Tuproqshunoslik va geografiya



Download 2,08 Mb.
bet20/26
Sana31.12.2021
Hajmi2,08 Mb.
#232678
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

Buxoro viloyati. Viloyat 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Uning tarkibiga hozirgi kunda 11 qishloq tumanlari–Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorako’l va G’ijduvon tumanlari kiradi. Maydoni 40,3 ming km2 yoki iqtisodiy rayon hududining 24,0, respublika maydonining 9,0 foiziga teng. Aholisi, 2001 yilning malumotlariga qaraganda, 1438 ming kishi. Mamuriy markazi-Buxoro shahri.

Buxoro viloyati mintaqa va milliy iqtisodiyotda asosan qorako’lchilik, neftni qayta ishlash, to’qimachilik sanoat tarmoqlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga buyerda oziq­ovqat sanoati, paxtayetishtirish, xalqaro turizm ham rivojlanib bormoqda.

Geografik o’rni va tabiiy resurslari. Buxoro viloyati O’zbekiston Respublikasining g’arbiy qismida joylashgan, uning qo’shni Turkmaniston davlati bilan chegarasi qisman Amudaryo bo’ylab o’tadi. Viloyat shimolda, qisqa masofada Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan, shimol va shimoli­sharqda keng miqyosda Navoiy va janubda Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh.

Er usti tuzilishining taxminan yarmidan ko’prog’i tekislik-Qizilqum cho’llaridan iborat. Balandlik va tog’liklar asosan viloyatning shimoli­sharqi va sharqida joylashgan. Eng baland nuqtasi dengiz sathidan 800 metrga yaqin bo’lib, u Qo’ljuk tog’ining viloyat hududidagi qismiga to’g’ri keladi.

Viloyatning yer maydoni katta, biroq suv resurslariningyetishmasligi sababli ushbu omilning mintaqa iqtisodiyotini rivojlanishidagi roli biroz cheklangan.

Yaqin o’tmishda bu yerda sobiq Ittifoqda dong’i ketgan Gazli tabiiy gaz koni mavjud edi. Hozirgi vaqtda ham Buxoro viloyatida mazkur yoqilg’i turining zahiralari bor (Jarqoq, Uchqir, Dengizko’l va boshqa konlar). Gazli, O’rtabuloq va Jarqoq konlaridan qisman neft qazib olinadi.

Yoqilg’i resurslaridan tashqari viloyat hududida qurilish materiallari xom ashyosi mo’l. Jumladan, Kogon va Qorovulbozor atrofida ohaktosh va gips, Tasqozg’onda grafit, Jonkeldida mineral bo’yoq konlari mavjud. Shuning­dek, janubda g’isht va kulolchilik uchun tegishli xom ashyo, G’ijduvon tumanining chekka shimoli­sharqida rangdor metallar koni (Zafarobod) joylashgan. Umuman, viloyatda aniqlangan qazilma boyliklar ko’proq yoqilg’i va qurilish sanoatini rivojlantirishda ahamiyatlidir.

Iqlimi kontinental va cho’l mintaqasiga xos. Yanvar oyining o’rtacha harorati ­2 daraja, iyul oyida issiqlik bazan 40 darajadan ham oshib ketadi. Yog’in­sochin miqdori juda kam; Gazlidan shimolroqda u 100 mm ga hamyetmaydi, Buxoro vohasida yiliga taxminan 150-200 mm atrofida yog’in­sochin yog’adi.

Ko’rinib turibdiki, Buxoro viloyatining iqlimi asosan yaylov chorvachiligiga qulayroq, sug’orma dehqonchilik uchun esa buyerda sharoit uncha yaxshi emas. Zarafshon daryosi viloyat hududining sharqiy chekkasigayetib keladi, xolos, sug’orish uchun esa suv ko’proq Amudaryodan olinadi. Aynan shu maqsadda Amu­Qorako’l, Amu­Buxoro, Yomonjar kanallari qurilgan. Qo’shni Navoiy viloyatida joylashgan Quyumozor suv omborlaridan shu nomli kanal boshlanadi va u Buxoro, Kogon, Jondor tumanlarining bir qismini sug’oradi. Bulardan tashqari Zarafshon, Xayrobod, Shofirkon kabi kanallar, Sho’rkul sum omborlari ham mavjud.

Viloyatda juda ko’p kollektorlar (zovurlar) hamda oqova ko’llar (qora ko’llar) joylashgan. Ularga misol qilib Shimoliy, Og’itma, Parsonko’l zovurlari, Dengizko’l, Solyonnoe, Oyoqog’itma, Sho’rxok, Qorakir ko’llarini keltirish mumkin.




Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish