I.3. Yerlardan unumli foydalanishga tabiiy-antropogen jarayonlar ta’siri
Ye
r resurslari uning yuqori qatlamidan iborat bo’lib, mahsuldor qismi
hisoblanadi, uning o’rtacha qalinligi 0,5 metrdan 2 metrgacha yetadi. Mahsuldor
qismning paydo bo’lishida biologik organizmlar qoldiqlarining va chiqindilarining
to’planishi natijasida gumus miqdorining ortishi hisobiga hosil bo’ladi. Bu modda
oziqa moddalar manbai hamda tuproqning tabiiy xossalarini yaxshilovchi asosiy
omil hisoblanadi. Tabiiy sharoitlarda gumus miqdori o’zgarmas hamda ko’payib
borishi qonuniy hisoblanadi. Uning kamayishi esa yerdan nooqilona foydalanish
natijasida yuzaga keladi. Yer qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi
bo’lib, uning rivojlanish suratlari, samaradorligi, tuproq unumdorligi, unumli
foydalanish va muhofaza qilishga bog’liqdir. Bu esa qishloq xo’jalik yerlarining
holatini hisobga olish va baholashda katta ahamiyatga ega. Tuproq mahsuldorligi
o’rtacha yillik hosildorlik bilan belgilanadi. Tuproq resurslaridan foydalanishning
yo’nalishi va darajasi yer resurslarining tizimi orqali aniqlanadi. Yerning holati,
fizik tarkibi, kimyoviy tarkibi, namlik darajasi, harorati bilan xarakterlanadi. Inson,
o’simlik, hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar faoliyatlari yerning holatini
yaxshilashi yoki yomonlashtirishi mumkin. Yerda ta’sir ko’rsatadigan asosiy
jarayonlar quyidagilar: qishloq xo’jaligi oborotidan butunlay chiqarish, vaqtincha
chiqarish, mexanik ta’sir etish, kimyoviy hamda fizik ta’sir etish, organik
elementlarni ko’payishi yoki kamayishi, qo’shimcha hududlar qo’shish,
biomassadan foydalanish, o’z-o’zini tiklash va boshqalardir.
29
Yerni qaytmaydigan qilib oborotdan chiqarishda sanoat korxonalari
qurilishi, uy-joylar, yo’llar, quvurlar, elektr liniyalari, suv omborlari, foydali
qazilmalarni ochiq usulda qazish, chiqindilar bilan to’ldirish orqali sodir bo’ladi.
O’zbekistonda o’rtacha sug’oriladigan jami yerlarning qariyb 50 foizi sho’rlangan.
Bunday yerlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo
viloyatida keng tarqalgan. Sug’oriladigan yerlarning deyarli 5 foizi – 213,1 ming
gektari kuchli sho’rlangan. Allyuvial tekisliklarda joylashgan yerlarning yarmidan
ko’pi sho’rlanish va ortiqcha namgarchilikdan zarar ko’rmoqda. Sho’rlanish
nafaqat sug’orish oqibati, balki quruq hududdagi tog’lararo, allyuvial va prolyuvial
hududlar uchun xos bo’lgan tabiiy jarayondir. Drenajsiz sug’orish, suvni filtrdan
o’tkazish oqibatida yo’qotish, sug’orish kanallarini gidroizolyatsiyasiz qurish,
sug’orishning normadan oshishi, suvni nazoratsiz yetkazib berish, minerallashgan
suv bilan sug’orish tuproq sho’rlanishining asosiy sabablari hisoblanadi. Masalan,
Qoraqalpog’istonda sug’oriladigan yerlarda tuzlarning yillik ko’payishi bir
gektarda 10-30 tonnani tashkil etadi. Sug’orish suvlarida tuzning ko’payishi bilan
qishloq xo’jaligi ekinlari unumdorligi ham pasayadi. Misol uchun, so’nggi yillarda
paxta hosildorligi Xorazm viloyati bo’yicha gektaridan 39-41sentnerdan
29-33 sentnerga, Qoraqalpog’istonda gektaridan 30-34 sentnerdan 14-24 sentnerga
kamayib ketdi. Hududlarda mineral va organik o’g’itlardan foydalanish darajasi
pasayib bormoqda.
Bunday holat agronomiya va ekologiya talablariga javob
bermaydi va yerlarning yanada yemirilishiga olib kelishi mumkin. Qishloq
xo’jaligida olib borilayotgan islohotlar, yerlarning fermer va dehqonlarga 50 yilga
ijaraga berilishi va yerdan foydalanuvchilar javobgarligining oshirilishi pirovard
natijada vaziyatni barqarorlashtirish hamda sug’oriladigan yerlar unumdorligini
yuksaltirishga xizmat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |