Tuman rejalshtirish tizimi asoslari



Download 6,8 Mb.
bet5/17
Sana04.02.2022
Hajmi6,8 Mb.
#428626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
tumanni rezhalashtirish tizimi asoslari

Gidrogeologik shart-sharoitlarni tahlil qilganda yer osti suvlarining suv eltuvchi gorizontlari, ularning tarqalishi, chuqurligi, suvga to'yinganligi, kimyoviy tarkib va agressivligi kabi tavsifi beriladi. Mineral xom ashyo resurslari sanoat ishlab chiqarish yoki kurort xo'jaligini rivojlantirish bazasi sifatida tavsiflanadi, ularning tarqalish maydonlari esa tarxiy cheklanish sifatida xizmat qiladi. Bunda ishlab bo'lingan maydonlar rekultivatsiya va xo'jalik maqsadlari uchun keyinchalik foydalaniladigan hududlar sifatida qaraladi. Sanoat ahamiyatidagi konlarning qisqacha geologik-iqtisodiy tavsifini keltirishda (joylashishi, turi, darajasi va o'zlashtirish kelajagi, ishlab chiqarish usuli, tarqalish maydonlari va hokazo) geologiya vazirligining, tarmoq idoralarining materiallaridan foydalaniladi. Muhandis-geologik shart-sharoitlarni tahlil qilganda muhandis-geologik hududlashtirish ko'rsatkichlarining: geomorfologik, geo-logolitologik, gidrogeologik, tuproqlarning tarkibi. fizik-mexanik va filtratsion xususiyatlari, ularning yuk ko'tarish qobiliyatlari, /amonaviy geologik va muhandis-geologik jarayonlar va holatlar, iqliming tarqalishi hamda rivojlanish intensivligining tavsifi keltiriladi. Kompleks geologik-gidrogeologik ekspeditsiyalar materiallari, gcologik fond materiallari asos bo'lib xizmat qiladi. Iqlimiy shart-sharoitlar umumiqlimiy, qurilish-iqlimiy, fiziologik-iqlimiy va agroiqlimiy tavsiflarni o'z ichiga oladi.

  • Umumiy iqlimiy sharoitlarni tavsiflaganda havoning harorati va namligi, yog'ingarchilik, shamollar, quyosh radiatsiyasi, absolut maksimum va minimum haroratlarning yillik amplitudasi, eng issiq va cng sovuq oylarning o'rtacha harorati, oylik o'rtacha havoning absolut va nisbiy namliklari to'g'risidagi ko'rsatkichlar keltiriladi. Bundan tashqari, yilning issiq va sovuq vaqtlaridagi o'rtacha yog'ingarchilik miqdori, yil davomidagi yog'ingarchilikli va qorli kunlar soni, qor qoplamining balandligi, shamolning maksimal tezliklari keltiriladi.
  • Qurilish-iqlimiy sharoitlarni o'rganganda tegishli qurilish me'yorlari ko'rsatmalariga («qurilish klimatologiyasi va geofizikasi») amal qilish lozim. Hududni fiziologik-iqlimiy baholaganda sanitar-iqlimiy zinalarga bo'lish yoki iqlimiy-rekreatsion baholash uslublaridan foydalanish tavsiya etiladi.
  • Agroiqlimiy baholash hududni issiqlik va namlik bilan ta'minlanganligini aniqlash yo'li bilan amalga oshiriladi. Issiqlik bilan ta'minlanganlik faol vegetatsiya davridagi (havoning o'rtacha kunlik harorati 10°C dan yuqori) haroratlaryig'indisi bilan o'lchanadi. Namlik bilan ta'minlanganlik esa namlanish darajasi va gidrotermik koeffisiyent bilan baholanadi. Hududni agroiqlimiy baholaganda «Agroiqlim resurslari* ma'lumotnomasidan foydalanish tavsiya etiladi.
  • Gidrogeografiya tarmoqlari daryolarning uzunligi, suv omborlari va ko'llarning ko'zgu maydonlari, daryolarning suv yig'ish maydonlari, oziqlanish sharoitlari va suv sarfi, oqim tezligi, toshqinlar davomiyligi bilan tavsiflanadi.
  • Tuproqlar- ularning asosiy turlari va tarqalishi errozion jarayonlar, sifat va agroiqtisodiy baholash bilan tavsiflanadi. O'simlik va hayvonot dunyosi asosiy turlarining tarqalishi o'simlik va hayvonlarning ekologik va sifat xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Landshaftlar ommaviy dam olish va turizmga estetik va kompozitsion xususiyatlari nuqtayi nazaridan mos kelishi bilan hamda ularning antropogen buzilganligi jihatlari bilan tavsiflanadi. Tabiatning bebaho go'shalari sifatida eng qimmatli yoki yowoyi hayvonlarning jon saqlaydigan landshaftlar aniqlanib, keyinchalik qo'riqlanadigan joylarga aylantirish ko'zda tutiladi. Hududlarni baholash asosiy xo'jalik yuritish turlari uchun amalga oshiriladi. Tumanni rejalashtirish tuzilmalarida: shaharsozlik, qishloq xo'jaligi va dam olish; tumanni rejalashtirish loyihalarida esa sanoat va grajdan qurilishi, qishloq va o'rmon xo'jaligi, ommaviy dam olish va tabiatni qo'riqlash ishlab chiqiladi.
  • Tumanni rejalashtirishning asosiy masalalari.
  • Tumanni rejalashtirish - iqtisodiy yoki ma'muriy tumanning kompleks hududiy-xo'jalik tuzilishini loyihalash va uning xalq xo'jahgi tarmoqlarini, shaharlar va qishloqlarni optimal joylashuvini hamda aholi mehnati va dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishni ta'minlovchi tarxiy tarkibni shakllantirishdan iboratdir.
  • Tumanni rejalashtirishning vazifasi - loyihalanayotgan tumanning hududiy-xo'jalik tuzilishini ratsional hal etish, ishlab chiqarish, shaharsozlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy yodgorliklarni saqlashni ta'minlovchi me'moriy-tarxiy tarkibni va uni fiinksional qismlarga bo'lishni shakllantirish; bunda tabiiy, iqtisodiy va mehnat resurslaridan kompleks foydalanish nazarda tutiladi.
  • Mamlakatimizda tumanni rejalashtirish bo'yicha loyiha ishlarining 2 turi shakllangan:
  • - tumanni rejalashtirish tuulmasi (sxema);
  • - tumanni rejalashtirish loyihasi.
  • Tuman rejalashtirish tuzilmasi - viloyat, o'lka, avtonom respublikalar uchun bajariladi. 20-30 dan 200-300 ming km/kv gacha hududlarni qamrab oUb, miqyosi 1:10 0000 yoki 1:50 000 nisbatda bajariladi.
  • Tumanni rejalashtirish loyihasi - viloyat, o'lkalar qismlari hamda ma'muriy bo'laklar uchun bajariladi. 1 dan 20-30 ming km/kv gacha luidudlar uchun bajariladi 1:25 000 dan 1:50 000 gacha bo'ladi.

Download 6,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish