79
nurlanishni yutishiga asoslangan. Atom-absorbsion
analiz uchun
tekshiriladigan modda biror atomizatorda atomar gaz holatiga keltiriladi va
shu atomar gazga aniqlanadigan elementga xos bo‘lgan nurlanish maxsus
lampadan yuboriladi. Ushbu atomar gaz qatlamida maxsus lampadan
tushgan nurning bir qismi yutiladi. Shu yutilish miqdoriy aniqlashlar uchun
asosiy kattalik sifatida qo‘llaniladi:
A = kCl
Atom bug‘i optik zichligining (A) kattaligi Buger – Ber - Lambert
qonuniga ko‘ra yorug‘lik yutuvchi zarrachalarning konsentratsiyasiga (S),
ya’ni atomizatordagi aniqlanadigan elementning miqdoriga to‘g‘ri
proporsional bo‘ladi.
Bu yerda, k - erkin atomlarning nurni yutish
koeffitsiyenti; l - yutish qatlamining uzunligi.
10-rasm. Atom-absorbsion
spektrometr
Atom-absorbsion analizda atomizatorlar tekshiriladigan namunadagi
moddani faqat atomar gaz holatiga o‘tkazishi kerak. Atom-emission usulda
esa atom qo‘zg‘atilgan holatga ham o‘tkaziladi. Atom-absorbsion analiz
usulida atomlash manbasi sifatida alanga ham ishlatiladi.
Alanga
atomizatori uchun qo‘llaniladigan gorelka atom- emission usulnikidan
farqli ravishda cho‘zilgan shaklli alanga hosil qiladigan tuzilishga ega. Bu
atomizator yordamida qattiq moddalarni ham analiz qilish mumkin.
Grafitning tez yonib ketmasligini ta’minlash uchun u argon atmosferasida
joylashtiriladi. Elektrotermik atomizatorlarning atomlash qobiliyati va
sezuvchanligi yuqori. Bu esa moddaning atomizatorda ko‘proq botishi va
grafitning qaytaruvchilik xossalari bilan bog‘liq.
Analiz uchun olinadigan
namunaning miqdori ko‘p bo‘lishi talab etilmaydi.
Atom-absorbsion analizda nurlanish manbai sifatida chiziqli spektrlar
chiqaradigan g‘ovak katodli va elektrodsiz, razjyad lampalari ishlatiladi.
Metallmaslarni
aniqlashda
ko‘pincha
elektrodsiz
lampalardan
foydalaniladi. Elektrodda tekshiriladigan moddaning oz
miqdori
joylashtirilgan bo‘lib , u atomar holatga aylantirilgandan so‘ng
80
mikroto‘lqinli maydon ta’sirida qo‘zg‘aladi.
Bu lampalarning har biri faqat bitta elementni aniqlashga
mo‘ljallangan. Bunday qotishmalardan tayyorlangan katodli lampalar
(aniqligi, yuqori emas) mustasno. Ushbu kamchilikni yo‘qotish uchun
hozirgi vaqtda keng to‘lqin uzunligi sohasiga ega bo‘lgan ksenon lampalari
va lazerlardan foydalanilmoqda.
Atom-absorbsion analizga xalaqit beruvchi omillar ham spektral va
fizik-kimyoviy omillarga bo‘linadi. Bular qatoriga fonning chiqarish va
yutish spektrlarini kiritish mumkin. Moddani atomar gazga aylantirish
vaqtida uning bir qismi qo‘zg‘atilgan holatga o‘tishi
va nur chiqarishi
mumkin.
Bu atom-emission usulga ko‘ra selektiv bo‘lib, ko‘p elementli analizni
amalga oshirish ancha murakkab. U miqdoriy analiz usuli sifatida ancha
aniq va sezuvchan usuldir. Ko‘pincha miqdoriy aniqlashlar uchun tashqi
standart va qo‘shimchalar usullari qo‘llaniladi. Atom-absorbsion analizda
ichki standart usulini qo‘llab bo‘lmaydi, bu usul bir elementli usul bo‘lib,
bir vaqtning o‘zida ikkita elementning analitik signallarini o‘lchash imkoni
yo‘q. Atom-absorbsiya usulida ishlatiladigan
analitik jihozlar quyidagi
asosiy qismlardan iborat bo‘ladi: yorug‘lik manbai, yutish yacheykasi,
optik moslama, qabul-ro‘yxat moslamasi.
Hozirgi kunda turli-tuman absorbsiya spektrofotometrlari ishlab
chiqarilmoqda, ularning ayrimlari emission alangali fotometriyada ham
qo‘llanilishi
mumkin.
Atom-absorbsiya
usulida
ishlatiladigan
monoxromatordagi nur kirish tirqishini
moslash asosida olinadigan
natijalar aniqligini oshirish mumkin. Atom-absorbsiya usulida alangadagi
kimyoviy jarayonlar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Namuna tarkibidagi
aniqlanadigan element bilan qiyin dissotsiyalanadigan birikma hosil
qiluvchi har qanday modda nurlanishni yoki nur sochilishini pasaytiradi.
Masalan, fosfatlar kalsiy bilan shu tipdagi birikmalar hosil qilishi mumkin.
Shuningdek, sulfatlar silikatlar va amominiy
ham kalsiy va ishqoriy yer
metallarni aniqlashni qiyinlashtiradi.
Aytib o‘tilgan to‘siqlarni namunalarga maxsus reagentlar qo‘shish
yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Masalan, kalsiy va magniyni aniqlashda
sulfat va fosfatlarning ta’siri trilon B qo‘shish yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Atom-absorbsiya usuli tuproq-agrokimyoviy tahlil imkoniyatlarini
kengaytiradi. Agrokimyo va tuproqshunoslikda spektral tahlil keng
qo‘llaniladi, hozircha uning imkoniyatlaridan unumli foydalanilayapti deb
bo‘lmaydi. Usul ko‘proq o‘simlik va tuproq tarkibidagi mikroelementlarni
aniqlashda qo‘llanilmoqda.[8]
Do'stlaringiz bilan baham: