Namangan viloyati tumanlarida sho’rlangan yerlarning
umumiy maydoni, ming ga, 2013 y.*
Tumanlarning nomi
Sho’rlan-
gan yerlar
Sho’rlanish darajasi
Ku
ch
siz
O’r
tac
h
a
Ku
ch
li
Mingbuloq
27366
18678
7928
760
Kosonsoy
1574
501
513
560
Namangan
34
34
-
-
Norin
648
495
91
62
Pop
10320
5253
3950
1117
To’raqo’rg’on
338
98
240
-
Uychi
311
296
15
-
Uchqo’rg’on
-
-
-
-
Chortoq
904
505
340
59
Chust
2456
1369
1024
63
Yangiqo’rg’on
1700
1120
400
180
Namangan shahri
40
25
15
-
Viloyat bo’yicha
45691
28374
14516
2801
*jadval Namangan viloyati yer resurslari boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan
.
Viloyatda yangi o’zlashtirilgan adir zonasining sug’orilishi natijasida
Qoradaryo, Norindaryo va Sirdaryoning quyi terrasalarida joylashgan yerlarning
yuqori qismidagi yer osti suvlarini sizib kelishi hisobiga gurunt suvlari sathining
hududiy ko’tarilishi kuzatilmoqda. Bu holat qadimdan sug’orib kelinayotgan
maydonlarda ham mavjud. Masalan, yer osti suvlari sathi Mingbuloqda 1,5-2,5m,
Namangan tumanida – 1,5-2,0m, Kosonsoyda – 1,5-2,2m, Norinda – 1,4-2,3m,
Popda – 1,4-1,5m, To’raqo’rg’onda – 1,3-1,7m, Uychida – 1,7-1,9m,
Uchqo’rg’onda – 1,7-2,5 m, Chustda – 1,9-2,15m, Chortoqda 3,9-4,2m. oralig’ida
o’zgarib turibdi.
85
III.3.Tuproqlarni kimyoviy o’g’itlar va pestitsidlardan himoya qilish
O’tgan asrning o’rtalarida HaCO
3
selitrasining birinchi partiyasi Yevropaga
olib kelindi. Ammo xech kim yukni tushirishga shoshilmadi. Uni sinab ta’siri
amalda sinalgandan keyingina, selitra uchun kurash boshlandi. 1900- yilga kelib
Chili selitrasiga talab azotga nisbatan 300000 tonna ko’p bo’ldi. Selitra olishning
arzon yo’llari qidira boshlandi. Chunki jahon tajribasida mineral o’g’itlarni
qo’llash yerga ishlov berishning yaxshilanishining asosiy omil qishloq xo’jaligi
yeridan samarali foydalanishning sharti va o’sishini va hosilni saklanishiga kafolat
beruvchi asosiy omil ekanligi aniqlandi. Amerika tadqiqotchilarining fikriga ko’ra,
kimyoviy vositalarni ishlatish xisobiga Yevropada o’simliklardan olinadigan xosil
oxirgi 30 yil ichida deyarli 5 foizdan oshdi. Dunyo bo’yicha ishlatilgan 1
kilogramm o’g’it 7,3 kilogramm bug’doy berishi kerak, bizda esa 3,5-4
kilogrammga to’g’ri keladi, ya’ni ishlatiladigan o’g’itlar beradiga foydasini
o’rniga, ko’plab ekologik muammoni keltirib chiqarmoqda. Yiliga taxmini
hisoblarga ko’ra, zavoddan dalaga yetib borgunga qadar 4 mln tonna mineral
o’g’it, 10-12 ming tonna pestitsid (MDH bo’yicha) yo’lda qoladi. Bundan kelgan
zarar 400 mln so’mni tashkil etadi. 1987- yilda Samarqand kimyo zavodida
birinchi yangi shaklda polifosfat chiqara boshlandi. Donacha tarkibida azot va
fosfor bo’lib, ularning miqdori avvalgi amofosga nisbatan yuqori bo’lib, o’simlik
tomonidan yaxshi o’zlashadi hamda uzoq muddat ta’sir ko’rsatadi. O’g’itlarni
ishlatishning kengayishi qo’shimcha yangi ekologik muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Masalan, eng xavflisi azotli o’g’itlar bo’lib HO
3
azotning
harakatchanligi tufayli suv havzalari va yer osti suvlari ifloslanmoqda. Ya’ni suv
havzasiga tushayotgan azotning yarmi qishloq xo’jaligiga to’g’ri keladi. Suvda
azot singan oziq moddalarning ko’payib ketishi, suv o’tlarini haddan tashqari o’sib
ketishiga va uning umri tugagandan so’ng esa anaerob bakterial parchalanishga
uchrashi sababli baliq va suvdagi jonzotlarni kislorod defitsiti tufayli qirilishiga
olib keldi. Hozirgi kunda respublikamizda bunday hodisalar (suv xavzalarining
yevtrofikatsiyalanishi kuzatilmoqda. Nitritlar me’yordan ko’p miqdorda faqat suv
86
emas, o’simliklarda ham ko’p yig’ilmoqda. Nitritlarning inson va hayvonotga
ta’siri unchalik bo’lmasada, ammo ulardan xosil bo’lgan mahsulot kuchli zaharli
modda xisoblanadi. Bunday mahsulotni inson tomonidan iste’mol qilinishi
natijasida, ayniqsa bolalar o’rtasida kasalliklar kelib chiqmoqda. Undan tashqari
nitratlardan nitrozaminlar xosil bo’lish mumkin. Ular kanserogen moddalar
hisoblanadi. Endi fosforli o’g’itlar haqida to’xtalsak. Ular ancha xavfsiz. Kam
harakatchan tuproqqa qattiq o’rnashadi. Ammo shunga qaramay suv havzalari
tuproq eroziyasi hisobiga fosfatlar bilan ifloslanadi. Ammo suv havzalarini
ifloslovchi eng asosiy manbalar bu sanoat va maishiy chiqindi suvlaridir (ayniqsa,
fosfatni yuvuvchi vosita). Fosforli o’g’itlarni ishlatishni o’ziga xos xususiyati
shundaki, ularni ko’p ishlatish natijasida tuproqda stronsiy, ftor, tabiiy radioaktiv
uran, radiy va toriy kabi elementlar yig’ilishi mumkin. Uchinchi ozuqa elementi
kaliy bo’lib, u atrof-muxitga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi, ammo u bilan doim birga
bo’ladigan xlor yer osti, suvlarini ifloslashi mumkin. Hozirgi kunda atrof-muxitni
o’g’itlar bilan ifloslanishi ustidan doimiy nazorat olib boriladi. Bunday nazoratni
agoroximlaboratoriyalar amalga oshiradi. Ayniqsa, oziq-ovqat-sabzavot tarkibidagi
HO
3
miqdorini aniqlash katta ahamiyatga ega. Butun jahon Sog’liqni Saqlash
Tashkiloti(VOZ)ning bergan ma’lumotiga ko’ra inson uchun bir kunlik iste’mol
qilish mumkin bo’lgan nitrit 325 mg.
Pestitsidlar va atrof muhit. Eng buyuk yutuqlardan biri o’simliklarni
kimyoviy ximoya qilish(xilma-xil zararkunanda, kasalliklarga qarshi) vositalarni
kashf etilishi bo’ldi. Pestitsidlar ishlatilishiga ko’ra turli sinflarga bo’linadi:
1.
Insektitsid (zararli hashorotlarga qarshi).
2.
Gerbitsid (yovvoyi o’tlarga qarshi).
3.
Fungitsid (zamburug’larga qarshi).
4.
Zootsid (kemiruvchilarga qarshi).
5.
Bakteritsid (xilma-xil zararli bakteriyalarga qarshi).
Rossiya FAning muxbir a’zosi A.Yablokovning ma’lumotlariga ko’ra,
1986- yil MDHda kimyoviy ximoya vositalarining miqdori xar bir kishiga 1,4
kilogrammdan to’g’ri kelgan. 1989- yilda gektariga 3 kilogramm ishlatilgan.
87
Boltiqbo’yida bu ko’rsatkich-200 kilogramm, Ashgabadda 64-200 kilogrammni
tashkil etadi. Akademik A.Fokinning fikriga ko’ra, butun MDHda pestitsidlar
ishlatilishi bo’yicha juda ko’p xatolarga yo’l qo’yilgan. Ayniqsa, xlororganik
birikmalar xaddan ziyod ko’p ishlatilgan. Masalan, DDT bir vaqtda eng ko’p
ishlatilgan va uni yaratuvchi P.Myuller Nobel mukofotining sovrindori bo’lgan.
Avval go’yo Malyariya, sariq, bezgak, tif kasalliklaridan qutulishga imkon berdi.
Ammo keyingi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, DDTdan foydalanish juda xavfli
ekan. Shuning uchun undan foydalanish 1971-yildan boshlab to’xtatildi. Ma’lum
bo’lishicha, pestitsidlar odam va xayvon to’qimasida yig’ilishga ega. Surunkali
organizmga kirib turishi natijasida asab va yurak-tomir sistemasiga ta’sir
ko’rsatadi. DDT(dixlor difenil trixlor etan) va shu tipdagi moddalar onaning suti
orqali bolaga o’tadi. Bu xilma-xil tug’ma patologiya va embrionning o’lishiga
sabab bo’ladi. DDT hatto antarktidadagi pingvinning ham jigaridan topilgan.
Butun jaxon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko’ra, dunyo bo’yicha
yiliga 500 ming aholi zaharlanadi. Ularning 10%i o’lim bilan tugaydi.
So’nggi 10-
15 yilda pestitsidlar va mineral o’g’itlardan foydalanish miqdori 3-4 baravarga
oshdi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida kimyoviy moddalarni ishlatish miqdori
ancha kamaytirilganiga qaramay yerlarning zaharli qoldiq moddalar bilan
zararlanish muammosi keskinligicha qolmoqda. 1996-2006 yillarda sug’oriladigan
yerlarning DDT bilan zararlanishining o’rtacha miqdori pasayib borayotgani
kuzatilmoqda. Tanlab olingan namunalarda REKdan oshish miqdori 39,2 foizdan
21,1 foizga pasaydi, o’rtacha zararlanish darajasi 0,85 REKni tashkil etdi.
Yerlarning DDT bilan nisbatan ko’proq zararlanishi Andijon va Farg’ona
viloyatlarida hali-hamon saqlanib qolmoqda va bu ko’rsatkich 2,4-6,1 REKni
tashkil etadi. Barcha viloyatlarda yerlarning GXSG, teflon, tiodan, fosfamid va
fizolon qoldiq miqdori bilan zararlanishi REK miqdoridan oshgani yo’q. Avvalgi
qishloq xo’jaligi aerodromlari pestitsidlarni tarqatadigan ob’ektlar bo’lib (461),
atrof tabiiy muhitni zararlantiradigan manba hisoblanadi. Respublikada bu borada
ko’rilayotgan choralarga qaramay hamon eskirgan, foydalanilmayotgan, qo’llash
88
taqiqlangan, yo’q qilinishi yoki foydali miqdorda ishlatish talab etiladigan 1500
tonnaga yaqin pestitsid bor.
Viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi bilan hamkorlikda olib borgan
tadqiqotlarimiz (Nazarov 1998, 2000, 2001) natijasi shuni ko’rsatadiki, ilgari
qishloq xo’jalik aerodromi bo’lgan 170,8 ga maydonning 24,7 ga 4-daraja bo’yicha
kuchli, 9,1 ga 5-daraja bo’yicha o’ta kuchli ifloslangan. Laboratoriya
tekshiruvlarida Chust tumani hududidagi avval qishloq xo’jaligi aerodromi bo’lgan
maydonga ekilgan bug’doyning yashil qismida inson hayoti uchun havfli bo’lgan
DDT ning miqdori REMdan 7 marta, GXSG 6,5 marta, Pop tumani “Pop” jamoa
xo’jaligi hududidagi qishloq xo’jaligi aerodromida o’sib turgan 2 yillik bedaning
yashil qismida DDT ning miqdori REMdan 10,5 marta, GXSG 5,5 marta ko’p
ekanligi aniqlandi. Bulardan ko’rinib turibdiki, turli kimyoviy moddalar bilan
zaharlangan yerlarda yetishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlari tarkibida ko’p
miqdorda zaharli qotillar mavjud.
Viloyatda “Namangan viloyati atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy
manbaalardan
oqilona
foydalanishning
2005-yilgacha
bo’lgan
davrga
mo’ljallangan dasturi” qabul qilingan bo’lib, unda tuproq unumdorligini hisobga
olgan holda mineral o’g’it aralashmalarini tuproqqa berishni tashkil etish,
sabzavot, poliz ekinlariga azotli o’g’itlarni umuman bermaslik, paykalga suyuq
azotni berishni ta’qiqlash, 74 ming ga sug’oriladigan yerlarni har tomonlama
ta’mirlash, 10,4 ming ga maydonda kollektor-zovur shaxobchalarini qurish, qayta
sozlash va kapital tekislash, sug’orishning ilg’or usullarini joriy etish, tuproq
sho’rlanishi va yerlarning suv bosishini oldini olishning kompleks choralarini
ko’rish, g’o’zani qishloq xo’jalik zararkunandalari va kasalliklaridan himoya
qilishda biologik usullarni qo’llashni yanada takomillashtirish, bog’, shuningdek,
sabzavot, poliz va boshqa ekinlarni zararkunandalardan biologik usul bilan himoya
qilish masalalari o’z ifodasini topgan. Shuningdek, dasturda qishloq xo’jaligida
turli zaharli dorilar va mineral o’g’itlardan foydalanishni qisqartirishni ta’minlash,
hamda biologik preparat va mahalliy o’g’itlarni ishlatilishni kuchaytirish ko’rsatib
o’tilgan.
89
1995-1996-yillarda viloyat qishloq xo’jalik yerlarida biogumusdan
foydalanish keng yo’lga qo’yildi. 1999-yil 22-aprel kuni To’raqo’rg’onda ishga
tushirilgan O’rta Osiyoda yagona yer malhami (biogumus) zavodi chiqarayotgan
biologik birikmasi ham yer boyliklarimizdan foydalanish va ularni muhofaza qilish
ishlariga hamda viloyat ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy tadbirdir.
Yer malhamining tarkibi tirik organizmlardan iborat bo’lib, 100 ga yerga 10 g
me’yor belgilangan holda, bir yilda 40-50 t ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu yer
malhami asosan suvga qo’shib berilib, atmosfera tarkibidagi azot birikmalarini
tortib olib, tuproqni azot bilan boyitadi va barcha turdagi qishloq xo’jaligi ekinlari
hosildorligini 4-5 baravar ko’paytiradi. Bu malham kelajakda vodiy, respublika va
qo’shni davlatlarga ham tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |