Tunis davlat tuzumi



Download 23,09 Kb.
bet3/4
Sana11.01.2017
Hajmi23,09 Kb.
#126
1   2   3   4
Tibbiy xizmati

Davlatga qarashli davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Aholining 90% bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega. Vrachlar 3 oliy tibbiyot oʻquv yurtida tayyorlanadi. Tibbiy hamshira, doya, laborant va b. tibbiy xodimlar tayyorlash uchun maxsus maktablar ochilgan. Milliy onkologiya inti (1969), Paster inti (1906), Oilani rejalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi, Tunis unti huzuridagi Milliy kardiologiya inti tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Taʼlim tizimi fransuzcha uslubda tashkil etilgan. Keyingi yillarda uni arablashtirishga harakat qilina boshladi. Boshlangʻich maktab 6 y.lik (6—12 yoshli bolalar uchun majburiy), umumiy oʻrta taʼlim maktabi 7 y.lik boʻlib, u 3 y.lik quyi va 4 y.lik yuqori oʻrta maktabdan iborat. Boshlangʻich maktab negizida 4 y.lik hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan. Mamlakatda 50 ga yaqin ft va oliy oʻquv yurtlari bor. Eng yiriklari: Poytaxtdagi Tunis unti (1960), Milliy maʼmuriy maktab (1949), Milliy musiqa, raqs va xalq sanʼati konservatoriyasi, Sanʼat, meʼmorlik va shaxdrsozlik texnika inti, Milliy agronomiya inti. Ilmiy muassasalarning aksariyati poytaxtda joylashgan. Tunis unti tarkibida iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar markazi, Ilmiy va texnik tadqiqotlar inti (1969), Yadro tadqiqotlari markazi (1966), Milliy texnika inti (1969), Milliy onkologiya inti (1969), Milliy led. tadqiqotlari inti (1971) bor. Bundan tashqari, Milliy arxeologiya va sanʼat inti (1957), Milliy agronomiya tadqiqotlari inti (1914), Milliy veterinariya tadqiqotlari inti, Milliy okeanografiya va baliqchilik inti (1924), Dengiz suvlaridan foydalanish va irrigatsiya markazi (1963), Milliy oʻrmonchilik inti va b. ilmiy muassasalar mavjud. Kutubxonalari: Milliy kutubxona (1883), Ommaviy kutubxona (1965). Muzeylar: Bardo milliy muzeyi (1888), Karfagen milliy muzeyi (1964), Islom sanʼati muzeyi va b.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. T.da koʻpgina gaz. va jurnali lar nashr etiladi. Yiriklari: "AsSaboh" ("Tong", arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1951 y.dan), "ArRayi" ("Fikr", arab tilida chiqadigan haftalik ijtimoiysiyosiy gaz., 1977 y.dan), "Renuvo" ("Yangilanish", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1932 y.dan), "AtTariq alJadid" ("Yangi yoʻl", arab tilida chiqadigan haftalik gaz., 1981 y.dan), "AlVaxda" ("Birlik", arab tilida chiqadigan haftalik gaz., 1981 y.dan), "AlHurriya" ("Ozodlik", arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1934 y.dan), "Dialog" ("Muloqot", fransuz tilida chiqadigan ijtimoiysiyosiy haftanoma, 1974 y.dan), "AlFikr" ("Tafakkur", arab tilida chiqadigan oylik adabiy jurnali, 1955 y.dan), "AlMaraa" ("Ayol", arab va fransuz tillarida oyiga 2 marta chiqadigan jurnali, 1961 y.dan). Tunis Afrik Press (TAP) axborot agentligi, T.dagi yetakchi gaz.lar, radio va televideniyening akdiyadorlik jamiyati, 1961 y. asos solingan. Radioeshittirish 1936 y.dan, telekoʻrsatuv 1966 y.dan olib boriladi. Ularni T. radioeshittirish va televideniye davlat mahkamasi nazorat qiladi.

Adabiyoti T. hududida mil. av. 1ming y.likda puni, soʻng lotin tilida rivojlangan. Apuley, Avgustin kabi mashhur adiblar Shim. Afrikadan chiqqan boʻlsada, T.ning oʻz adabiyoti faqat musulmon arab hukmronligi davrida arab tilida vujudga keldi. 10—11-a.larda Ibn Xani alAndalusiy va Ali atTunisiy Ibrohim alXusriy, Ibroqim arRakik va Abdulaziz alTaʼrifiy kabi shoir va yozuvchilar, 14— 15-a. boshlarida atokli mutafakkir Ibn Xaddun ijod kiddilar. 15-a.dasufiylar adabiyoti vujudga keldi. 15—16-a.larda arab tilining Tunis shevasida nazm janri ustun boʻlgan xalq adabiyoti shakllandi. 19-a. adabiyotida milliy ozodlik kurashi ruhi sezila boshladi. Muhammad ashShodli Xaznadar ijodida bu ruh, ayniqsa, yaqqol namoyon boʻldi. 20-a. boshlarida T. adabiyotida dastlabki romanlar (Saloh Suvisiyning "AlXayra va Siroj alLayla" romani) paydo buldi. 20—30-y.larda hozirgi zamon T. adabiyotining asoschisi shoir Abulqosim ashShobbiy, hikoyanavis AliadDuʼajiy, shoir va publitsist Tohir Haddad asarlari mashhur boʻldi. Mahmud alMesadiy, Muhammad alLarusi alMutviy, Muhammad alMarzukiy kabi yozuvchi va dramaturglar adabiyot rivojiga barakali hissa qoʻshdilar. T. mustaqillikka erishgach, shoir, yozuvchi va dramaturg Mustafo alForsiy ijodi kamol topdi. 1960-y.larda T. adabiyotiga arab va fransuz tillarida ijod qiluvchi yozuvchi va dramaturglar kirib keldi. 20-a. oxirlarida Hasan Nasr ("Yomgʻirli tunlar" hikoyalar toʻplami), Izzeddin Medaniy ("Nol inson" romani, "Gʻaroyib hodisalar" hikoyalar toʻplami), Mahmud Tunsiy (hikoya va lirik sheʼrlar), Muhammad Saloh alJabriy ("Zamira hayotidan bir kun" qissasi), Abdurahmon Amar ("Sevgi va inqilob" qissasi, "Besh qaxramon" pyesasi) va b. yozuvchi hamda dramaturglar ijodi diqqatga sazovor.


Download 23,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish