TABIATINGIZ NIMALARGA MOYIL?
Bolalagingizni bir eslab ko’ringchi. O’sha paytlarda nima qilishni yaxshi ko’rardingiz? Nima bilan shug’ullanish sizga ko’proq zavq baxsh etardi? Psixologlarning fikricha. kattalarning tabiati nimalarga moyilligini ularning bolalikda yaxshi ko’rgan mashg’ulotlaridan ham bilib olish mumkin ekan.
PLASTILIN:
Siz barcha sohada taraqqiyotga, rivojlanishga intiluvchan, o’z orzu umidlaringizni tezroq hayotga tatbiq qilishga harakat qiladigan insonsiz. Siz uchun hamma narsa mukammal bo’lishi kerak. Ko’pincha atrofingizdagi insonlar sizni tushunolmaydilar va qachondir xom xayollarga berilmasdan, «katta qiz yoki yigit» bo’lishingizga umid qiladilar. Lekin siz ular istaganidek o’zgarishni emas, balki boshqalarni o’zgartirishga, o’z yaqinlaringizga yashashlari, ishlashlari, dam olishlari uchun imkon qadar yaxshi sharoit yaratib berishga xarakat qilasiz. Sizning jasurligingiz va mardligingizga barcha birdek havas qilsa arziydi.
KONSTRUKTORLAR :
Agar siz bolaligingizda soatlab o’tirib nimalarnidir yasagan bo’lsangiz, tabiatan o’ta bosiq, sabrli, kezi kelganda o’jar va qaysar insonsiz. Tanlagan yo’lingizdan ortga qaytmaysiz. Insonlarga hamishayam ishonavermaysiz, shuning uchun xamma narsaning isbotini talab qilishga harakat qilasiz To’satdan yuz berishi mumkin bo’lgan ishlarni yoqtirmaysiz. Barcha yangi narsa va hodisalar sizni o’ziga tortsa ham, siz ularning domiaga kirishga shoshilmaysiz. Siz uchun xamma narsa uz maromi bilan kechgani ma'qul. Eng muhimi, tabiatingiz o’zingizga yoqadi va uni o’zgartirishni xohlamaysiz.
KITOBLAR:
Sizga tabiatan xayolparast desa bo’ladi Siz uyingizni tark etmasdan ham yetti iqlimga «sayohat» qilishingiz mumkin. Aqlingiz ham maqtagulik darajada. Chunki har narsaning mag’zini chaqishni, har narsaning moxiyatini tushunib olishni istaysiz. Siz uzoqni ko’ra olasiz, lekin kundalik ishlaringizni tashlab qo’yishingiz mumkin. Kelajak bugundan boshlanishini esingizdan chiqarmasligingizni istardik.
BO'YOQ - KRASKA: Bolalaligingizda bo’yoq bilan rasm chizish jonu dilingiz bo’lsa, sizni bemalol nozik did egasi deyish mumkin. Agar o’ylagan rejalaringizni amalga oshirsangiz, hayotdan zavq ola boshlaysiz. Sizning yaqinlaringizga havas qilsa arziydi. Iliq muomalangiz, insonlarni qadrlashingiz barchani birdek rom qilishi tayin.
YUMSHOQ O'YINCHOQLAR:
Siz tabiatan agressiv odamsiz. Qanday bo’lmasin, yangi tuyg’ularni boshdan kechirishniyomon ko’rasiz. Shu sababli ham hayotingiz yangi taassurotlarsiz zerikarli o’tadi. Biror narsaning mohoyatini tushunishga, fikrlashga umuman qiziqmaysiz. Hisob-kitobli ishlarni ham yomon ko’rasiz. Bolaligingizdan turli o’yinlarni yomon ko’rasiz.
QO'G'IRCHOQ:
Yangi insonlar bilan tanishishni juda yaxshi ko’rasiz. Lekin bu tanishuvlaringiz ko’pincha uzoqqa bormaydi. Siz odamlar bilan nafaqat gaplashasiz, balki ularning shahsiy hayotlariga ham qiziqasiz. Kelajakda insonlar bilan bog’liq bo’lgan kasbni egallashingiz mumkin. Ishonch bilan aytish mumkinki, buni a’lo darajada egallashingiz mumkin.
FOTOAPPARAT:
Agar fotoapparat bolalikdan yaxshi ko’rgan o’yinchog’ingiz bo’lgan bo’lsa, siz tabiatan bir marta ko’rgan insonlarni yodda saqlab qoladigan insonlar toifasiga kirasiz. Sizda barcha narsalarni esda saqlab qolish qobiliyati yaxshi rivojlangan. Lekin o’zingizning ichki hislaringizni aytishga qiynalasiz. Atrofdagilarning siz haqingizdagi bildirgan fikrlari ham siz uchun katta ahamiyatga ega.
KOPTOK:
Siz tabiatan uzoq kutishga va yaxshi o’ylab keyin qaror qilishga moyil emassiz. Bir narsani rejalashtirsangiz uni tezda amalga oshirishga intilasiz. Bo’lib o’tayotgan voqealarni ko’rishni emas, ularda qatnashishga harakat qilasiz. Bundan tashqari musobaqalarda qatnashish ham sizga zavq bag’ishlaydi, shuningdek har qanday sharoitga tez ko’nikuvchansiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |