Olimlar insonning qanday aksirishiga qarab uning xarakterini aniqlash mumkinligini aytishdi:
Shijoatli va g'ayratli odamlar BALAND OVOZda chin dildan aksirishadi. Bunday kishilar ajoyib suhbatdosh bo’ladi. Ular yaxshi g'oya va fikrlar manbai.
Sekin va bilinar - bilinmas aksirgan kishilar maydakash va sinchikov bo’lishadi. Ular uchun atrofdagilarning fikri, munosabati muhim. Bunday kishilar sabrli, xotirjam, ba'zida boshqalarning fikriga muhtoj bo’lishadi. Tinglashni bilishadi, hech qachon yordam qo’lini ayamaydilar.
Xayolparastlar og'izlarini berkitgan holda aksirishadi. Ular faqat o’zlariga ishonishadi. Ulardan ajoyib rahbar chiqadi. Hech kimni ulardan foydalanishlariga y o’q o’yishmaydi.
FAKT: Inson aksirganda va y o’talganda 3000 tomchi so’lak atrofga sochilar ekan.
QAYSI FASLNI YAXSHI KO'RISHINGIZGA QARAB XARAKTERINGIZ XAQIDA QIZIQ MA'LUMOTLARNI BILIB OLING!
BAHOR: Bahor oshuftalari juda quvnoq va hayotga chanqoq insonlardir. Xushchaqchaqligi va hazilkashligi sabab do'stlarining hamisha ardog'ida yuradilar. Hayotdagi shiorlari: Buncha go'zal bu olam, bir qara! Jamoaning joni bo'lish bilan birga, turli hiyla-nayranglarni uyushtirishga ham usta. Bir joyda o'tirishlari qiyin, sayohat jonu dili. Tez oshiq bo'lib qoladilar, ammo ayriliqlarni hech qanday g'azabu nafratsiz, yengil o'tkazadilar. Ularni sodiq do'st sifatida qabul qilmaslik kerak, chunki munosabatlari vaziyat taqozosiga ko'ra o'zgarib turadi. Istalgan daqiqada umuman ko'zdan g'oyib bo'lib, sizni unutib yuborishlari mumkin. Birovga bog'lanib qolish ular uchun qadriyat emas. Vujudida bir vaqtning o'zida ehtiros, xudbinlik, romantika, talabchanlik va beg'amlik jo'sh urgan bu insonlar va'da berishga, ayniqsa, uni bajarmaslikka usta. Lekin ular bilan zerikmaysiz.
YOZ: Bu faslni yaxshi ko'radiganlar etakchilik, ilg'orlik sifatlariga ega. O'zlari yonib, atrofdagilarni ham yondirib yurishadi. Ular bilan muloqot juda qiziqarli kechadi. Hech qachon tushkunlikka tushmaydilar va hamisha nekbin kayfiyatda yuradilar. Bunday kimsalar har doim yangidan-yangi g'oyalar o'ylab topib, amalga oshiradi. Yoz fasli ishtiyoqmandlarining ishdagi o'sishi ham tez sura'tda bo'lib, yuqori martabalarga erishadilar, yaxshi rahbarlik sifatlari bilan ajralib turishadi. Hayotdagi shiorlari: Qat'iyat va mehnat. Ayni paytda yetarli darajada murosasoz bo'lib, zarur o'rinda yon berishni ham bilishadi. Ularning shaxsiy hayotlari ham havas qilsa arzigulik. Chunki aqlni yo'qotar darajada sevish va juftlariga bir umr sodiq qolishni biladilar. Atrofdagilarning kamchiliklariga nisbatan anchayin sabrli va o'zlariga nisbatan talabchan bo'lgan bunday insonlardan yaxshi do'st chiqadi. Chunki do'stlarini shodlikda ham, g'amda ham yolg'iz qoldirmaydilar. Birgina kamchiliklari bor: haddan ortiq arazchi bo'lganlari holda kechirimli emas.
KUZ: Kuzni sevadiganlar tinchlik, yolg'izlik va osoyishtalikni xush ko'radi. Ko'pchilikni sevmaganlari holda odamlar orasida o'zlarini noqulay his etmaydilar ham. Shunchaki jamoaning ular uchun ahamiyati yo'q. Hayotdagi shiori: Meni tinch qo'ying! Kayfiyatlari juda beqaror: bir qarasangiz, xandon otib yuradi, bir qarasangiz, hech qanday sababsiz xo'mrayib oladi. Xuddi kuz havosiga o'xshab. Begonalarning zafarlari ko'pincha g'ashlariga tegadi. Biroq kuzni yaxshi ko'radigan odamlar juda iste'dodli bo'lishadi. Tasviriy san'at, she'riyat va nasrda katta muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Fikrlashlari ham boshqalardan farq qiladi. Muhabbatda juda vafodor: faqat bir insonni sevib o'tadilar. Bir bora va butun umrga! Agar muhabbatiga etisha olmasa o'lguncha azoblanadi va bu azob ularga ilhom manbai bo'lib qoladi. Ular tabiat va jonzotlar bilan muloqot chog'idagina o'zlarini topadilar. Biroq muhabbatiga javob berib, sevib ardoqlaydigan insonni uchratsalar, haqiqiy oilaparvarga aylanadi.
QISH: Bu faslni sevadiganlar, odatda, o'ziga ishongan va mustaqil insonlardir. Hayotdagi shiorlari: Faqat o'zingga ishon! Katta davralarni xush ko'rishmaydi. Do'stu tanishlari juda oz. Ammo shu ozgina odamlarga qattiq ishonishadi. Ishonmasa, ularni yaqin yo'latmagan bo'lishardi. Juda qat'iyatli bu kimsalar oz rejalarini birovga oshkor qilmay, yolg'iz amalga oshirish yoki hayot oqimini maqsadlariga bo'ysundirishni biladilar. Qishni yaxshi ko'radigan insonlar kamgap bo'lishadi. So'rasangiz, javob beradilar, ammo o'zlari hech qachon birinchi bo'lib gap qotmaydilar. Pul ishlab topishni bilishadi, qulaylik va farovonlikni qadrlashadi. O'zlariga qadrli insonlar uchun kop narsadan voz kechishlari mumkin. Kamchiliklari: xasislik va pismiqlik. Shuningdek, bunday insonlar kechirishni bilmaydi.
SEVGILINGIZNI QANDAY SUMKA TUTISHIGA QARAB, ICHKI DUNYOSINI BILIB OLING!
Do'stlaringiz bilan baham: |