Eroziyaga qarshi agrotexnik va gidrotexnik tadbirlar.
Eroziyaga qarshi
kurashda qiyalikda joylashgan yerlarda gorizontallar bo’ylab tuproqqa ishlov
berish, ya’ni ariqlarni faqat bir xil holatda ushlansa, suv oqimini ushlaydi va
eroziyani susaytiradi. Konturlarda dehqonchilik tuproq yemirilishini 50 foiz va
yuza yuvilishini 12-99 foizga kamaytiradi (Bennet, 195 Eroziyaga qarshi tadbirlar
hamda, nam saqlovchi usullar kuzgi shudgor, shudgorlanuvchi ekinlar ekilgan
dalalar, lalmikor va kuzgi g’alla ekilgan dalalar uchun qo’llaniladi. Kuzgi
shudgor himoyalash kech kuzda o’tkaziladi. D. Y. Shokirov vaqtinchalik chimlar
yordamida yuza oqimini tuprog’iga oqimiga aylantirishni tavsiya qiladi. Yomg’ir
ko’p yog’adigan rayonlarda qiya egatlar yaratib, maxkamlangan o’zanlarga
suvning to’planishi ta’minlandi. Shudgor qilishda 15-25 sm li muvaqqat valiklar
bilan ag’darish va egatlash suv oqimini tarqatib yuboradi. Uzliksiz va uzlikli
egatlash namlik zaxiralarini 20-80 mm ga ko’paytirib sirtki oqimni qisqartiradi.
Qozog’iston va Sibirda ildiz makkajo’hori qoldiqlariga tegmay (ag’darmasdan)
xaydash tavsiya etiladi. Kuzgi shudgor xaydovini 30-35 sm gacha chuqurlashtirish
ayniqsa qora tuproqlarda, namlik zahiralarini 20-30 mmga
ko’paytiradi,
yemirilishni kamaytiradi va xosildorlikni 2-3 sentnerga oshiradi. Chuqur xaydash
qora tuproqlarda 4-5 yildan keyin, kashtan tuproqlarda esa 2-3 yildan keyin
o’tkaziladi. 2° dan ortiq bo’lgan qiyaliklarda kuzgi shudgorning kontur ishlovi
valiklar hosil qilish bilan birgalikda boradi. Kuzgi shudgorni ko’tarib, 15-25 sm li
valiklar hosil qilinadi dala qirg’og’ida mikrosuv omborlarning turi barpo bo’ladi va
erigan suvlar butunlay ushlab qolinadi. Qor qoplami bir tekis bo’lishi uchun
qordan himoyalovchi qurilmalar qo’llaniladi. Lekin yirik qor tepalarning hosil
bo’lishi o’rinsizdir. Shuning uchun qor saqlovchi qurilmalarni bira to’la katta
maydonlarda joylashtirish kerak. Qor va yomg’ir suvlarini ushlashda tirqishlar
hizmat qiladi. Qiyalikka ko’ndalang xolda 70-180 smdan keyin chuqurligi 40-50
sm bo’lgan tirqishlar qirqiladi. Ular mexanizatsiyalangan ishlov hamda, ekinlarni
parvarishlashni qiyinlashtirmaydi o’g’itlardan foydalanish, kuzgi shudgorni yerga
80
bahorda qayta ishlash, qiyaliklarda ko’ndalang ekish, barcha tadbirlar hosildorlikni
oshiradi va tuproqlarni eroziyaga qarshi mustaxkamlaydi.
Qiyalik 6-8° va undan tikka bo’lgan yerlarda oqim katta xajm va tezlikka
ega bo’lmasdan ushlab qoluvchi masofada va mos gradusli burchakda ko’ndalang
terrassalar barpo etiladi. Terassalarning kattaligi va burchagi shunday nazorat
qilinadiki, sirtqi oqim ushlanib, kanal bo’ylab dala orqali ximoyalangan suvsochar
o’tkazilishi kerak. Kanal ham qirrasi xam bir tekis butun qurilmani ishlab
chiqishga proektlangan keng ko’ndalang kesimga ega bo’ladi. Jarliklar tubining
"tenglashishida" hamda devorlari chim bilan qoplana boradi va soxillarning
qiyaliklarga aylanishi kuzatiladi. Urug’larning unib chiqishi va ekilgan
ekinlarning qiyaliklarda rivojlanishi uchun, odatda sharoitlar ancha noqulay.
Ekinlarga oziq elementlari yetishmaydi, Jinsda tuzlarning kontsentratsiyasi
oshiqcha bo’lishi mumkin. Ildiz rivojlanadigan qatlamda nomuvofiq, suv rejimi
vujudga keladi, yozgi davrda keskin qurikdashuv kuzatilishi mumkin. Shu sababli
o’simliklarning saralashda tajriba yo’li bilan sinalgan yoki sharoitlarda chidamli
o’simliklarni olish maqsadga muvofiq. Asosan ekiladigan o’t o’simliklarini uch
tipga bo’lish mumkin: yuqori darajada eroziyaga chidamli guruxga ildizpoya va
boshqa o’simliklar: tolbarg, o’rmalovchi ayiqtovon va hokazo kiradi. O’rtacha
chidamli guruxga ildizpoya o’simliklar: sebarga, chopontyolpak va boshqalar
kiradi, ular tuproqni faqat ildizdan uzoq bo’lmagan masofada himoyalaydi.
Kuchsiz chidamli o’simliklar guruxiga popuk ildizli o’simliklar kiradi
(qo’ng’irbosh, simbirik, chillakayoq, qirqbo’g’in). Bu o’simliklar xatto sirt
oqimiga ham kuchsiz qarshilanadilar.
Viloyatning Sirdaryo, Kosonsoy, Chortoqsoy, Namangansoy, Podshootasoy,
G’ovasoy, G’irvonsoy kabi yirik suv inshootlari atrofida oqava suvlarni noto’g’ri
tashlash oqibatida jarlar tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda. Jarliklarni
yuzaga kelishiga shu hududlarda sug’orish me’yori va texnikasiga amal qilmaslik
sabab bo’lmoqda. Viloyatning yangi sug’orilib dehqonchilik qilinayotgan yerlari
uchun 0,3-0,4 l/s suv sarf qilinadigan bo’lsa, amalda 0,7-0,9 l/s suv sarflanmoqda.
Bu miqdordagi suv bir marta sug’orilganda 1,5-2 m atrofida jarlikning
g
a
81
kengayishiga, 3-4 m chuqurlanishiga olib kelmoqda. Jarlanish jarayoni Chortoq,
Uychi, To’raqo’rg’on, Namangan, Pop tumanlarida ko’p uchraydi.
Viloyatda chuqurlama eroziya hamda jar eroziyasini vujudga kelishi,
ayniqsa, antropogen omillar ta’sirida rivojlanishi mutaxassislar (Nigmatov, 1996)
tomonidan o’rganilgan. Hozirgi kunda jarlarning miqdori 2191 ta ni tashkil qilib,
jami uzunligi 512 km dan ziyod. Muallifning respublika jar eroziyasini rivojlanishi
bo’yicha amalga oshirgan rayonlashtirish sxemasi bo’yicha viloyatning adirlar
zonasi halokat va juda kuchli darajaga tegishlidir. Viloyat adirlari umumiy
maydonining 48%i kuchli, 44%i o’rtacha va qolgan 8%i esa kuchsiz jar
eroziyasiga tortilgan (Dadaxo’jaev, 1997). Jar eroziyasining oldini olish uchun
oqava suvlarni novlar orqali tashlash, har bir kartada himoya marzalari va
daraxtzorlar tashkil etish, o’tchil o’simliklar ekish, sug’orish normasi va
texnikasiga amal qilish kabi tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |