2. Наг bir talaba tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlanti-
rilib boriladi. Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab
olinadi.
3. Har bir talaba o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va
ulami o‘zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikrlami umumlash-
tirish, turkumlashtirish yoki ulami o‘zgartirish
ilmiy asoslangan
fikrlaming shakllanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg‘ulot jarayonida talabalar faoliyatini standart talablar
asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlami
baholashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ulaming
fikrlari baholanib borilsa,
talabalar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar,
oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo‘llashdan
ko‘zlangan asosiy maqsad talabalami muammo bo‘yicha keng fikr
yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ulaming faoliyatini
baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
“KLASTER” metodi
Klaster (g‘uncha, bogiam) metodi pedagogik,
didaktik strate-
giyaning mu ay у an shakli boiib, u talabalarga ixtiyoriy muammo
(mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash
va shaxsiy fikrlami
bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.
Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida
fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
“Klaster” metodi aniq obyektga yo^altirilmagan fikrlash shakli
sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash
tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod
muayyan mavzuning talabalar tomonidan
chuqur hamda puxta
o‘zlashtirilganiga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda
bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Stil va stil g‘oyasiga muvofiq
ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib,
undan talabalar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil
etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod
guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda talabalar
tomonidan bildirilayotgan g‘oyalaming majmui tarzida namoyon
boiadi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalami umumlashtirish va ular
o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
149
“Klaster” metod idan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya
qilish talab etiladi:
- nimani o 'у lagan bo‘lsangiz, shuni qog'ozga yozing.
Fikringiz-
ning sifati to‘gcrisida o‘ylab o4irmay, ulami shunchaki yozib boring;
- yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor
bermang;
- belgilangan vaqt nihoyasiga yetmagunicha, yozishdan
to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani o‘ylay olmasan-
giz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu
harakatni yangi g‘oya tug‘ilgunicha qadar davom ettiring;
- muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi
g£oyalami ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorlik, bogiiqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yi-
g£indisining sifati va ular o£rtasidagi aloqalarni ko£rsatishni
chek-
lamang.
“BILAMAN. BILISHNIXOHLAYMAN. BILIB OLDIM
Do'stlaringiz bilan baham: