28 BALLDAN 15 BALLGACHA:
SIZDA KO’NGLI BORU AMMO¦
Yoringiz bir tomondan sizni qattiq sevib qolishdan qo’rqsa, boshqa tomondan sizni yo’qotishni ham istamaydi. Uning qalbida o’ziga yarasha o’rningiz borligi, shubhasiz. Ammo bu o’rinning chuqurlashib borishidan u xavotirda. Balki birovni sevib o’rganmagandir, balki kimnidir qattiq sevib kuygandir. Xullas, uning sizdan emas, muhabbat degan tuyg’udan xavfi bor. Siz borini boricha qabul qiling. Albatta, tug’ularini qizg’anayotgan yoringizni shu holiga tashlab qo’ying demaymiz. Munosabatlar ustida, agar ularda bittagina yorug’ nuqta bo’lsa ham, ushlash kerak. Undan hozircha o’zida yo’q narsani talab qilmang, o’zi qodir bo’lmagan tuyg’uni tuymaydi baribir. Yaxshisi, o’z ustingizda ishlang. Bo’lar-bo’lmasga bo’yniga osilib, sevasizmi deb so’rayvermang. Orastalik, go’zallik, tadbirlilik va farosat doim qadrda bo’lgan. U sizda shu xususiyatlarni ko’rsa, mehri ortadi. Qo’lingizdan kelsa, unga do’st bo’ling, eplolmasangiz yo istamasangiz, hech bo’lmasa begonaga aylanib qolmaslikka harakat qiling. Unutmang, u xotirjamlik va iliqlik istab sizga talpinadi, sizni shu sababli yo’qotishdan qo’rqadi. Sizdagi shu iliqlik uning qalbidagi tuyg’ularini ulkan muhabbatga aylantirsa, ne ajab.
6 BALLDAN 14 BALLGACHA:
MUNOSABATLARINGIZ CHIGALLASHGAN
Yoringizning tuyg’ulari ancha susayib, muhabbat olovi tafti pasaygan. Buning sabablarini o’zingiz yaxshi bilsangiz kerak. Balki maishiy muammolar, balki munosabatlardagi taranglik va yoki boshqa sabablar¦ Nima bo’lganda ham endi munosabatlaringizni saqlab qolishga jiddiy kirishishingiz kerak. Muhabbat har narsaga qodir deyishadi. Ammo ba'zida bir-birini qattiq sevgan insonlar ham birga yashay olishmaydi. Sizlarda esa muhabbatning o’zi yordamga muhtoj. Yoringizga ko’proq e'tibor bering, o’zingizga ham. Sizdan nima xato o’tgan bo’lsa, tuzating. Undan o’tganlarini esa kechiring. Albatta, bu inson sizga kerak va qadrli bo’lsa.
SIZ BILAN SUXBATLASHISH YOQIMLIMI?
Shunday kishilar borki, ular bilan bir marta gaplashsangiz, konglingiz suhbatiga oshufta bolib qoladi, ohangrabodek oziga tortadi. Ayrimlar bilan esa bir necha daqiqalik uchrashuv ham zerikarlidan zerikarli otadi. Yana bir toifa borki, qachon gapi tugarkan, deya ogziga qarab turasiz. Xullas, bu gal sizga taqdim etilayotgan test orqali ozingizning qanday suhbatdosh ekanligingizni aniqlab olishingiz mumkin.
1. Suhbat jarayonida asosan qaysi roldasiz: tinglovchimi yoki sozlovchi?
A. В«Tinglovchiman. Bu bilan ham sirlarimni asrayman, ham koproq malumotga ega bolamanВ». 2-BALL
B. В«Menga koproq gapirish yoqadiВ». 0-BALL
V. В«Har doim har xil. Vaziyat, kayfiyat, suhbatdoshimning konglim, dunyoqarashimga yaqinligiga qarab yo'l tutamanВ». 1-BALL
2. Aytaylik, umuman tanimagan begona kishi bilan safarda hamrohsiz. U bilan suhbatlashish uchun doim mavzu topa olasizmi?
A. В«Kamdan-kam hollarda. Odatda ozi gap boshlasa ham, suhbatni davom ettirib ketishim mushkulВ». 0-BALL
B. В«Albatta, bu menga muammo emas! Notanish kishilar bilan gaplashish yana-da qiziq-ku!В» 2-BALL
V. В«Bu osha vaqtda yuz bergan voqea-hodisalardan tasirlanishimga bogliq. Masalan, yomgir yogayotgan bolsa, shu mavzuda soz ochishim mumkinВ». 1-BALL
3. Jon kuydirib nimadir haqida gapirayapsiz, ammo qarasangiz, sizni hech kim (u) tinglamayapti. Bundan jahlingiz chiqayotganini namoyon qilasizmi?
A. В«Bunday vaziyatlarda asabiylashmaymanВ». 0-BALL
B. В«Kayfiyatimga bogliq. Agar asab torlarim tortilib turgan bolsa va hamma uchun muhim gaplarni gapirayotgan bolsam, albatta, buni bildirib qoyamanВ». 1-BALL
V. В«Tez-tez shunaqa hol yuz beradi va men etiborsiz suhbatdoshimga kayfiyatimni oshkor etamanВ». 2-BALL
4. Atrofingizdagilarga maslahat berishni yaxshi korasizmi?
A. В«Bazan tajribam bilan ortoqlashganim yoqadiВ». 2-BALL
B. В«Juda ham!В» 0-BALL
V. В«Yoq, kimgadir aql orgatadigan odatim yoq!В» 1-BALL
5. Siz etiborli suhbatdoshmisiz?
A. В«Shak-shubhasiz, ha!В» 2-BALL
B. В«Mening felimga bu tarif mos emas, nazarimdaВ». 0-BALL
V. В«Agar menga qiziq mavzuda gapirayotgan bolsa, osha odamni jon qulogim bilan eshitamanВ». 1-BALL
6. Sizga yoqmayotgan, umuman qizigi bolmagan mavzuda sozlayotgan odamni gapirishdan toxta olasizmi?
A. В«Yoq, beodoblik qilgan bolaman-kuВ». 0-BALL
B. В«Ha! Safsatalarni eshitishga bekorchi vaqtim yoq meningВ». 2-BALL
V. В«Bu suhbatdoshimning kimligi, men uchun qanchalik yaqin va ahamiyatli insonligiga bogliqВ». 1-BALL
7. Sizga davralarda yoki ishxonada diqqat markazda bolish yoqadimi?
A. В«Ha, agar bu holat kayfiyatimga hamohang bolsaВ». 1-BALL
B. В«Yoq, hammaning kozi va qulogi menda bolganida ozimni juda noqulay sezamanВ». 0-BALL
V. В«Ha, etibordan kuch olib, ozimni juda yaxshi his qilamanВ». 2-BALL
8. Siz malumotga ega bolmagan mavzuda gapirayotgan kishini ham qollab-quvvatlaysizmi?
A. В«Yoq. Bilmagan narsalarim haqidagi fikrlarni jimgina eshita qolamanВ». 0-BALL
B. В«Ha, axir yonib gapirayapti, nimadir deyishim kerak-ku!В» 2-BALL
V. В«Bu savolga javob berolmaymanВ». 1-BALL
9. Ozingizni chuqur bilimga egadek his qiladigan davralaringiz bormi?
A. В«Ha, ammo kop emas, 2-3 tanishimning yonida, xolosВ». 1-BALL
B. В«Ha, kopchilik bilan suhbatlashganimda bunga amin bolganmanВ». 2-BALL
V. В«YoqВ». 0-BALL
10. Muhokama qilinayotgan har bir mavzuga fikringizni bildirasizmi?
A. В«Albatta!В». 2-BALL
B. В«Yoq, doim ham emas!В» 1-BALL
V. В«Hamma mavzuga qoshilib, bolar-bolmasga gapirishni yoqtirmaymanВ». 0-BALL
Do'stlaringiz bilan baham: |