Rasmda birinchi bo’lib nimani ko’rdingiz va ko’proq etiborberdingiz
NATIJALAR:
SHAMDON:
Siz uzoqni o'ylaydigan odamlar toifasidansiz. Sizning rejalaringiz har doim ulkan bo'ladi. Mayda narsalar haqida, tez unutasiz. Sizning qalbingiz keng, lekin atrofda xudbin odamlar ham bor. Biz sizga real hayotda qiziqarli odamlar tanlashda yanada ehtiyotkor bo'lishni tavsiya qilamiz.
AYOL:
Siz romantik tabiatli insonsiz. Ko'pincha xaqiqatga e'tibor bermaysiz. Doim hayol surasiz. Hayot faqat ishqiy munosabatlar, romantikadan iborat emas, kundalik hayot borligi xaqida ham unutmang. Aks holda, umidsizlikka tushib qolasiz.
ERKAK:
Siz, og'ir bosiq hotirjam insonsiz, xuddi *tank* kabi. Sizni ranjitish juda qiyin. Siz ijodkor va teran aql soxibisiz. Bu yaxshi, ammo yaqinlaringizga ba'zan sizning e'tiboringiz yetishmayotgandek tuyulishi mumkin. Bu muammoni bartaraf qilishingiz kerak - yaqinlaringizga e'tiborli bo'ling.
YONG'IN:
Siz dunyoda o'z nuqtai-nazariga ega insonsiz, ko'p narsalarni rad etasiz va o'z qarashlaringizga tayanasiz. Ba'zan atrofingizdagilarni tushunmay qolasiz. Lekin bu muhim emas, siz yuragi keng insonsiz. Agar mo'ljallagan yo'lingizdan qaytmasangiz aytarli hech qanday to'siq yo'q. Sizga ko'proq ishonch kerak. Sizning asosiy shioringiz: "Doim oldinga olg'a ammo xotirjamlik bilan":
Shunday kishilar borki, ular bilan bir marta gaplashsangiz, ko`nglingiz suhbatiga oshufta bo`lib qoladi, ohangrabodek o`ziga tortadi. Ayrimlar bilan esa bir necha daqiqalik uchrashuv ham zerikarlidan zerikarli o`tadi. Yana bir toifa borki, qachon gapi tugarkan, deya og`ziga qarab turasiz. Xullas, bu gal sizga taqdim etilayotgan test orqali o`zingizning qanday suhbatdosh ekanligingizni aniqlab olishingiz mumkin.
1. Suhbat jarayonida asosan qaysi roldasiz: tinglovchimi yoki so`zlovchi?
A. «Tinglovchiman. Bu bilan ham sirlarimni asrayman, ham ko`proq ma`lumotga ega bo`laman».
B. «Menga ko`proq gapirish yoqadi».
V. «Har doim har xil. Vaziyat, kayfiyat, suhbatdoshimning ko`nglim, dunyoqarashimga yaqinligiga qarab yo`l tutaman».
2. Aytaylik, umuman tanimagan begona kishi bilan safarda hamrohsiz. U bilan suhbatlashish uchun doim mavzu topa olasizmi?
A. «Kamdan-kam hollarda. Odatda o`zi gap boshlasa ham, suhbatni davom ettirib ketishim mushkul».
B. «Albatta, bu menga muammo emas! Notanish kishilar bilan gaplashish yana-da qiziq-ku!»
V. «Bu o`sha vaqtda yuz bergan voqea-hodisalardan ta`sirlanishimga bog`liq. Masalan, yomg`ir yog`ayotgan bo`lsa, shu mavzuda so`z ochishim mumkin».
3. Jon kuydirib nimadir haqida gapirayapsiz, ammo qarasangiz, sizni hech kim (u) tinglamayapti. Bundan jahlingiz chiqayotganini namoyon qilasizmi?
A. «Bunday vaziyatlarda asabiylashmayman».
B. «Kayfiyatimga bog`liq. Agar asab torlarim tortilib turgan bo`lsa va hamma uchun muhim gaplarni gapirayotgan bo`lsam, albatta, buni bildirib qo`yaman».
V. «Tez-tez shunaqa hol yuz beradi va men e`tiborsiz suhbatdoshimga kayfiyatimni oshkor etaman».
4. Atrofingizdagilarga maslahat berishni yaxshi ko`rasizmi?
A. «Ba`zan tajribam bilan o`rtoqlashganim yoqadi».
B. «Juda ham!»
V. «Yo`q, kimgadir aql o`rgatadigan odatim yo`q!»
5. Siz e`tiborli suhbatdoshmisiz?
A. «Shak-shubhasiz, ha!»
B. «Mening fe`limga bu ta`rif mos emas, nazarimda».
V. «Agar menga qiziq mavzuda gapirayotgan bo`lsa, o`sha odamni jon qulog`im bilan eshitaman».
6. Sizga yoqmayotgan, umuman qizig`i bo`lmagan mavzuda so`zlayotgan odamni gapirishdan to`xta olasizmi?
A. «Yo`q, beodoblik qilgan bo`laman-ku».
B. «Ha! Safsatalarni eshitishga bekorchi vaqtim yo`q mening».
V. «Bu suhbatdoshimning kimligi, men uchun qanchalik yaqin va ahamiyatli insonligiga bog`liq».
7. Sizga davralarda yoki ishxonada diqqat markazda bo`lish yoqadimi?
A. «Ha, agar bu holat kayfiyatimga hamohang bo`lsa».
B. «Yo`q, hammaning ko`zi va qulog`i menda bo`lganida o`zimni juda noqulay sezaman».
V. «Ha, e`tibordan kuch olib, o`zimni juda yaxshi his qilaman».
8. Siz ma`lumotga ega bo`lmagan mavzuda gapirayotgan kishini ham qo`llab-quvvatlaysizmi?
A. «Yo`q. Bilmagan narsalarim haqidagi fikrlarni jimgina eshita qolaman».
B. «Ha, axir yonib gapirayapti, nimadir deyishim kerak-ku!»
V. «Bu savolga javob berolmayman».
9. O`zingizni chuqur bilimga egadek his qiladigan davralaringiz bormi?
A. «Ha, ammo ko`p emas, 2-3 tanishimning yonida, xolos».
B. «Ha, ko`pchilik bilan suhbatlashganimda bunga amin bo`lganman».
V. «Yo`q».
10. Muhokama qilinayotgan har bir mavzuga fikringizni bildirasizmi?
A. «Albatta!».
B. «Yo`q, doim ham emas!»
V. «Hamma mavzuga qo`shilib, bo`lar-bo`lmasga gapirishni yoqtirmayman».
Javoblarni hisoblaymiz
№ 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
A 2 0 0 2 2 0 1 0 1 2
B 0 2 1 0 0 2 0 2 2 1
V 1 1 2 1 1 1 2 1 0 0
Do'stlaringiz bilan baham: |