- o'qituvchi guruhlarni tarqatmalarga
yozilgan tushunchaga
nisbatan munosabatni faqat 3 ta so£z bilan ifodalashni aytadi va
buning uchun aniq vaqt belgilaydi;
- ushbu vazifa soat millari bo‘yicha
aylantiriladi va har gal
yangi tushunchalar yozib boriladi;
- guruh a’zolari tarqatmadagi tushunchalar bilan tanishib yaxlit
bir ta’rif keitirib chiqaradilar;
- har bir guruhning ta’riflarini guruh a’zolaridan biri taqdimot
qiladi.
O'qituvchi mavzuning bosh g‘oyasiga berilgan ta’rifni izohlab,
tahlil qilib ulami baholaydi.
“BLITS O‘YIN” metodi
Metodni о ‘tkazish bosqichlari:
0 ‘qituvchi: 0 ‘yinni o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi.
1. Talabalarga alohida - alohida tarqatma materiallar beradi va
ulardan materialni sinchiklab o'rganishni talab etadi va berilgan ocn
uchta harakatning ketma - ketligini belgilash kerakligini, belgilashda
esa qog£ozdagi alohida ajratilgan bo‘limga raqamlar bilan
belgilash
kerakligini tushuntiradi. Vazifa yakka tartibda bajariladi.
2. Tartib raqamlari tarqatma materialdagi “Yakka baho”
bo‘limiga belgilashni tushuntiradi va buning uchun 10 daqiqa vaqt
beradi.
3. 0 ‘qituvchi talabalardan uch kishidan iborat kichik guruhlar
tashkil etishlarini so‘raydi. Guruh a’zolari o‘z
fikrlari bilan
tanishtiradilar, o‘zaro tortishib, bahslashib bir-biriga ta’sir o ‘tkazib,
o‘z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir qarorga kelib ularga
tarqatilgan qog‘ozdagi “Guruh bahosi” bo‘limiga
raqamlar bilan
belgilab chiqadilar. Bu vazifa uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
4. Barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach harakatlar
ketma-ketligini £T o ‘g‘ri javob” bo4limiga belgilashni so‘raydi.
5. Endi “To£g£ri javob” bo‘limida berilgan raqamlardan
“Yakka baho” bo'limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha),
“Yakka xato” bo‘limiga chiqqan farkni yozishni so‘raydi. “Yakka
baho” bo'limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo‘shib
chiqib
umumiysini hisoblash kerakligini uqtiradi.
146
6. Xuddi shu tartibda “To‘g‘ri javob” va “Guruh bahosi”
o‘rtasidagi farq kattadan kichigini ayirish orqali bajariladi,
chiqarilgan farqlar soni “Guruh xatosi” boiimiga yozib yuqoridan
pastga qarab qo‘shiladi va umumiy son keltirib chiqariladi.
7. 0 ‘qituvchi yakka va guruh xatolarini to‘plangan
umumiy
sonlar bo‘yicha alohida-alohida sharxlab beradi.
Talaba:
Ma’lumotlami qabul qiladi.
1. Harakatlar ketma-ketligini 10 daqiqa ichida belgilab chiqadi.
2. Guruhlarga bo‘linadi va ishlab, o‘zaro tortishib fikrla-
shadilar, bir-birlariga ta’sir o‘tkazib, “Guruh bahosi” boiimiga
tartib raqamlarini qo‘yadilar.
3. “To‘g‘ri javob” boiimini to‘ldirib chiqadilar.
4. Yozib olgan “To‘g‘ri javob” bo‘limida berilgan raqamlardan
“Yakka xato” bo‘limida
berilgan raqamlami ayiradilar, “Yakka ba-
ho” bo‘limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo‘shib chiqadilar.
5. Xuddi shu harakatni “Guruh bahosi” bo‘limi bilan bajaradilar.
6. Natijani o‘qituvchi tahlili orqali bilab oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: