik kanallar, Sangi-Saloh, Katta Beglik, Damdaryo kabi ariqlar qazilgan.
Zarafshon daryosidan qadimgi Varaqsar (hozirgi Ravotxo’ja) qishlog’i yaqinida, arablar bu erlarga kirib kelishi (712 yil)dan ancha oldin, qurilgan to’g’ondan uchta ariq chiqarilgan. Eng shimoldagisi Darg’om arig’i, qolgan ikkitasi temuriylar davrida Abbos va Qoraunas deb atalgan, keyinchalik ular Yangiariq va Qozonariq nomlarini olgan. Bu ariqlardan Samarqandning shimoli va janubidagi erlar sug’orilgan. Samarqand shahridan sharqdagi erlarga suv keltiruvchi Mirzaariq, Tuyatortar kanallarining V-VI asrlarda qazilgani haqida ma’lumotlar bor. Qadimgi ariqlardan bo’lgan Narpay (Nahrpoy) So’g’diyonaning eng yirik irrigastiya inshooti hisoblangan. Tabiiyki, o’sha davrlarda Samarqand shahri ham Zarafshondan suv ichgan.
Shu davrlarda Zarafshon havzasining o’rta oqimidagi daryolar va soylar toshqin suvlarini to’plab, ulardan ekinlarni sug’orishda foydalanish maqsadida suv omborlari ham qurilgan. Akademik A.Muhammadovjonovning yozishicha ana shunday suv omborlaridan birining qoldiqlari 1962 yil bahorida Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tumandagi Jam qishlog’i (hozirgi kunda Nurovot tumani hududida) yaqinida topilgan va unda arxeologik tekshirish ishlari olib borilgan. Bu inshoot aholi o’rtasida “G’ishtband” deb atalib, Zarafshon tog’ tizmalarining g’arbiy etaklaridan oqib chikadigan Omondaryoda (Jamsoyning irmog’i,) XII asr boshlarida, Qoraxoniylar hukumronligi davrida kurilgan.
Suv omborlari
Zarafshon daryosi va uning irmoqlari suvidan sug’orma dehkonchilikda foydanalish samaradorligini oshirish maqsadida vohada bir qancha suv omborlari hamda ularga suv keltirishni va ulardan suv chikarishni ta’minlaydigan maxsus gidrouzellar qurilgan. Hozirgi kunda Zarafshon havzasinig o’rta va quyi oqimlarida Qoratepa, Kattaqo’rg’on, To’sinsoy, To’dako’l, Quyimozor, Oqdaryo, Sobirsoy, Jizzax, Qorasuv va Qoravultepa kabi suv omborlari faoliyat ko’rsatadi. Ularning ko’pchiligi daryolar yoki soylarning o’zanlarida qurilgan bo’lib, o’zandagi suv omborlari tipiga tegishli bo’lsa, Kattaqurg’on, To’dako’l, Quyimzor suv omborlari esa to’ldiriladigan suv omborlari tipiga mansubdir.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |