Ключевые слова: трансформация, английский – узбекский перевод, лексикология, транслитерация.
KIRISH
Antroponimika tilshunoslik fani kabi uzoq tarixga ega bo’lsada alohida soha sifatida u hali navqiron ilmiy yo’nalishdandir. O’zbek antropomikasi sohasida E. Begmatov Y. Menajiyev X. Azamatov G’. Sattorov N. Husanov va boshqa olimlar tomonidan anchagina ishlar qilingan. Jumladan, o’zbek antroponimiyasining tarkibiy qismlari, o’zbeklarning nom qo’yishi, odat va rasm-rusumlari, antroponimlar etimologiyasi, imlosi xususiyatlari kabi dolzarb va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan masalalar o’zining amaliy tavsiya va yechimini topgan.
Maqola obyekti sifatida tanlangan “Tungi kutubxona” asari muallifi Mat Heygning asarlari o’zek o’quvchilari uchun hali begona. 47 yoshli yozuvchi, jurnalist uchun 2020-yilda yaratilgan “Tungi kutubxona” asari muvaffaqqiyat keltirdi.
Ushbu asar hayotning cheksiz imkoniyatlari haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon hamisha bir xil hayot tarziga ega bo’lgan Sid Nora. Shu odatiy kechalarning birida uning hayotga bo’lgan ishonchi, umidi, o’z darajasining cho’qqisiga erishadi va u o’z joniga qasd qilmoqchi bo’ladi. Ammo, asar shu bilan yakunlanmaydi, romanning eng qiziqarli jihati ham shunda. Noraga agar u boshqacharoq tanlov qilganda hayoti qanday kechishi mumkin bo’lgan turli taqdirlarda yashash imkoniyati beriladi.
2021- yilda ushbu roman Britaniya kitob mukofotlari tanlovida “yil badiiy kitobi” ro’yxatiga kiritilgan. 2020- yil BBC radioda ba’zi qismlari e’lon qilingan bo’lsa, 2021-yilda “Storybound” radiosida Robert Viniya tomonidan to’liq o’qib eshttirildi
IZLANISH METODOLOGIYASI VA ADABIYOTLAR TAHLILI
Maqola uchun tadqiqot davomida qiyosiy adabiyotlar, lingvistik atamalarning qarama-qarshi va tavsifli tarjima hamda badiiy tarjimaning stilistik tahlillari o’rganildi.
Muallif Mat Heygning yaratuvchanlik qobiliyati tadqiqotda nazariy jihatdan muqarrar savollarga zamin yaratadi. Natijalarga uch xil qarash bilan nazar tashlash mumkin . Birinchidan, nomlar tarjima qilinishi kerakmi yoki ayrim tarjimonlar ularni tarjima qilganmi, agar shunday bo’lsa, tarjima tiliga qanday tarjima qilinganini tekshirish. Ikkinchidan, obektlarni tarjima qilish uchun ishlatiladigan strategiya va usullarni ko’rib chiqish va yechimni ko’rsatish. Uchinchidan, inglizcha-inglizcha taqqoslash va zidlash orqali ismlarning semantik yoki tavsifiy ma’nosini o’rganishdan iborat. Antroponimlar etimologiyasi va orfografik transformatsiyaga uchraganligi hamda tarjimonning qarashlari orqali tahlil qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |