2. QIZNI YAXSHILAB O`RGANIB CHIQING: Siz o`zingiz uchun yangi yo`nalish toping. Qizni "skaner" qilib, "rentgen"dan o`tkazib o`rganing. Muhimi uning qalbiga yo`l toping. Uning qiliqlari, qiziqishlari, yomon ko`rgan narsalarini bilib oling. Agar u termush qurgan bo`lsa, extiyot bo`ling. Eng asosiysi uning turmush o`rtog`ini yomonlamang. Yaxshisi uni himoya qilishingiz to`g`risida ikki og`iz gapirib qo`ying.
3. TASHQI KO`RINISHINGIZGA E`TIBORLIROQ BO`LING: Tashqi ko`rinish o`zaro aloqalar o`rnatishda muhim rol o`ynaydi. Agar ayol sizga "erkak kishi maymundan farq qilsa bo`ldi", desa, ishonmang! Albatta, go`zallik bu nisbiy tushuncha. Agar sizdab ter hidi kelib tursa yoki tirnoqlaringiz osti kir bo`lsa, yaxshisi siz tanishish haqida o`ylamang.
Kiyim ham bu borada muhim unsur hisoblanadi. Hayotda avval soatini, keyin botinkasini, so`ngra yigitning o`zini yoqtirib qolgan hodisalar ham uchragan. Biroq kiyimga katta e`tibor berish ham talab etilmaydi. Muhimi ular toza va o`zingizga yarashib turadigan bo`lishi lozim.
4. ERKAK BO`LING: Xarakteringizga katta e`tibor qarating - qiyin vaziyatlarda his-hayajonga berilmasdan, hazil bilan vaziyatni yumshating. Jiddiylikni saqlang. Mimikangizning holatiga ham alohida e`tibor bering. Ayollar masxaraboz erkaklarni yoqtirishmaydi. Qizni turli laqablar ("mushukcham" va boshqalar) bilan atamang. Yengiltaklik, bolalarga hos qiliqlar qilmang. Agar u sizga "Huddi yosh bolaga o`xshaysiz-a", desa, tamom. Munosabatlaringizni yaxshilash yo`llarini qidiravering. Ayollar aqlli erkaklarni yoqtirishadi. Lekin siz buni suyiste`mol qilmang. Uning fikrlarini o`zingizning "temir mantig`ingiz" bilan bo`lmang. Bu holat munosabatlarga yomon ta`sir o`tkazadi.
5. ZIQNALIK QILMANG: Ayollar ziqna erkaklarni hush ko`rishmaydi. Agar sizda moliyaviy muammolar bo`lsa, go`zal xonimlar haqidagi orzularingizni unuting. Cho`ntagingizga pul tushsa, o`zingizga yaqin bo`lgan qizni restoranga taklif qiling. U yerda unga eng qimmat taomlardan totib ko`rishni maslahat bering. Statistika ma`lumotlariga ko`ra bunday sahiylikka mahliyo bo`lgan ayol, biron-bir arzonroq taomga buyurtma berishi aniqlangan. Ko`plab arzon sovg`alarga ovora bo`lmasdan, bitta qimmatini sovg`a qiling. Siz ayolga o`z qarashlaringizdan kelib chiqib emas, balki uning ko`nglidagi narsani sovg`a qilishga harakat qiling. Shuni unutmang-ki, ortiqcha qilingan harajat ham qizning ko`nglini sovutib qo`yishi mumkin. Agar sizlar taksiga o`tirib, unga keragidan ko`p pul bersangiz, siz haqingizda qiz quyidagilarni o`ylashi mumkin:
- Ahmoq, bu pul bilan yarim kun aylansa bo`lardi.
- U taksida juda kam yuradi.
- U savdolashishni bilmaydi, u bilan uzoqqa borib bo`lmaydi.
- U mening yonimda o`zini shunday tutyapti. Demak, tushunchasi yaxshi emas ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |