SIYOH RANG:Agar siz siyoh rangni tanlagan bo'lsangiz, demak siz uchun birinchi o'rinda erkakning energiya kuch-quvvati, ruhan kuchliligi va xarakteri turadi. Ko'zidan o't chaqnab turadigan, tasiridan kuchli quvvatlanadigan hissiyotlar - manashu sizning idealingiz. Siz erkaklarni huddi qor ko'chkisidek yoki dengiz shamolidan hapqirgan bo'ysunmas to'lqinlar kabi o'zingizga rom etasiz.O'yin, quvvat, qiziqish - atrofdagilar sizni ularning hayotiga turli-tumanlik, o'tkir hissiyotlar va yangi emotsiyalar olib kira olishingizni his qilishadi.Aslida sizning erkaklar borasidagi ideal psixotipingiz - hotirjam, sokin temperament turidir. Chunki juftingiz sizni tinchlantira olishi, kayfiyatingizdagi o'zgaruvchanligingizni kamaytira olishi va qulay, hotirjam muhit yaratib bera olishi kerak.
Yoshlik davringizda bo'rondek qiziq sarguzashtlar qidirasiz, lekin qalbingiz, ong ostingiz va aqlingiz tinchlikga muhtoj. Birinchi o'rinda sabrli, chidamli erkak qidiring. Bunga e'tiroz bildirsangizda siz uchun tashqi ko'rinish muhim bo'lsada bu aslida eng to'g'ri yo'l. Va agar, kiyimlarini, garderobini va umuman imidjini sizga ishonib topshira oladigan, ruxsat beradigan juft uchrasa yanada maqsadga muvofiq bo'lar edi, chunki atrofda hamma sizlarga havas-xasad bilan qarashi uchun ideal hamrox, yo'ldosh, juft kerak.Tan oling, chiroyli erkaklarni ko'rganingizda o'zingizni yo'qotib qo'yasiz, ayniqsa siz hohlagan darajada to'kis bo'lsa, sizda kuchli tasurot qoldiradi. Atrofdagilarga bunchalik tanqid ko'zi bilan qaramang, ularga ikkinchi marotaba imkoniyat berishni unutmang.Eslab qoling: qachon jiddiy munosabatlar haqida o'ylashni boshlasangiz, ayniqsa oila borasida, ongingiz tuyg'ularingiz ustida ishlashni boshlaydi.“Qalbingizga quloq soling, qanday bo'lsangiz shundayligingizcha qoling va eng muhimi baxtli bo'ling!
Orzuyingizdagi Uylardan birini tanlang xarakteringizni bilib olasiz
JAVOBLAR:
1 - UY:Siz - tug'ma romantiksiz. Shovqin-suron davralardan ko'ra, eng yaqin insonlaringiz davrasidagi tinch va qulay o'tirishlarni yoqtirasiz. Odam ko'p joylar sizni charchatib qo'yadi, shuning uchun ko'proq vaqtingizni yolg'izlikda o'tkazishga xarakat qilasiz. Siz xaqiqiy introvertsiz. Ishonib suyanadigan insonlaringiz juda ozchilikni tashkil qilsada, lekin shu ozchilik do'stlaringiz sadoqatiga 100% ishonasiz. Tabiatan biroz kamgapligingizni hisobga olmaganda, hayotdan nima hohlashingizni aniq biladigan yetuk shaxssiz. Hech qachon o'zingizni yolg'iz his qilmaysiz va hatto uzoq muddat butunlay yolg'izlikda ham yashay olasiz.
2 - UY:Siz - konservativ qarashlarga ega insonsiz, yani qadriyat va avloddan-avlodga o'tib kelayotgan an'analarga tayangan insonsiz. Har qanday o'zgarishlarni qabul qilishingiz biroz og'ir kechadi. Siz - muvozanatli va tarbiyali, odobli ishchisiz, boshliqlar sizni qadrlashadi. Mobodo ishingizni o'zgartirishiga to'g'ri kelib qolsa, bu sizdan juda ko'p vaqt talab qiladi. Atrofdagilar bilan muloqotda biroz tanqidchisiz, odamlarga yuqoridan qaraysiz.
3 - UY:Siz qalban - sayohatchisiz. Dunyo bo'ylab real sayohatga otlanishdan ko'ra, hayolan orzuingizdagi sayohatlarda yurasiz. Shu sabab biroz o'ychan va doim osmonlarda uchib yurasiz. Atrofdagilar sizni mehribon va beozor inson deb hisoblashadi, bazilar esa bir umrlik yosh bola deyishadi. Sizning noodatiy g'oya va yangiliklarga bo'lgan ehtirosingiz, odamlarga noo'rin va keraksizdek bo'lib ko'rinadi. Barcha yangilik va hech kim ko'rmagan topilmalarni sevasiz, uy muhitiga butunlay befarqsiz.
4 - UY:Siz shunday insonsizki, barcha yangiliklardan habardor bo'lib turasiz. Kiyim tanlashda ham eng so'nggi urfdagisiga murojat qilasiz. Smartfon gadjetlarga kelsak, qo'lingizda doim eng so'nggi rusumdagisi. Minimalizmga asoslangan qulaylikni yaxshi ko'rasiz: qo'l ostingizda faqat kerakli narsalar bo'lishini, xalaqit beruvchi narsalar yo'q bo'lishini hohlaysiz. Odamlar bilan iltifot, ehtirom ko'rsatib o'tirmaydigan, biroz sovuqqon, qattiqroq shaxssiz. Agar yuqori lavozimlarda ish yuritsangiz, qo'l ostingizdagilar sizdan biroz hayiqgan bo'lishar edi.
5 – UY:Siz har qanday jabhadagi san'at, yaratuvchanlikni yaxshi ko'rasiz. Hatto sohangiz san'at bilan bog'liq bo'lmasada, masalalarga yaratuvchanlik yechimi bilan yondosha olasiz. Beqaror insonsiz, fikringiz ob-havodanda tez o'zgaradi. Do'stlaringiz juda ko'p, muloqot qilishni yaxshi ko'rasiz, to'rt devor ichida o'tira olmaysiz. Tasavvur dunyoingiz yaxshi rivojlangan. Siz - novatorsiz (yangiliklar asoschisi) va ko'pincha eng aqlbovar qilmas, idrokli g'oyalar muallifisiz.
6 - UY:Siz - bayram-insonsiz, yani zerikish va mahzunlikga toqat qila olmaysiz. Sizni agar adabiy asar qahramoni bilan ifodalasak "Getsbi" obraziga juda mos tushasiz. Mablag' orttirish kerak bo'lsa, maqsadga erishish uchun barcha kuch-quvvatingizni ishga solasiz, va lekin shunga yarasha dam olishni ham bilasiz. Cheklovlarni yoqtirmaysiz, hayotda maksimal darajada yashab qolishga xarakat qilasiz. Pullaringizni o'ngu-so'liga qaramasdan sochasiz desak to'g'ri bo'ladi. Do'stlaringiz juda ko'p, ularning ko'pchiligi manfaatli maqsadlari sabab siz bilan birgalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |