Markaziy Osiyoda joylashganligi, okean va dengizlarning bevosita ta’siridan
uzoqligi, atrofi baland tog’ tizmalari bilan o’ralganligi hamda radiatsion va
sirkulyatsion jarayonlar muhim o’rin tutadi. Natijada viloyat hududida keskin,
quruq-kontinental iqlim qaror topgan bo’lib, cho’l va chala cho’l mintaqalarning
holati yaqqol sezilib turadi. Viloyat iqlimining o’ziga xos xususiyatlarining
40
shakllanishida shimoldan keladigan Arktika havo oqimi, Markaziy Osiyo hududida
hosil bo’ladigan mo’tadil quruq havo oqimi va janub tomonidan harakatlanuvchi
tropik havo oqimlari ishtirok etadi. Bu havo oqimlarini ko’pincha baland tog’
tizmalari to’sib qolsada, lekin 15-20 km balandlikdagi havo oqimlari Namangan
viloyati hududiga bemalol kirib keladi hamda asosiy yog’inlarni hosil qiladi.
Ayniqsa, kuz va qish oylarida Arktika havo massalarining kirib kelishi havo
haroratining keskin pasayib ketishiga, yog’in miqdorining ortishiga sezilarli ta’sir
ko’rsatadi. Yoz oylarida mo’tadil quruq va tropik havo oqimlari viloyat iqlimining
quruq hamda issiq bo’lishini ta’minlaydi.
Namangan viloyatining janubiy, ya’ni tekislik mintaqasi – cho’l, suptropik
iqlimga mansub. Vegetatsiya davri 230-240 kun. Vegetatsiya davrining ijobiy
harorat yig’indisi 4600-5000
0
S. Havo haroratining o’rtacha yillik tebranishi
14,5-16
0
S. Yanvar oyining o’rtacha harorati – 0,2-2,4, absolyut minimum harorati
esa – 27-29
0
S. Iyul oyining o’rtacha havo harorati esa 20-28
0
S, eng yuqori
harorati 44
0
S ga teng. Yillik yog’in miqdori 150-180 mm atrofida bo’lib, asosan
yog’ingarchilik qish va bahor oylariga to’g’ri keladi.
Yoz oylarida esa 10-15 mm atrofida yog’in tushadi. Qor qoplamining
o’rtacha qalinligi 10 sm atrofida bo’lsada, ayrim yillarda 20 sm.dan ham ortadi va
qor qoplami 20-40 kun turadi. Bu holat turli yillarda turlichadir. Tekislik
mintaqasida may oylaridan fevral oyiga qadar g’arbiy (Qo’qon shamoli) va dekabr
oyidan fevral oyiga qadar sharqiy shamollar esadi. Ayniqsa, sekundiga 15 metrdan
ortiq harakatlanuvchi shamollarning 30 kundan ortiq davom etishi qishloq
xo’jaligiga sezilarli darajada zarar keltiradi. Bug’lanishning yuqori bo’lishi
(120-150 mm) katta hududlarda minerallashgan yer osti suvlarini kapilyarlar orqali
katta kuch bilan tuproqning yuqori qatlamlariga tortib chiqaradi hamda sho’rlanish
jarayonini hosil qiladi. Bug’lanishning qish oylarida ham (10 mm atrofida) davom
etishi sho’rlanish va ikkilamchi sho’rlanishning oldini olishga qaratilgan meliorativ
tadbirlar majmuasini amalga oshirishni taqozo qiladi.
Adirlar, adirorti va tog’oldi tekisliklar mintaqasida iqlim g’arbdan – sharqqa
va janubdan – shimolga tomon sezilarli darajada o’zgarib boradi. Sutkalik va yillik
41
havo harorati ma’lum darajada tebranib turadi hamda keskin kontinentallik
xususiyati ko’zga tashlanadi. Yanvar oyining o’rtacha harorati 6-8
0
, absolyut
minimum – 29-30
0
, iyul oyining o’rtacha harorati +26 +28
0
. Eng yuqori harorat
43 – 44
0
S ga yetadi. Sentyabr-oktyabr oylarida havo haroratining pasayishi
kuzatiladi. Bu mintaqalarda tekislik mintaqasiga nisbatan iqlimning o’zgarishida
o’rtacha va baland tog’lar mintaqasiga yaqinlik hamda joyning dengiz sathidan
balandligi asosiy o’rin tutadi. Chunonchi, joyning dengiz sathidan balandlikka
qarab ijobiy havo harorati yig’indisi quyidagichadir: dengiz sathidan 500-550 m
balandlikda 4700
0
S; 550-750 m balandlikda 4400
0
S va 750 metrdan balandlikda
4100
0
S. O’rtacha va baland tog’lar mintaqasida qish sovuq, yanvar oyining
o’rtacha harorati -3,5-4
0
S, yoz esa ancha salqin, iyul oyining o’rtacha harorati
+20 + 21
0
S dan oshmaydi. Rel’ef shakllarining xilma-xilligi, yonbag’irlar
ekspozitsiyasining hokim havo massalariga nisbatan tutgan o’rniga ko’ra dengiz
sathidan yuqorilab borgan sari hamda g’arbdan-sharqqa va shimoli-sharqqa tomon
yog’in miqdori o’zgarib boradi. Masalan, yillik yog’in miqdori Popda – 161 mm,
Paxtaliko’lda – 148 mm, Qizilravotda – 256 mm va Kosonsoyda – 315 mm. ni
tashkil qiladi (5-jadval). Namangan viloyatida noyabr-mart oylaridagi yog’in
miqdori
aprel-oktyabr
oylaridagi
yog’in
miqdoridan
ancha
ortiq.
Yog’ingarchiliklarning eng yuqori miqdori mart, ba’zan aprel oylariga to’g’ri
keladi. Noyabr-mart oylarida qor yog’adi, o’rtacha va baland tog’lar mintaqasida
esa oktyabr-aprel, hatto may oylarida ham qor yog’adi. Yomg’ir jala tarzida
yog’ishi mumkin. Jala bir necha minutdan 20-25 minutga qadar davom etadi.
Yog’in miqdori birdaniga 10 mm.dan 40 mm.gacha yetadi. Intensivlik darajasi esa
0,10 dan 1,3 mm/min.gacha tebranadi.