Yerlarni tekislashning ahamiyati. Tekislangan yerlarda qishloq xo’jalik mashinalari yuqori unum bilan ishlaydi, yerlarning sho’ri yaxshi yuviladi, urug’lar bir xil chuqurlikka tushadi, ularning unib chiqishi ham bir tekisda to’liq bo’ladi, 6-7 foiz suv tejaladi.
Kapital tekislash ishlari yozda kuzgi bug’doydan bo’shagan maydonlarda yoki asosiy hayday oldidan kuzda, joriy tekislash ishlari esa haydash tugagandan so’ng o’tkaziladi. Hamma dalalarda bir vaqtda kapital tekislash ishlari olib borib bo’lmaydi, shuning uchun bu ishlar rejalashtirilgan holda olib borish shart.
Ta’kidlab o’tish zarurki, hamma turdagi rejalashtirishlar bajariladigan ishni vaqti, harakteri va solishtirma hajmi bo’yicha har xil bo’ladi. Yer o’yish rejalashtirish ishlarini bir martalik tartibda bajaruvchi, davriy va har yilgi yerni rejalashtirishda bo’lish mumkin. Shunga bog’liq ravishda yangi va eski sug’oriladigan yerlarni kapital (qurilish) rejalashtirish bir martalikdir. Sug’oriladigan yerlarni ekspluatastion yoki ta’mirlash – tiklash rejalashtirish davriydir. Joriy va ekishdan oldingi rejalashtirish har yili o’tkaziladi.
Dalalar yuzasining tekislanish aniqligi +, -5 sm. dan ziyod bo’lmasligi lozim, ya’ni dalalardagi +, -5 sm. dan baland do’ngliklarning hammasi tekislanishi zarur. Tekislanmagan yerlarda urug’ turli chuqurlikka tushishi tufayli unib chiqishi cho’ziladi, o’simlikning o’sishi turlicha bo’ladi, ularning suv va o’g’itga talabi birday bo’lmaydi, ko’saklarning pishishi kechikadi, hosil kamayadi.
Tekislangan dalalarning hamma joyida namlik bir tekisda to’planadi, tuproq bir vaqtda etiladi, ko’chat to’liq undirib olinadi hamda g’o’za qator oralariga sifatli ishlov beriladi.
Ammo, tekislanmagan dalada pastqam yerlarning tuprog’i yetilguncha, boshqa joylarida nam ko’tarilib yer qurib ketadi, bunday yerlarni kultivator bir xil chuqurlikda yumshata olmaydi.
Yerlarni ag’darib haydashda hosil bo’lgan marza va egatlar, shuningdek, dalaning burilish joylarini haydash va o’q ariqlarning qolgan qismlarini ko’mish vaqtida hosil bo’lgan past-balandliklar, do’nglar joriy tekislash vaqtida yo’qotiladi.
Joriy tekislash ikki bosqichga bo’lib o’tkaziladi: Birinchi navbatda haydashdan hosil bo’lgan marzalar tekislanib, egatlar va o’nqir-cho’nqirlar ko’miladi, bu ish faqat kuzda amalga oshiriladi. Mazkur birinchi bosqichda bajariladigan yer tekislash ishlarini bahorga qoldirish mutlaqo mumkin emas, chunki bahorda tuproqda ko’p miqdorda nam to’planganda yerlar tekislansa tuproq zichlashib qoladi.
Ikkinchi navbatda esa urug’lik chigitni ekish oldidan butun dalaning yuzasi yoppasiga tekislanadi.
Tekislash ishining birinchi bosqichida GN-2,8 va GN-4 tipidagi greyderlar, ikkinchi bosqichda VP-8, VP-5, KZU-0,3 tipidagi tekislagichlar, MV-6,0 tipidagi tekislagich-mola tekislagichlar qo’llaniladi. Mola o’rniga har xil “truba”, elektr stolbalari va boshqa moslamalardan foydalanish mumkin emas.
Sug’oriladigan dalalar maydonlari tekislanganda tuproqning bir tekis namlash uchun yaxshi sharoit yuzaga keladi va sug’orish normasi kamayadi. Meliorastiya qilinadigan yerlarda tekislashning ikki turi: dastlabki (xomaki) va asosiy turlari qo’llaniladi. Dastlabki tekislash paytida dalaning relefi tekislanadi: do’ngliklar kesib tashlanadi va o’ydim – chuqurlar to’ldiriladi. Bu ish buldozerlar, greyderlar yoki skreperlar bilan bajariladi. Yerning mikrorelefini tekislash uchun uzun bazali va kombinastiyalangan tekislagichlar yordamida asosiy tekislash amalga oshiriladi. Bunday tekislash tufayli dalaning 10 sm gacha bo’lgan notekisliklarni yo’qotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |