Ekinlar unumdorligi.
O’zbekistonda qishloq xo’jaligi ekinlari tuzilmasida
asosan texnik va boshoqli ekinlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Keyingi o’n yilda
boshoqli ekinlar uchun ajratilgan maydon 1,9 baravar ko’paydi. Asosiy don ekini
bug’doy hisoblanadi. Paxta esa asosiy texnik ekin bo’lib qolmoqda. So’nggi
yillarda, ushbu ekin yetishtiriladigan maydonlar ancha kamaydi. So’nggi o’n yilda
ozuqa ekinlari uchun ajratilgan maydonlar ikki baravardan ortiq kamaytirilgani
ham tashvishlanarli hol ekanini qayd etish lozim. Qishloq xo’jalik korxonalari
(asosan davlatga qarashli) asosiy paxta (94%) va g’alla (78%) yetishtiruvchi
hisoblanadi. Ular, shuningdek, ozuqaning 76, mevaning 47, tuxumning 30, junning
27, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning 20 foizini, 7-8 foiz go’sht va sut
ishlab chiqaradi. 1994-2006-yillarda bug’doy hosildorligi respublika bo’yicha
o’rtacha 2 baravarga – gektaridan 20,8 sentnerdan 42,7 sentnerga ko’paydi.
Ko’pchilik viloyatlarda hosildorlik ijobiy sur’atda oshgani kuzatildi (Sirdaryo
viloyati bundan mustasno, negaki bu yerda o’sish sur’ati deyarli barqaror saqlanib
turibdi, Surxondaryo viloyatida esa 1999-yilda hosildorlik kasallik tufayli keskin
tushib ketdi). Aksariyat viloyatlarda hosildorlikning barqaror o’sishining asosiy
sababi ushbu ekinni yetishtirish texnologiyasining takomillashtirilgani va bu
borada boy tajriba to’planganidandir. Bug’doydan eng yuqori hosil Andijon
viloyatida yetishtirilgan bo’lsa, eng past hosildorlik Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va
Qoraqalpog’iston Respublikasiga to’g’ri keladi. 1995-2003-yillarda paxtaning
o’rtacha hosildorligi pasaygani kuzatildi. Bu ko’rsatkich 1995- yilda gektaridan
26,4 sentnerdan 2003- yilda 20,6 sentnerga kamaydi. Paxta hosildorligining u yoki
bu darajada pasayishi barcha viloyatlarda kuzatilmoqda. Hosildorlikning eng ko’p
pasayishi Qoraqalpog’istonda (38%), Sirdaryo (35%), Namangan (30%), Toshkent
(23%), Farg’ona va Xorazm viloyatlariga (26%) to’g’ri keladi. So’nggi yillarda esa
paxta hosildorligi oshmoqda.
Yalpi ishlab chiqarishni zamonaviy darajada saqlash uchun paxta
hosildorligini respublika bo’yicha gektaridan 24 sentner darajada saqlash talab
25
etiladi. 2005-yilda bu ko’rsatkich gektaridan 25 sentnerni tashkil etdi.
Qishloqda
yangicha xo’jalik yuritish mexanizmining, qishloq xo’jaligini moliyalashtirish,
kreditlash va sug’urta qilishning yangi tizimini, qishloq xo’jaligida ishlab
chiqarilgan mahsulot va qishloqqa keltiriladigan texnika, yoqilg’i va mineral
o’g’itlar uchun bo’ladigan o’zaro xisob-kitobning asoslari ishlab chiqildi va tadbiq
etildi. Qishloq xo’jalik korxonalarining iqtisodiy mustaqilligi kengaydi. Amalga
oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2012- yilda jami qishloq xo’jaligida
yetishtirilgan mahsulotlar xajmining asosiy qismi nodavlat sektori hissasiga to’g’ri
keladi. Iqtisodiyotning agrar sektorida mustahkam va barqaror rivojlanish
ta’minlandi. Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish strukturasi
tubdan o’zgardi. Qishloq xo’jaligida ekinlarni joylashtirishda ilmiy asoslangan
usullar joriy etildi. 2013-yil yakuni bilan viloyatda qishloq xo’jaligida
1836,4 mlrd.so’mlik yalpi mahsulot ishlab chiqarildi yoki yalpi mahsulot ishlab
chiqarish 2012- yilga nisbatan 107,0 foizga o’sdi.
Chorvachilikdagi yalpi mahsulot qiymati 698,0 mlrd.so’m yoki umumiy
yalpi mahsulotdagi ulushi 38,0 foiz, yalpi mahsulotlari 1138,4 mlrd.so’m yoki
umumiy yalpi mahsulotdagi ulushi 62,0 foizni tashkil etdi. Fermer xo’jaliklarida
561,2 mlrd. so’m mahsulot ishlab chiqarildi yoki o’sish sur’ati 105,9 foizni,
dehqon xo’jaliklarida esa o’sish 107,3 foizni tashkil etdi. Jami ishlab chiqarilgan
yalpi mahsulot qiymatining 30,6 foizi fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab
chiqarildi. Viloyatda 5596 ta fermer va dehqon xo’jaliklari bo’lib, 358 nafari
yuridik maqomga egadir. Davlatga 231,3 ming tonna g’alla (rejaga nisbatan
112,6%) va 232,7 ming tonna paxta (101,2%) yetkazib berildi. Barcha turdagi
xo’jaliklarda 500,6 ming tonna don (o’tgan yilga nisbatan 101,6%), 188,1 ming
tonna kartoshka (112,6%), 529,5 ming tonna sabzavot (108,3%), 56,9 ming tonna
poliz (107,0%), 158,0 ming tonna meva (114,4%) va 87,5 ming tonna uzum
(113,0%), chorvachilik mahsulotlaridan 93,2 ming tonna go’sht (107,1%),
464,5 ming tonna sut (110,0%), 170,4 mln.dona tuxum (139,9%), 1350 tonna jun
(108,5%) ishlab chiqarildi. So’nggi yillarda qoramol bosh sonlari 556,9 ming
boshni (102,4%), shu jumladan sigirlar 196,4 ming boshni (102,7%), qo’y-echkilar
26
647,7 ming boshni (103,1%), parranda 2293,8 ming boshni (112,8%) va otlar
6,4 ming boshni (100,9%) tashkil etdi. O’zbekiston Resublikasi Prezidentining
2011-yil 31- oktyabrdagi “2012-2015-yillarda Respublika oziq-ovqat sanoatini
boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to’risida”gi PQ-1633-sonli Qarorini viloyatda bajarilishini ta’minlash
bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Ushbu qarorga asosan 2013- yil
yakunida 188,0 ming tonna kartoshka (2012- yilga nisbatan 112,6%), 526,6 ming
tonna sabzavot (107,8%), 56,5 ming tonna poliz (106,2%), 157,8 ming tonna meva
(114,3%), 86,4 ming tonna uzum (111,6%), 95,1 ming tonna go’sht (109,2%),
464,5 ming tonna sut (110,0%), 146,1 mln.dona tuxum (120,0%) yetishtirish
belgilangan. (viloyat axolisi iste’moli uchun me’yorlar bo’yicha 1 yilda
277,8 ming tonna sabzavot, 123,9 ming tonna kartoshka, 138,7 ming tonna meva,
47,5 ming tonna poliz, 98,4 ming tonna go’sht, 344,2 ming tonna sut,
297,5 mln.dona tuxum maxsulotlari talab etiladi). Viloyatda 2013- yilda
529,5 ming tonna sabzavot (o’tgan yilga nisbatan 108,3%), 188,1 ming tonna
kartoshka (112,6%), 56,9 ming tonna poliz (107,0%), 158,0 ming tonna meva
(114,4%), 87,5 ming tonna uzum (113,0%), 93,2 ming tonna go’sht (107,1%),
464,5 ming tonna sut (110,0%) va 170,4 mln.dona tuxum (139,9%) maxsulotlari
ishlab chiqarildi.
O’zbekiston Resublikasi Prezidentining 2011- yil 31- oktyabrdagi
“2012-2015- yillarda Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni
yanada
takomillashtirish
va
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to’g’risida”gi
PQ-1633-sonli Qaroriga asosan viloyat hokimining 2011-yil 4-noyabrdagi
274-sonli Qarori qabul qilinib, dastur ishlab chiqilgan. Dasturga muvofiq viloyatda
2012- yilda 2 ta go’shtni, 2 ta sutni va 4 ta meva-sabzavot va uzumni qayta ishlash
loyihalarini amalga oshirish belgilangan bo’lib, bu maqsadlarga 1,7 mlrd.so’m
mablag’ sarflash ko’zda tutilgan. 2012- yil yakuni bilan dastur doirasida 2 ta
go’shtni, 8 ta sutni, 6 ta meva-sabzavotni qayta ishlovchi korxonalar jami 16 ta
(dasturdan tashqari 8 ta ) loyihalar amalga oshirilib, 2414,0 mln.so’m
(990,0 mln.so’m bank kreditlari) sarflandi. Bular, Namangan shahrida “Ankabud
27
sanoat savdo” MChJ go’shtni qayta ishlash korxonasida modernizatsiya tadbirlari
amalga oshirilib, Toshkent shahridagi Yevrofud MChJdan Germaniya davlatida
ishlab chiqarilgan termokamera va qadoqlash texnologiyasini olib kelib o’rnatildi.
Shuningdek, Chortoq tumanida “Chortoq go’sht sut savdo” MChJ yangi go’shtni
qayta ishlash texnologiyasi olib kelinib, foydalanishga topshirilgan. Namangan
tumanida “Xonobod naslchilik” sho’ba korxonasi tomonidan sutni qayta ishlash
bo’yicha yangi liniyasi ishga tushirilgan. Shuningdek, mazkur tumandagi “Iqbol”
MChJ sutni qayta ishlash korxonasida modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlari
amalga oshirilib, mavjud quvvatlar kengaytirilgan. Mingbuloq tumanida “Odina
Zubayda” MChJ korxonasi tomonidan meva-sabzavotni hamda Chortoq tumanida
“Lidiya” sho’ba korxonasida uzumni qayta ishlash sexlarida modernizatsiya
tadbirlari amalga oshirilib, qo’shimcha yangi liniyalar o’rnatilgan. To’raqo’rg’on
tumanida “To’raqo’rg’on baraka zamini” xususiy korxonasida meva-sabzavotlarni
quritish asbob-uskunalari o’rnatilib, yangi sex foydalanishga topshirilgan.
Shuningdek, dasturdan tashqari jami 8 ta, shu jumladan, 6 ta sutni va 2 ta meva-
sabzavotni qayta ishlash korxonalari ishga tushirilib, foydalanishga topshirilgan
(Bular, Namangan shahrida “Qualitative OIL” MChJ, “Nixol ziyo savdo telekom”
MChJ, Mingbuloq tumanida xususiy tadbirkorlar F.Abduraxmonova, A.Arapov,
To’raboev va Uchqo’rg’on tumanida B.Xojimirzaev tomonidan sutni (muzqaymoq
ishlab chiqarish), Norin tumanida fuqaro O.Mirzaev hamda Namangan shaxrida
“Afruz Kamol Nabi” MChJlar tomonidan meva-sabzavotni qayta ishlash
korxonalari.) Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash tizimini yanada yaxshilash
maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil
7-apreldagi “2011-2015-yillar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari
to’g’risida”gi VM-105-sonli Qaroriga asosan 2012-yilda jami 4050 tonna quvvatga
ega 5 ta yangi muzlatkichli omborlar qurish va 3200 tonna quvvatga ega 3 ta
sovutkichli sig’imlarni modernizatsiya qilish belgilangan. Hozirgi davrda
2050 tonna quvvatga ega 5 ta yangi sovutkichli omborlar qurilib, 4700 tonna
quvvatga ega 4 ta mavjud sovutkichli sig’imlar modernizatsiya qilindi. Shundan,
28
yil yakuni bilan 166 ta loyihalar ijrosi ta’minlandi Jumladan, 36 ta qoramolchilik
fermer xo’jaligida 1837 bosh qoramol, 455,1 ming bosh parranda boqishga
ixtisoslashgan 31 ta parrandachilik xo’jaligi, 94,5 gektar sun’iy suv havzalar
maydonida 41 ta baliqchilik xo’jaliklari, 11,7 gektar maydonda 22 ta yengil
konstruktsiyali issiqxonalar, 36 ta fermer xo’jaliklari va dehqon xo’jaliklarida
2170 dona asalari uyalari tashkil etilgan hamda 5 ta chorvachilik xo’jaliklari
tomonidan 256 bosh chetdan naslli qoramol olib kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |