Tuproqlarning botqoqlanishi va sho‘rlanishi



Download 45,88 Kb.
Sana10.09.2021
Hajmi45,88 Kb.
#170358
Bog'liq
TUPROQLARNING BOTQOQLANISHI VA SHO

  1. TUPROQLARNING BOTQOQLANISHI VA SHO‘RLANISHI



    1. Tuproqlarning botqoqlanishi va sho‘rlanishi sabablari


Melioratsiyaning asosiy vazifalaridan biri – tuproqning suv rejimini rostlashdir. Chunki, tuproqning suv rejimi, o‘simlik rivoji uchun zarur bo‘lgan, tuproqning faol qatlamidagi havo, issiqlik, tuz, mikrobiologik va ozuqa rejimlariga, ya’ni tuproqning asosiy unumdorlik omillariga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Bu o‘rinda melioratsiya qilinadigan yerlarning suv muvozanatini bilish juda ham muhimdir.



Agar muayyan maydonning shartli tasvir sxemasi (108-rasm) misolida yog‘in muvozanat tenglamasini tuzadigan bo‘lsak, u quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi

P VW V0 E , mm

bu yerda P-yog‘in; W -tuproq faol qatlamiga singib kirgan suv miqdori; V0 -yer ustida saqlanib qolgan suv miqdori; V -muvozanat maydonidan tashqariga oqib ketgan suv miqdori; E -tuproqdan va o‘simliklar yordamida havoga bug‘langan suv miqdori (o‘lchamlar mm da).

108-rasm. Muvozanat maydonining shartli tasvir sxemasi


Yuqoridan ma’lumki, muayyan maydonning tabiiy namgarchiligini akademik A. N. Kostyakov tavsiyasi bo‘yicha suv muvozanati koeffitsienti yordamida baholash mumkin. Suv muvozanati koef- fitsienti () – tuproqning faol qatlamiga singib kirgan suv miqdorining (W P ) umumiy bug‘lanish (evopo- transpiratsiya) miqdoriga ( Е ЕТ ЕE ) nisbatidir

,

bunda a 1 yoki a 1 bo‘lishi mumkin.



Agar 1 bo‘lsa, bunday yerlar ortiqcha namiqqan yerlar (gumid zona) deb hisoblanadi. 1 bo‘lgan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun asosan, tuproqning faol qatlamidagi namni qochirish ishlari olib boriladi. Agar 1 bo‘lsa, bunday yerlar qurg‘oqchil yerlar (arid zona) deb hisoblanadi. 1 bo‘lgan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda, asosan, tuproqning faol qatlamidagi o‘simlik iste’moli uchun yetishmaydigan namlikni to‘ldirish maqsadida sug‘orish ishlari olib boriladi. Bu har ikkala yer o‘rtasidagi (1,2 0,8 ) yerlar o‘zgaruvchan, turg‘un bo‘lmagan yerlar (subarid zona) deb hisoblanadi. Bunday yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun tabiiy xo‘jalik shart-sharoitlariga qarab ish olib boriladi. Yuqorida qayd etilgan tabiiy har uch holatdagi yerlarda ham ortiqcha namiqqan, botqoqlangan va sho‘rlangan maydonlar uchraydi. Bu holat qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladigan maydonlarni ishga yaroqsiz qilib qo‘yadi. Uning asosiy sabablari quyidagilar hisoblanadi:
  1. Tabiiy omillar:


Yog‘in (qor va yomg‘ir). Yog‘adigan yog‘in miqdorining

Umumiy bug‘lanish miqdoridan ko‘pligi ( 1). Bu sharoitda tuproqlar ortiqcha namiqadi va botqoqlanadi, ammo sho‘rlanmaydi, chunki kirim suvlari tarkibida suvda eriydigan tuzlar deyarli bo‘lmaydi.



Geomorfologik sharoitlar – yerning relyefi. Bu o‘rinda ortiqcha namiqqan, botqoqlangan va sho‘rlangan yerlar bo‘lib, tabiiy zovurlanmagan nishabsiz yerlar hisoblanadi.

Gidrologik sharoitlar – ma’lum bir maydonlarni yer usti (daryo, ko‘l) suvlari bilan bosishi (109-rasm). Bu holda yer usti suvlari bilan qoplangan maydon ortiqcha namiqadi va botqoqlanadi, agar suv tarkibida tuz miqdori ko‘p bo‘lsa, bu yerlar sho‘rlanishi ham mumkin.

4. Gidrogeologik sharoitlar – sizot suvlarining yer ostidagi harakati. Ma’lumki, V. M. Legostayev (1959 y.) tavsiyasiga ko‘ra, daryo havzalarini yerning nishabligiga, tuproqlarning geologic tuzilishiga hamda daryolar tekis qismlarining sharoitlariga qarab, to‘rtta gidrogeologik zonaga bo‘lish mumkin (110-rasm).


110-rasm. Gidrogeologik zonalar




Birinchi gidrogeologik zona – yer usti suvlarining singib kirish zonasi. Bu zonaning tuprog‘iga aksariyat hollarda ko‘p miqdorda qum, shag‘al va mayda toshlar aralashgan bo‘ladi. Mayda zarrali qoplamaning qalinligi 0,5-2 m keladi. Nishabi katta, tuproqning suv o‘tkazuvchanligi, yer osti suvlarining oqimi yaxshi. Bu yerdagi suvlar va ular tarkibidagi tuzlar oqova yoki sizot suvlari ko‘rinishida pastki gidrogeologik zonalarga oqizib yuboriladi. Natijada bu yerlar na sho‘rlanadi, na botqoqlanadi. Bunday yerlar tabiiy zovurlangan yerlar hisoblanadi.

Ikkinchi gidrogeologik zona – sizot suvlarining sirtga tepish zonasi. Bu zonada mayda zarrali qavat birinchi zonadagiga nisbatan ancha qalin bo‘ladi. 1-4 m chuqurlikdan keyin mayda toshlar yoki qum qatlami boshlanadi. Bu zonadagi sizot suv oqimining tezligi birinchi gidrogeologik zonaga nisbatan o‘n marta kichik bo‘ladi, bu
Download 45,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish