Тупроқ унумдорлигига салбий таъсир этувчи жараёнларга қарши курашишнинг геоэкологик асослари



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/62
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#406423
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
Dissertatsiya 3.

Norin  daryosi

  (Namangan  viloyatida  Norin  va  Qoradaryo  qo’shilib, 

Sirdaryo  hosil  bo’ladi)  Markaziy  Tyan-Shandan  (Petrov  muzligi)  boshlanadi,  qor 

va  muzlik  suvlaridan  to’yinadi.  Sersuv,  umumiy  uzunligi  807  km.  Havzasi  esa  

59,9  ming  kv.km  dan  iborat  (asosiy  qismi  Qirg’iziston  hududida).  Namangan 

viloyatida  Norin  daryosining  gidrologik  rejimi  Uchqo’rg’on  kuzatuv  punkti 




 

44 


ma’lumotlari bo’yicha o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 398 m

3

/sek.  bo’lib,  eng  ko’p 



suv  sarfi  2880  m

3

/sek.  va  eng  oz  suv  sarfi  4,5  m



3

/sek.  dan  iboratdir.  Suvning 

o’rtacha  loyqalik  darajasi  710  g/m

3

  ga  teng.  Norin  daryosining  Farg’ona  vodiysi 



irrigatsiyani rivojlanishidagi o’rni beqiyos bo’lib, 10 dan ortiq yirik kanallar undan 

suv  oladi,  shuningdek,  Norin  daryosi  Markaziy  Osiyodagi  yirik  gidroenergiya 

resurslariga  ega  bo’lgan  daryo  ekanligi  bilan  ham  ajralib  turadi.  Uning 

gidroenergiya  resursining  potensial  miqdori  5,9  mln.  kvt/s  quvvatiga  ega.  Norin 

daryosidan  Farg’ona  vodiysining  ijtimoiy  -  iqtisodiy  hayotida  muhim  o’rin 

tutuvchi asosiy yirik kanallar – Katta Farg’ona, Shimoliy Farg’ona, Katta Andijon, 

Katta Namangan kanallari suv oladi. Sirdaryodan Mingbuloq tumani xo’jaliklarini 

suv bilan ta’minlovchi Y.Oxunboboev nomli kanal va suzib yuruvchi “Namangan” 

nasos stansiyasi hamda Pop tumani hududidagi nasos stansiyalari suv oladi. 

O’tgan  asrning  70-yillaridan  boshlab  Namangan  viloyatining  adir,  adirorti 

tekisliklari va tog’oldi hududlarini intensiv o’zlashtirishning boshlanishi oqibatida 

bugungi kunda bu daryo va soylar Sirdaryoga deyarli yetib bormaydi (faqat bahor 

va yozgi suv toshqinlarini hisobga olmaganda). Asosiy daryo va soylarning suvlari 

tom  ma’nosi  bilan  sug’orishga  sarflanadi.  Chodaksoy,  G’ovasoy,  Rezaksoy, 

Kosonsoy,  Namangansoy,  Podshootasoy,  Chortoqsoy  Namangan  viloyati 

hududidagi yirik tog’ daryo va soylaridir. 

Chodaksoy  –  Qurama  tizmasining  yon  bag’ridan,  Angren  platosidan 

boshlanadi.  Uzunligi  27  km,  havzasining  maydoni  350  km

2

,  o’rtacha  balandligi 



2370  m,  suv  sarfi  3,70  m

3

/sek,  vegetatsiya  davri  o’rtacha  suv  oqimi  7,24  m



3

/sek. 


Qor  va  muzliklardan  to’yinadi.  Pop  tumani  xo’jaliklari  maydonlarini  sug’orishda 

foydalaniladi.  

Choylisoy – Ohangaron daryosining chap irmog’i. Uzunligi 18 km. Qurama 

tog’  tizmasining  shimoli-g’arbiy  yon  bag’rida,  Angren  platosida  (3000  m.) 

buloqlar  suvining  qo’shilishidan  hosil  bo’ladi.  Dastlab  Toshloqsoy  nomi  bilan 

oqadi  va  Tovushquydi  irmog’i  qo’shilgach  Choylisoy  nomini  oladi.  Yuqori  va 

o’rta qismi keng, yonbag’irlari past, yotiq vodiylarda, quyi qismida esa tor, chuqur 

daradan oqadi. Qor va buloq suvlaridan to’yinadi. 




 

45 


G’ovasoy  –  Chotqol  tizmasining  janubiy  yonbag’irlaridan  boshlanadi. 

Havzasi  –  344  km

2

.  Angren  platosida  chuqur  daralar  hosil  qilib  oqadi.  Daryo 



havzasida  2500  –  2600  m  balandlikda  ikkita  ko’l  bo’lib,  daryo  suvining  10  foizi 

shu  ko’llardan  oqib  chiqadi.  G’ovasoyning  yillik  suv  sarfi  5,08  m

3

/sek.  Qor  va 



muzliklardan  to’yinadi.  Daryo  vodiysida  yillik  yog’in  miqdori  474  mm.  Daryo 

suvining  20  foizi  sizot  (buloq)  suvlaridan  iborat.  Mart-avgust  oylarida  yillik  suv 

oqimining  87  foizi  oqadi  hamda  to’lib  oqqan  davri  bo’lib  hisoblanadi.  Chust 

tumani xo’jaliklarini suv bilan ta’minlaydi.  

Rezaksoy  (Sumsarsoy)  Kuchala  tizmasidan  (3700  m)  boshlanadi.  Uzunligi 

32 km, havzasining maydoni 92,5 kv km. Yuqori oqimida Kuchalasoy nomi bilan 

oqadi.  Ayirmasoy  qo’shilgandan  keyin  Sumsarsoy  nomini  oladi.  Soy  vodiysi 

asosan mayda shag’al va tosh bilan qoplangan. Yillik o’rtacha suv sarfi 97 m

3

/sek. 


Oqim moduli 10,50/sek.km

2



Kosonsoy  –  Chotqol  tog’  tizmasidan  Chilquduqsoy  nomi  bilan  boshlanib, 

sharq  va  janubi-sharqqa  tomon  oqadi.  Uzunligi  154  km,  havzasining  maydoni  

1650  km

2

.  Havzasining  2/3  qismi  mayin  jinslardan  va  1/3  qismi  surilma 



qoyalardan  iborat.  O’rtacha  balandligi  2347  m.  Kosonsoy  daryosining  yuqori 

oqimi  Qirg’iziston  hududida  qor  va  muzlik,  yomg’irlardan  to’yinadi.  O’rtacha 

yillik suv sarfi 9,81 m

3

/sek, o’rtacha oqim moduli 5,94 l/sek km



2

. Suvning 58 foizi 

mart-sentyabr  va  42  foizi  oktyabr-fevral  oylariga  to’g’ri  keladi.  O’rtato’qay 

botig’ida Shimoliy Farg’onadagi eng yirik Kosonsoy suv ombori (1941-1947 y.y.) 

barpo etilgan bo’lib, bugungi kundagi suv sig’imi 1600 mln. m

3

.dan iborat. 



Namangansoy  –  Zarkent  qishlog’i  yonida  Podshootasoydan  suv  oladi. 

Uzunligi  48  km.,  adir  va  adirorti  tekisliklarini  kesib  o’tadi.  Qor  va  yomg’irdan 

to’yinadi. Yillik suv sarfining 60 foizi mart-avgust oylariga to’g’ri keladi.  

Podshootasoy – Chotqol tizmasining yon bag’ridan boshlanadi, 4000 m dan 

baland.  Uzunligi  80  km.  Havzasining  maydoni  389  km

2

.  Podshootasoy 



boshlanishida  chuqur  daralar  hosil  qiladi.  Nanay  qishlog’i  yonida  tog’dan  chiqib, 

Qorabosh qishlog’idan oqadi va katta yoyilma hosil qiladi. Asosan qor, buloqlar va 

qisman  muzliklardan  to’yinadi.  Havzasida  umumiy  uzunligi  4  km  dan  ortiq  6  ta 



 

46 


muzlik  bor  (maydoni  1,9  kv.  km.),  yillik  o’rtacha  suv  sarfi  6,1  m

3

/sek,  oqim 



moduli 15,7/sek km

2

. Mart-avgust oylarida yillik suv sarfining 80 foizidan ortig’i 



oqadi.  Yangiqo’rg’on  va  Chortoq  tumanlarining  bog’dorchilik,  uzumchilik, 

sabzavotchilik  va  kartoshka  yetishtirishga  ixtisoslashgan  xo’jaliklarini  suv  bilan 

ta’minlaydi. 

Chortoqsoy  –  Chotqol  tizmasining  Bo’zbittov  tog’i  (2875  m)  yonbag’ridan 

(ozroq  qismi  Qirg’iziston  hududida)  boshlanadi.  Uzunligi  67  km  bo’lib, 

havzasining  maydoni  715  kv  km.  O’rtacha  yillik  suv  sarfi  2,3  m

3

/sek.  Asosan 



yog’in  va  buloqlardan  to’yinadi.  Chortoqsoy  Podshootasoy  sug’orish  tizimiga 

kiradi.  Bahorgi  sel  va  toshqinlar  suvini  ushlab  qolish  maqsadida  Chortoqsoyda 

Chortoq suv ombori barpo etilgan. 

Viloyatda  shuningdek,  Jiydalisoy,  Morg’uzarsoy,  Jabborsoy,  Kengsoy, 

Sherbuloqsoy,  Quruqsoy,  Sassiqsoy,  To’dasoy  (Chustsoy)  kabi  mavsumiy  soylar 

faqatgina  yog’in-sochin  serob  bo’lgan  paytda  hamda  sel  hodisalari  vaqtidagina 

oqadi, xolos. Bu soylar atrofida jarliklar yaxshi rivojlangan, vodiylarning o’zandan 

balandligi 25 – 30 metrni tashkil qiladi. 

Namangan  viloyatida  yer  osti  suvlari  ham  muhim  o’rin  tutadi.  Yer  osti 

suvlari bir necha 10 metrdan (Namangan viloyatining Mingbuloq, Pop tumanining 

Sirdaryo chap sohil hududlari) 500 mertga qadar (adir, adirorti tekisliklari va tog’-

oldi  hududlari)  chuqurlikda  joylashgan,  yer  osti  suvlarining  bosimi  kuchli  

1,3  m

3

/sek.dan  –  10  -  15  m



3

/sek.  gacha  yetadi.  Yer  osti  suvlaridan  ichimlik  suvi 

sifatida  foydalanibgina  qolmay  (Namangan,  Chortoq  shaharlarini  suv  bilan 

ta’minlash maqsadida 25 km. li Jiydakapa-Namangan (Chortoq) yirik suv uzatish 

quvuri,  20  km.  li  Chindovul-To’raqo’rg’on,  15  km  uzunlikdagi  Axcha-Pop  suv 

uzatish  quvurlari  barpo  etilgan)  balki  qishloq  xo’jaligida  ham  foydalanilmoqda. 

Namangan  viloyati  xilma-xil  kasalliklarni  davolash  xususiyatiga  ega  bo’lgan 

mineral buloqlarga boyligi bilan ham ajralib turadi. Chortoq, Shahand, Kosonsoy, 

Uchqo’rg’ondagi  mineral  suvlar  tarkibidagi  oltingugurt,  vodorod,  yod,  radiy 

hamda  minerallashgan  ishqorli  termo–minerallar  mavjudligi  yirik  davolovchi 

maskanlar,  sanatoriy-kurortlar  tizimini  yuzaga  keltirdi.  Bugungi  kunda  Chortoq, 



 

47 


Shahand,  Kosonsoy,  Uchqo’rg’on  davolash  maskanlari  nafaqat  Farg’ona  vodiysi, 

balki  respublikadan  tashqarida  ham  mashhurdir.  Ayniqsa,  Chortoq  mineral  suvi 

xlor  natriy-kalsiy  tarkibli  past  radiaktivlikka  ega  suv  bo’lib,  tarkibida  azot,  yod  

(30  mg/l.gacha),  brom  (20  mg/l.gacha)  mavjud.  Kuchli  minerallashgan  

(30-60  mg/l).  Yer  sathidan  chiqib  turgan  mineral  suvning  harorati  48-54

0

S. 



Chortoq  mineral  suvi  Farg’ona  artezian  havzasining  paleogen  cho’kindilari 

massaget yotqiziqlaridan chiqadi. Bir burg’i qudug’idan otilib chiqadigan suvning 

sarfi sutkasiga 690 – 730 m

3

. Shuningdek, 800 – 3000 m chuqurlikda 7 tacha suvli 



qatlamlar mavjud bo’lib, istiqbolda foydalanish imkoniyatlari kattaligi bilan ajralib 

turadi. Chortoq mineral suvi surunkali artirit, bo’g’in, nerv tizimi, teri, bod, yurak - 

tomir,  harakat  organlari,  ginekologik  kasaliklarni  davolashda  qo’llab  kelinmoqda. 

Namangan  viloyatida  yerosti  shifobaxsh  davolovchi  xususiyatga  ega  bo’lgan 

yuqori  haroratli  mineral  buloqlar  zahirasining  kattaligi  yaqin  istiqbolda  Markaziy 

Osiyo  ahamiyatiga  molik  sanatoriy-kurort  industriyasini  rivojlantirish  imkonini 

berishi mumkin. 


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish