«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Strukturaning hosil bo’lishi



Download 18,39 Mb.
bet13/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Strukturaning hosil bo’lishi.
Mexanik elementlar bir-biri bilan yopishib yoki mineral va organik moddalar o’zaro birikib, mikroagregatlar hosil qiladi. Keyinchalik mikroagregatlar to’plamidan makroagregatlar yuzaga keladi. Agronomik nuqtai nazardan qimmatli strukturalarning yuzaga kelishi tuproqning alohida agregatlar (bo’laklar) ga ajralishi hamda suvga chidamli agregatlarning hosil bo’lishi kabi jarayonlar bilan bog’liq. Tuproqning to’la agregatlarga ajralib ketishi o’simliklar ildiz sistemasining rivojlanishi tufayli, shuningdek tuproqda yashaydigan jonivorlarning faoliyati va tuproqning davriy ravishda muzlab, namlanib turishi, yerning qurishi hamda uni ishlash natijasida ro’y beradi.


0.25 mm dan katta chidamli struktura bo’laklari, %

Tundra O’rmon – O’rmon - Qora Kashtan Bo’z
o’tloq dasht tuproq va qo’ng’ir va
zona zona zonasi tuproq qizil
zonasi tuproq

---------- alohida tuproq tiplari
_______ turli zonalar tuproq strukturasi chidamliligining namoyon bo’lishi.
17-rasm. Turli zonalar qo’riq tuproqlari yuqori gorizontlaridagi makrostrukturalarning chidamlilik darajasi
O’simliklarning zich ildizlari tuproqning barcha bo’shliqlari (g’ovakliklari) bo’ylab kirib boradi va tuproqni alohida bo’laklarga ajratadi; mexanik elementlar va mikroagregatlarni mustahkamlaydi. O’simliklar qoldig’idan hosil bo’ladigan gumus tuproq strukturasining suvga chidamliligini oshiradi. Tuproqdagi suvga chidamli agregatlarning hosil bo’lishida yomg’ir chuvalchanglarining roli ham alohida ahamiyatga ega. Tuproqning davriy ravishda muzlashi va erishi ham qurishi tufayli struktura agregatlari paydo bo’ladi. Tuproqning nam sig’imi 60-90 foiz bo’lgan sharoitda yer muzlaganda eng ko’p struktura hosil bo’lib, ammo ular suvga chidamsizdir.
Strukturaning hosil bo’lishida tuproqning mexanik tarkibi, gumus miqdori va singdirilgan kationlarning ahamiyati ham katta. Og’ir mexanik tarkibli, gumusga boy, va ikki, uch valentli kationlar bilan to’yingan tuproqlarda davriy ravishda namlanib, qurib turgan sharoitda, yaxshi struktura agregatlari hosil bo’ladi.
Tuproqda agregatlarning yuzaga kelishida yerga mexanik ishlov berish (haydash, kultivasiya, boronalash singarilar) ham rol o’ynaydi. Bunda yerga ishlov berishning ijobiy va salbiy ta’siri bo’lishi mumkin. Strukturaning hosil bo’lishi uchun yerga mexanik ishlov berish tuproqning maqbul namligida, ya’ni yetilgan davrida olib borilishi lozim. Struktura hosil bo’lish namligi yengil qumoq tuproqlarda og’irligiga nisbatan 15 dan 18 foizgacha, soz tuproqlarda esa 34-38 foiz atrofidadir. Tuproqdagi suvga chidamli strukturalarning hosil bo’lishida tuproq kolloidlari va singdirilgan kationlarning roli katta. Gumin kislotalariga boy chirindi moddalari va gilli minerallardan montmorillonit, gidroslyudalarning o’zaro ta’siridan suvga chidamli, mustahkam struktura hosil bo’ladi.
Strukturaning yuzaga kelishiga tuproqdagi aerasiya sharoitlari ham ta’sir etadi. Aerob sharoitda mikrobiologik jarayonlar kuchli kechadi va organik qoldiqlar tez parchalanib, gumin kislotalariga boy gumus moddalar hosil bo’ladi. Bunday sharoitda mikroblar plazmasi ko’prok to’planib, suvga chidamli struktura hosil bo’lishda ishtirok etadi. Agronomik nuqtai-nazardan mustahkam strukturalar, tuproqda hosil bo’ladigan suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan mineral moddalar (kalsiy karbonati, kalsiy fosfati, temir, alyuminiy oksidlari va boshqalar) ta’sirida ham ro’y beradi.
Strukturaning suvga chidamliligi dinamik ko’rsatkich bo’lib, ular vegetasiya davrida temperatura va namning o’zgarishi tuproqning biologik aktivligi, chirindining hosil bo’lishi kabi sharoitlarga ko’ra o’zgarib turadi.

Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish