Chizellash — tuproqqa ishlov berish usullaridan biri; tuproqni yumshatish, aralashtirish, begona oʻtlar ildizini yoʻqotish vazifasini bajaradi. Ch. uchun tirkama va osma chizellar osma yoki tirkama boronalar bilan birga ishlatiladi. Tuprogʻi ogʻir, yaxob berish yoki shoʻr yuvishda haydalma qatlami zichlashib ketgan yerlarda 1—2 marta Ch. oʻtkaziladi. Chunki boronalash tuproqni kutilgan darajada yumshatish va uqalantirishga imkon bermaydi. Ch.ni yetilgan tuproq chuqurligi (12—14 sm)da koʻllash lozim. Ch.da ekishga qadar dalaga mineral oʻgʻitlar solinadigan boʻlsa, ish qurollari ish organlari orasi 25—30 sm qilib, ekish qatoriga nisbatan koʻndalang yoʻnalishda oʻrnatiladi. Ch., ayniqsa, kartoshka va boshqa ildizmevali ekinlarda yaxshi samara beradi, ularning hosiddorligi 15—20% ga oshadi.
Begona oʻtlar kup oʻsgan yerlarni Ch.da yassi (yotiq) kesmali chizel qoʻllaniladi. Taroqlab yigʻilgan ildizpoyalar dala tashqarisiga chiqarilib, yoqib yuboriladi. CHIZIQ — 1) yozadigan, chizadigan yoki yuqadigan narsalar qoldirgan ingichka iz. Mac, qalam yoki boʻr bilan chizilganda paydo boʻladigan yoʻl; 2) narsalarning chegarasini, joylashishini yoki borishini koʻrsatuvchi yoʻnalish. Mac, reaktiv samolyot uchganda dvigatelining orqasidan chiqadigan tutun izi; 3) matematikada — sirtning ikki qoʻshni sohasidagi umumiy qism. Analitik geometriyada tekislikdagi Ch. nuqtalarning koordinatalari orasidagi tenglamalar bilan ifodalanadi. Toʻgʻri burchakli koordinatalar tizimida Ch. tenglamalarning turiga qarab ajraladi. Agar tenglama Gʻ(x, u)= 0 koʻrinishida boʻlsa, u hodda yatartiblialgebraik egri chiziq deb ataladi (bunda Gʻhx, u) — x, u ga nisbatan ldarajali koʻphad). 1tartibli Ch. toʻgʻri chiziq boʻladi. Konussimon kesim, ellipslar (shu jumladan, aylanalar), giperbolalar va parabolalar 2tartibli Ch.lar jumlasiga kiradi. Algebraik boʻlmagan Ch.larga misollar: trigonometrik funksiyalarning grafiklari, logarifmik va giperbolik funksiyalar, sikloida, gipotsikloida, epitsikloida va koxleoida.
Kultivatsiya. Begona o’tlarni yo’qotish va hosil bo’lgan qatqaloqni buzish hamda zichlashib qolgan yerni ag’darmasdan yumshatish uchun kulьtivatsiya o’tkaziladi. Bu ishlar kultivator bilan bajariladi. Yer ekin ekish oldidan va qator oralarini ishlash davrida kulьtivatsiyalanadi, bunda o’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Ekin qator oralari NKU-4-6A, KRX-4, KRX-3,6 markali kulьtivatorlar bilan yumshatiladi. Bunda o’simlik qator oralari har xil chuqurlikda yumshatiladi va begona o’tlar yo’qotiladi. Universal kulьtivatorlarga maxsus ish organlari, yaьni ekin qator oralarini yumshatuvchi, o’toq qiluvchi, egat oluvchi, o’g’it soluvchi va boshqa qismlar o’rnatiladi.
Kultivatsiya qilishda kulьtivatorning ikki chetidagi pichoq 6-8 sm, o’rtasidagi g’ozpanja esa 10-12sm chuqurlikda ishlatiladi. G’o’za qator oralarini qanday kenglikda (60 yoki 90 sm) bo’lishidan katьiy nazar kulьtivatsiya qilishda 8-10 sm kenglikda himoya zonasi qoldiriladi. Keyingi kulьtivatsiyada yumshatuvchi ish organlarining chetidagisi 8-10 sm, o’rtasidagisini esa 14-16 sm chuqurlikda ishlatiladi. Ikkinchi, uchinchi va keyingi kulьtivatsiyalarda himoya zonasi 10-12 sm gacha kengaytiriladi. Har galgi sug’orishdan so’ng, yer yetilishi bilan kulьtivatsiya o’tkazish lozim. Bu namlikni saqlashni taьminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |