Tug’ilishni qayd etish tartibi va asoslari reja: Tug’ilish haqida tushuncha


Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida



Download 154 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2022
Hajmi154 Kb.
#577199
1   2   3   4
Bog'liq
TUG’ILISHNI QAYD ETISH TARTIBI VA ASOSLARI

2. Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq aholiga o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari Toshkent va Nukus shaharlarida, 2021-yil 1-fevraldan barcha viloyatlar markazlarida, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab esa — butun respublika hududida ko‘rsatiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda tegishli vazirlik va idoralarda davlat xizmatining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-noyabr,
704-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 704-son qaroriga
ILOVA
Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament tug‘ilgan bolaning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlariga yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma olish, tug‘ilganlikni qayd etish, poliklinikaga hisobga qo‘yish, bir martalik nafaqa pulini olish, bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish hamda bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish bo‘yicha kompleks davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatlari) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmatini ko‘rsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
a) tibbiyot muassasasi (tug‘ruqxona, shifoxona tug‘ruq bo‘limi, oilaviy poliklinika) ota-ona va bola haqidagi barcha ma’lumotlarni elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda — FXDYo bo‘limi) “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi;
b) FHDY bo‘limi:
tug‘ilganlik holatini qayd etadi va boshqa davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanishni ta’minlaydi;
tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani ariza beruvchiga taqdim etadi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi):
farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
har bir to‘lov oyi boshida o‘tgan oyda to‘langan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi o‘rinlarda — Xalq banki) hisobvarag‘iga moliyalashtiradi;
farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli Xalq banki tomonidan to‘langandan so‘ng, to‘lov amalga oshirilganligi haqida ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
g) tibbiyot muassasalari ona ro‘yxatda turgan poliklinikaga (ro‘yxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani ro‘yxatga qo‘yadi va ariza beruvchiga ro‘yxatga qo‘yilgan poliklinika haqida SMS xabar yuboradi;
d) tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatga qo‘yadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS xabar yuboradi;
e) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi so‘rovnomada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolani navbatga qo‘yadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS xabar yuboradi;
yo) Xalq banki farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to‘lovini Pensiya jamg‘armasiga elektron so‘rov yuborish orqali murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini tasdiqlagan holda amalga oshiradi.
Ariza beruvchiga SMS xabar yuborish bilan bog‘liq xarajatlar vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
3. Ushbu Reglament talablari quyidagi hollarda:
nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaning tug‘ilishi ularning birgalikdagi arizasi (otalikni belgilash) asosida tug‘ilishini qayd etishda;
topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilishini qayd etishda;
o‘lik tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini, hayotining birinchi haftasida o‘lgan (perinatal o‘lim) bolalarning tug‘ilganligini, shuningdek egizaklardan biri o‘lik tug‘ilganda yoki hayotining birinchi haftasida (perinatal o‘lim) vafot etganda tirik egizakning tug‘ilganligini qayd etishda tatbiq etilmaydi.
4. FXDYo organi, tibbiyot muassasalari, tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari, Pensiya jamg‘armasi, Xalq banki va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishda bolani doimiy ro‘yxatga qo‘yish hamda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilganligi uchun mazkur Reglamentning 11-bandida belgilangan tartibda to‘lov undiriladi, boshqa davlat xizmatlari bepul amalga oshiriladi.
5. Davlat xizmatini ko‘rsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.

Download 154 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish