Amerikalik yozuvchi va biznes-trener Julyen Smit yosh insonlarga hayotda qanday qilib o’z o’rinlarini topish borasida bir qator qoidalarga rioya qilishga maslahat bergan. Omadli kelajaka erishish uchun 20 yoshda ushbu qoidalarga rioya qilish kerak.
1.Dunyo sizni quruq qoldirishga harakat qiladi. Har xil qarzlar va ularning foizlardan boshlab mo’jizaviy erkin va baxtli bo’lish uchun o’zingizda qancha kerak bo’lsa shuncha ishlang.
2.Ta’lim institutlariga ishonib qolmang. Ular o’quv rejalarini tuzayotganlarida sistema eskiradi va bazida ishdan chiqishga ham ulguradi. Yaxshisi hurmat etiborni liderlik yo’li bilan topgan yaxshi.
3.Qancha o’qiy olsangiz, shuncha o’qing. Tez o’qib, yaxshi eslab qolish tehnikasini o’zlashtiring. Siz bitta kitobni bir haftada o’qib chiqa olasiz.
4.Doim barcha bilan muloqotda bo’lishga harakat qiling. Muloqot ustasiga aylaning. Insonlardan sizga yoqadigan jihatlarini topishga harakat qiling va uning shu tomonlari haqida suhbatlashing.
5.Vaqtingizni jiddiylikka sarflamang. Jiddiylik bu sizning emotsiyalaringizning qaror qabul qilish jarayonida hakamlik qila olishi mumkinligiga ishonchingizdir. Ayni paytda buning aksi ham.
6.Agar muloqot qilishga nimadur halal bersa, undan tezroq qutilishga harakat qiling.
7.O’zingizdan yoshi katta bo’lgan insonlar bilan tez tez muloqot qilib turing. Negaki siz keyinchalik bilib oladigan narsalarni ular hozir biladilar. Shuning uchun ulardan maslahat so’rashga tortinmang.
8.O’zingizdan kuchliroq odamlarni qidiring va vaqtni ko’roq ular bilan o’tkazishga harakat qiling. Bu juda muhim. Yana bir muhim jihat o’z guruhingizda o’rtacha bo’lib qolmang. Doim eng yaxshi bo’lishga intiling.
9.Vaqt o’tgan sari siz ehtiyotkor bo’lib qolasiz. Bu oddiy fakt. Shuning uchun eng aql bovar qilmas g’oyalarni hozir amalga oshiring. Keyin sizda qo’rquv tuyg’usi kuchli shakllanib qoladi. Bizga ishoning.
10.Iloji boricha pulni tejashga harakat qiling. Bu sizga yuqorida aytilgan aql bovar qilmas go’yalarni amalga oshirishga kerak bo’ladi.
11.Yordam orqali obroga erishgandan ko’ra, o’z kuchingiz bilan tajriba to’plab bunga erishganingiz maqulroq. Tajribalar shuni ko’rsatadiki bunday hayotdan ko’roq rohat olinadi.
12.Agar siz puldan qiynalayotgan bo’lsangiz bu muammoni hal qilishga urunib ko’ring. Reja bilan ish qilishni o’rganing.
13.Loyiahashni o’rganing. Bu logika va xotirani kuchli qiladi.
14.Yoshlikdan ortiqcha vazn to’plamang. Avvaliga sizning gormonlaringiz yordam berib turishi mumkin. Ammo bu imkoniyatni erta yo’qotish yaramaydi. Menga ishoning.
15.Ovqat tayyorlashni o’rganing. Bu hayotingizni yengillatishga yordam beradi va pullaringizni tejaydi.
16.Yaxshi uxlang. Agarda siz Hali ko’p ishlashim kerak, uxlashga vaqt yo’q desangiz, men sizga quyidagicha javob qaytaraman: Yaxshi dam olmagan odamning foydalilik koefitsiyenti ham shunga yarasha bo’ladi. Uyqu vaqtini og’irlash sizning foydangizga ishlamaydi.
17.O’zingizga yon daftarcha tuting. O’z xotirangizga ishonib qolmang. Ex, shunday qilsam bo’lar ekan - deydigan vaqtgacha olib bormang. Faqat yozuvlarga ishoning.
18.Oldingizga yuqori maqsadlarni qo’ying va unga erishish uchun tinmay harakat qiling. Albatta maqsad qo’ymasangiz ham nimagadur erishishingiz mumkin. Lekin katta maqsadlar sari intilsangiz ko’proq narsaga erishishingiz mumkin.
19.Biron sohaning mutaxassisi bo’ling. Bunga erishish uchun kerak bo’lsa besh yil harakat qiling, vaqtingizni bekor ketgazmang. Agar keyinchalik kasbingizni o’zgartirmoqchi bo’lib qolsangiz marhamat. Ammo aniq bir maqsad sari intiling.
20.Insonlarni o’zgartirishga harakat qilmang, yaxshisi hali yomon yo’lga kirmagan insonlarni topishga harakat qiling.