axamiyatga ega bo’lar edi.
2. Tabiiy - antropogen landshaftlar guruxi qisman
insonning xo’jalik
faoliyati
ta’siri ostida bo’lgan landshaftlardir. Bunday landshaftlarda
komponentlar orasida aloqalar kam (sust) buzilgan yoki inson tomonidan
boshqarilib turiladi. Tabiiy-antropogen landshaftlarga tog’ o’tloqlari va
o’rmonlari, oqilona foydalaniladigan yaylovlar va o’rmonlar tarqalgan xududlar
kiradi.
3. Qayta tabiiylashgan (renaturlashgan) landshaftlar. Bu guruxga mansub
bo’lgan landshaftlar inson tomonidan yaratilgan, ammo keyinchalik uning
aralashuvisiz rivojlangan landshaftlar (o’rmon ihotazorlari) va shuningdek,
qachonlardir o’zlashtirilgan va xo’jalikda foydalanilgan, ammo keyinchalik turli
51
iqtisodiy -tarixiy-sabablarga ko’ra foydalanilmay qo’yilgan va tabiiy omillar
ta’siri ostida rivojlangan landshaftlar kiradi. Tabiiylashgan landshaftlarda inson
faoliyatining "izlarini" ko’rish mumkin. O’zbekistonning bir qator yerlarida
qadimda obikor dexqonchilikda foydalanilgan, ammo hozirgi paytda tashqi
ko’rinishi va tuzilmasiga ko’ra yaqin atrofdaga landshaftlardan farq qilmaydigan
landshaftlarni ajratishi mumkin. Bunday landshaftlarda ariqlarning xamda
sug’orish bilan bog’lik bo’lgan mikro va nonorel’ef shakllari saqlanib qolgan.
Qarshi cho’lidagi bunday landshaftlarni O.Y. Poslavskaya (1969) "relikt
madaniy landshaftlar" deb ataydi. Tabiiylashgan landshaftlarni, shuningdek,
tog’ oldi va tog’ hududlarida ham ajratish mumkin. Tabiiylashgan landshaftlarni
o’rganish muhim ilmiy - amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu guruhga mansub
bo’lgan landshaftlar dinamikasida xam tabiiy, ham antropogen omillarning
xususiyatlarini belgilash mumkin. Pirovardida landshaftlarni xo’jalik maqsadida
o’zlashtirish hamda foydalanishda tabiiylashuv va antropogenlashuv
sharoitlarning xususiyatlarini e’tiborga olish tabiatdan oqilona foydalanishni
tashkil etishning muhim geografik asosi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Tabiiylashgan landshaftlar ko’pdan buyon insonning xo’jalik faoliyati
ta’sirida bo’lmaganligi xamda xozirgi sharoitlarda tabiiy jarayonlar ta’siri ostida
bo’lishi tufayli bundan landshaftlarni ajratishda ko’pgina xollarda ularda
uchraydigan "antropogen belgilar va izlar" e’tiborga olinadi. Tabiiylashgan
landshaftlarni o’rganish ayniqsa tarixiy geografiya uchun boy material berishi
mumkin.
Shakllanish sharoitlariga ko’ra qayta tabiiylashgan landshaftlar antropogen
landshaftlarda o’z-o’zidan rivojlanish xususiyatining yo’qligiga bog’liq. Shu
sababli antropogen landshaftlar o’zlarida yuqorida aytilgan xususiyatning
yo’qligi boisdan foydalanilmay qo’yilgach, tabiiy omillar ta’siri ostida rivojlana
boshlaydi, ya’ni ular qayta tabiiylashadi (renaturlashadi). Ammo shu narsani
alohida ta’kidlash lozimki, antropogen landshaftlar vaqtda va barcha joyda ham
qayta tiklanish va tabiiylashuv jarayonida o’zlarining dastlabki tabiiy tuzilmasini
tiklay olmaydi va natijada biologik xususiyatlariga ko’ra osonroq va
52
maxsuldorligiga ko’ra birlamchi landshaftlarga ko’ra kamroq biomassaga ega
bo’ladigan ikkilamchi tabiiy landshaftlar vujudga keladi. Kuzatishlar shuni
ko’rsatadiki, turli sabablarga ko’ra xo’jalikda foydalanilmasdan qo’yilgan
antropogen landshaftlar qayta tabiiylashuvi jarayonida aksariyat xollarda ibtidoiy
yoki birlamchi tuzilmasini tiklay olmaydi. Tabiatda aynan takrorlanmaydigan
rivojlanishning mavjudligi antropogen landshaftlarni xam to’liq qayta
tabiiylashuviga
imkon
bermaydi,
antropogen
landshaftlar
xo’jalikda
foydalanilganda (ya’ni atropogen omillar ta’siri ostida bo’lgan paytda)
o’zlashtirilgan tabiiy landshaftning tuzilmasi tubdan o’zgaradi va tuzilma qayta
o’z holatiga kela olmaydi. Chunki antropogen landshaftlarning qayta tabiiylashuv
jarayoni o’zgacharoq tabiiy sharoitlarda sodir bo’ladi.
Ayrim tadqiqotchilar xozirgi landshaftlarni tasniflashda qayta tabiiylashgan
landshaftlarni tabiiy - anfopogen landshaftlar nomi bilan ajratishgan (Tyutyunnik,
1989). Hozirgacha va hozirgi sharoitlarda xam ayrim iqtisodiy - texnik
(agrotexnik) sabablarga ko’ra antropogen landshaftlarning qayta tabiiylashuv
jarayoni davom etmoqda. Ammo kelajakda aholi soni va uning extiyojlarining
ortishi tabiiy resurslardan tejamkorlik asosida foydalanishni taqoza etadi. Shu
sababli kelajakda fan - texnika taraqqiyoti va tabiiy resurslarga bo’lgan
extiyojlarning ortishi atropogen landshaftlarning qayta tabiiylashuviga yo’l
qo’ymaydi. Xamma xududlarda tabiiy saloxiyati madaniy landshaftlarni tashkil
etish uchun yetarli bo’lgan tabiiy xamda tabiiy-antropogen landshaftlarni
madaniy landshaftlarga aylantirishni taqozo etadi.
4.Antropogen landshaftlar - tabiiy-ishlab chiqarish xududiy komplekslar
bo’lib, ularning rivojlanishi muntazam ravishda inson tomonidan boshqarilib
turiladi. Namangan viloyatining geografik holati, shimoldan Chotqol va Qurama
tog’ tizmalari bilan o’ralganligi, tog’lar orasidagi botiqqa joylashganligi, uning
tabiatining g’oyat xilma-xil va rang-barang bo’lishidan tashqari vertikal (tik)
mintaqalilik qonuniyatlari asosida shakllanishiga ham olib keldi. Shuningdek,
Namangan viloyati tabiatining shakllanishida geografik jihatdan berk havzada
joylashganligi o’ziga xos harorat va yog’inlarni hosil bo’lishiga ta’sir etadi. Issiq
53
va jazirama yoz, sovuq va seryog’in qish va bahor harakter Namangan viloyatida
tekislik, adir, adirorti tekisliklari va tog’oldi, tog’ landshaftlari ko’zga tashlanadi.
Tekislik landshafti dengiz sathidan 400-500 m.dan iborat bo’lgan
hududlarni o’z ichiga oladi. Inson faoliyati tufayli Namangan viloyatida
cho’llarning tabiiy ko’rinishi jiddiy o’zgargan, sof madaniy, ya’ni qishloq xo’jaligi
va industrial landshaft qaror topgan. Namangan viloyatida cho’llarning
o’zlashtirilish tarixi ming yillardan ortiq davrni o’z ichiga oladi. Ayniqsa,
XX asrning 50-yillaridan boshlab yirik sug’orma dehqonchilikka asoslangan
agrosanoat ishlab chiqarishning kengayishi, yo’l qurilishi, sanoat korxonalari va
boshqa ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish sohalarining rivojlanishi
oqibatida tabiiy cho’l ko’rinishi faqat Markaziy Farg’onaning kichik hududlarida
saqlanib qolgan, xolos. Adir landshaftiga xos bo’lgan hududlar dengiz sathidan
500-1000 m balandlikda bo’lib, XX asrning 70-yillaridan boshlab intensiv tarzda
o’zlashtirildi. Natijada, bahor oylarida gilam kabi qoplab oladigan, g’oyat chiroyli
xilma-xil efemer o’simliklar, boshoqlilar, shuvoq kamayib, hayvonot dunyosi
jiddiy zarar ko’rdi. Yaylov va lalmikor dehqonchilik hududlarda bugungi kunda
yirik qishloq xo’jaligi rayoni tashkil topishidan tashqari aholi yashaydigan yangi
qo’rg’onlar, sanoat korxonalari barpo etildi. Natijada, tabiiy landshaft madaniy,
ya’ni o’zlashtirilgan landshaftga aylandi va bu jarayon hozirda ham davom
etmoqda. Shuningdek inson faoliyati ta’sirida shakllangan madaniy landshaftlarda
ayni vaqtda jiddiy salbiy o’zgarishlar, noto’g’ri sug’orish va o’zlashtirish oqibatida
paydo bo’lgan jarlar, o’pirmalar, tuproq sho’rlanishi kabi murakkab ekologik
holatlar xam ko’zga tashlanmoqda. Adirorti tekisliklari va tog’oldi landshafti
Namangan viloyatida adir va baland tog’ oralig’idagi hududlarni o’z ichiga olgan.
Bu landshaft tipi ham inson faoliyati ta’sirida jiddiy o’zgargan. Dastlab yaylov va
qisman sug’orma dehqonchilik, bog’dorchilik va uzumchilik maqsadlarida
foydalanildi. Bugungi kunda esa bu hududda yirik ixtisoslashgan bog’dorchilik,
uzumchilik, sabzavot, kartoshkachilik rivojlangan «oziq-ovqat mintaqasi»
shakllandi. Irrigatsiya inshootlari barpo etildi. Sanoat tarmoqlari rivojlandi. Shahar
54
va qishloqlar kengaydi. Bu hududlarda intensiv o’zlashtirishning davom etishi
bilan bog’liq holda ekologik vaziyat yomonlashmoqda.
Tog’ landshafti Namangan viloyatining shimoliy qismidagi tog’ tizmalari,
ayniqsa Chotqol va Qurama tog’lariga xos bo’lib, nisbatan sof tabiiy ko’rinishga
egaligi bilan ajralib turadi. Chotqol tizmasida yillik yog’in miqdori 400-500 mm
bo’lib, asosan qish va bahor oylariga to’g’ri keladi. Yoz oylarida havo harorati 20-
22°S bo’lsa, qish oylarida -3-15°S bo’ladi. Baland tog’ mintaqalarida quyidagi
tog’ landshaftlari:
a)
Dengiz sathidan 1000-1200 m baland bo’lgan quruq cho’l va butazorlar
landshaftiga xos past tog’lar;
b)
1200-3000 m balandlikda tog’-butazor va siyrak o’rmondan iborat
landshaft;
c)
3000 m dan yuqori bo’lgan sub alp o’tloq va nival landshaftlariga xos
baland tog’lar mavjud. Bu hududdan may oylaridan oktyabr oyiga qadar yaylov
chorvachiligida foydalaniladi.
Keyingi yillarda tog’ landshaflariga ham inson ta’siri kuchli bo’lmoqda,
ayniqsa, pista, zirk, irg’ay, yong’oq, o’rik, olma, archa kabi daraxtlarning kesib
yuborilishi, dorivor o’simliklarni xo’jasizlarcha yig’ish, chorva bosh sonlarining
tobora ortib borishi sezilarli ravishda salbiy o’zgarishlarga olib kelmoqda.
Namangan viloyatida tabiatni qo’riqlashning o’ziga xos xususiyatlari rel’ef
tuzilishi, hududning o’zlashtirish darajasining yuqoriligi, aholi zichligi, yer va suv
resurslarining chegaralanganligi bilan belgilanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish
tadbirlari avvalo, viloyatning tabiiy resurslarini, xilma-xil foydali qazilmalarni,
yer, suvni (yer usti va yer osti suvlari), o’simlik va hayvonot dunyosini (shu
jumladan baliqlarni) asrash, ulardan oqilona foydalanish va uni tiklash hamda
atmosfera havosining musaffoligini saqlash bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |