Mexanik elementlarni tasnifi
Tuproq mexanik tarkibi unumdorligi uchun muhim aqamiyatga ega ekanligini Lomonosov Komov, Devi, SHumaxer va boshqa ko‘pgina olimlar o‘z izlaiishlarida ta’kidlab o‘tdilar. Olimlar tuproqqa mexanik tarkibiga ko‘ra to‘g‘ri baho berishda uni tashkil qiluvchi mexanik elementlar ularning katta — kichikligi, xossa va xususiyatlariga qarab tasnif qilishga yondoshishlar bo‘lgan. Hozir tuproq fizikasida mexanik elementlarning 10 dan ortiq tasnifi mavjud.
Mexanik zarrachalar qancha ko‘p ajratilgan bo‘lsa, bu shunchalik yaxmsh degan xulosaga kelish, noto‘g‘ri. Bu masalada xam o‘ziga xos aniklik bo‘lishi lozim. Juda sodda tasnif (masalan, V.Osbornda 4 mexanik zarracha - toga, qum, il, loyqa-ajratilgan) tuproq xususiyatini to‘liq xarakterlamaydi, juda tabaqalashtirilgan tasnifi esa undan foydalanishni qiyinlashtiradi. SHuni esda tutish kerakki, tasnifda birinchidan — o‘z xususiyatlaridan bir —biriga yaqin turuvchi mexanik zarralar to‘rri ajratilishi shart, ikkinchidan — tasnif faqatgina ilmiy xodimlar uchun mo‘ljallanmasdan, balki ishlab chiqarish talablariga xam javob berishi uchun u juda sodda va aniq bo‘lishi kerak.
Mexanik elementlarning V.R.Vilyans ishlab chiqqan N.A.Kachinskiy tomonidan anchagina o‘zgartirishlar kiritilgan tasnifi eng keng tarqalgan bo‘lib, ilmiy va ishlab chiqarish talablariga javob beradi.
N.A.Kachinskiy 1937 yilgi tasnifiga 16 ta mexanik zarrachani o‘z ichiga olgan' 4 ta gruppani ajratdi. 1957 yil tasnifiga biroz aniqliklar kiritdi. Birinchi o‘rinda u tuproqning aktiv va noaktiv qismlar chegarasini, ya’ni skeletli va mayda zarrachali (qum) qismini aniqroq ajratish ustida ishladi.
MHDda keng tarqalgan tuproq mexanik elementlarining xozirgi zamon tasnifi (1937-1957 y.)
Tuproq
|
N.A.Kachi-
|
N.A.Kachi-
|
V.V.Oxotin
|
mexanik
|
pskiy,
|
nskiy,
|
1940
|
elementlarin
|
1937
|
1957
|
|
ig effektiv
|
|
|
|
deametri, mm
|
|
|
|
> 20
|
toshli
|
toshli
|
shag‘al
|
yirik
|
20-10
|
|
|
|
urta
|
10-7
|
|
|
|
maida
|
7- 3
|
|
|
|
juda maida
|
3-2
|
ykrik
|
shag‘al
|
qo‘m
|
yirik
|
2-1
|
kum
|
iirik
|
|
o‘rta
|
1-0,5
|
o‘rta
mayda
|
kum
o‘rta
mayda ,
|
|
mayda
changli qum
|
0,5-0,25
|
|
0,25-0,05
|
|
0,05-0,01
|
yirik
|
yirik
|
loy
|
chang il
|
0,01-0,005
|
chang o‘rta
|
chang o‘rta
|
|
dagal
|
0,005-0,002
|
|
mayda
|
|
mayip
|
0,002-0,001
|
mayda
|
dag‘al
|
|
|
0,001-0,0005
|
|
il mayin
|
|
|
0,0005-0,0001
|
il
|
kolloid
|
|
|
< 0,0001
|
|
fizik qum
|
|
|
>0,01
|
fizik qum
|
fizik loy
|
|
|
<0,01
|
fizik loy
|
|
|
|
Ma’lumki, tabiiy sharoitda qumlar yuqori suv o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lishi bilan birga sezilarli nam sig‘imiga (8— 10%) hamda kapilyarlik xususiyatiga ega bo‘ladi.
Shuning uchun qumli erlar o‘rmon xo‘jaligi hamda kko‘pgina poliz ekinlari uchun yaroqli hisoblanadi.
1mm dan katta mexanik zarrachalar butunlay boshqa xususiyatga ega: katta suv o‘tkazuvchanlik, nam sig‘imi hamda kapilyar xodisa esa deyarli yo‘q. O‘zining xususiyatlari bilan bu zarrachalar tuproqiing toshchali qismiga yaqin turadn. SHuning uchun ham Kachinskiy 1957 yilda bunday zarrachalarni (3-1 mm) graviy (shag‘al) deb atashni taklif etadi. Bundlan tashqari 1957 yilgi tasnifida muallif il zarrachalarini o‘rganish sohasida ma’lumotlarni analiz qilib ilmiy maqsad uchun il zarrachasini bir qancha tabaqalab, dakal, mayin, il kolloidlarga ajratdi. SHunday qilib Kochmisksh") taklnf etgan ushbu tasnif deyarli butun tuproqshuposlik laboratoriyalarida va ilmiy tekshiruv ishlarida keng qo‘llanilmoqda .
Hozir tuproqshunoslikda V.V.Oxotin tasnifi qo‘llanilmaydi. Unda 12 zarracha ajratilib, ular 5 ta mexanik element gruppasiga birlashtirilgan, Ajratilgan 12 zarrachadan 8 tasi tuproqning yirik qismi —shagal va qumlarga to‘g‘ri keladi, V.V.Oxotin tasnifi o‘z moxiyati jixatidan qurilish maqsadlarida gruntlarni krng xarakterlaydigan tasnif hisoblanadi vo bu tuproqshunoslar talabiga javob bermaydi. Binobarin, V.V.Oxotin tasnifida chang zarrachasi gruppasi juda ham noaniq berilgan (0,05-0,01), il zarracha loyka zarrachadan yirik deb qabul qilingan. Hozirgi paytda tuproq fizikasi ko‘pchilik mineralogik ma’lumotlar asosida il zarracha eng mayda zarracha ekanlitini isbotlagan. Loyqa tarkibida il zarrachadan tashqari ko‘p miqdorda chang, hattoki qum zarrachalari x,am bo‘lishi mumkin. Bunday noto‘g‘ri nomlashni V.V.Oxotin, V.Osborndan olgan.
Tuproqning disperslik va strukturalilik koeffitsenti (soni)
Tuproqning mexanik va agregat tarkibini o‘rganit asosida uning disperslik va sxrukxuralilik koeffitsientini (sonlarini) hisoblab chiqish mumkin. Bundan tuproqning struktura hosil qilish qobiliyatini bilib olamiz.
1932 yilda N.A.Kachinekiy desperslik (bu so‘zning ma’nosi tuproqni agregatlik bo‘laklarini uni tashkil etgan mexanik elementlarga ajralish qobiliyati) sonini hisoblash uchun kuydagi formulani kashf etadi:
bu erda
Kd — desperslik soni, % xisobida;
a —mikroagregat analizda ajratilgan il>(0,001 mm) miqdori, massaga nisbatan % xisobida;
v —mexanik analiz natijasida ajratilgan il > (0,001 mm) miqdori, massaga nisbatan % xisobida; 100 —% aylantirish koeffitsenti.
Misol: Tuproqda mikroagregat analizda < 0,001 mm zarracha miqdori 8% ajratildi (a=8%), mexanik analizda esa bu zarracha miqdori-20% (a-20%) ga teng
Agarda KD soni qancha katta bo‘lsa, tuproqda suvga chidamli agregatlar miqdori shuncha kam bo‘ladi. SHuning uchun KD soni qora tuproqlarda 15 — 20, O‘rta Osiyoning buz tuproqlari 30 — 45, taqirli va taqir tuproqlarda — 75 — 90% gacha otadi.
Disperslik sonining aksariyati strukturalilik soni deyiladi. 1932 yilda P.Fageler o‘zining quid^im formulasini taklif etadi:
bu erda
- strukturalilik soni, % xisobida;
- mexanik analizda ajratilgan sozx, massaga nisbatan % xisobida;
11soz — mikroagregat analizda ajratilgan soz, massaga nisbatan % xisobida;
100 —% ga aylantirish koefsenti.
SHuni takidlash kerakki, strukturalilik sonini hisoblash uchun P.Fageler formulasidan foydalanishdan tashqari bu sonni desperslik sonini xisoblash asosida ham chiqarish mumkin.
Ayrim xollarda strukturalilik sonini xisoblash zarur bo‘lib koladiyu, birok, bizda mikroagregat analizi ma’lumotlari yo‘kdigi tufayli bunday hollarda A.F.Vadyunina Ks ni hisoblash faqatgina mexanik analiz ma’lumotlari asosida olib borish mumkinligini isbotlab, o‘zining quydagi formulasini beradi:
bu erda,
— strukturalilik soni, % hisobida;
s —< 0,001 mm li mexanik elementlar (chirindili qatlamida < 0,005 mm li zarrachalar) miqdori;
d — > 0,005 mm li zarrachalar miqdori;
100 —protsentga aylantirish koeffitsenti.
A.F.Vadyunina taklif qilgan bu formula og‘ir mexanik tarkibli tuprokdarni KS ni xisoblashda juda aniq ma’lumotlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |