JAVOBLAR:
17 BALLDAN 20 BALLGACHA:
JUDA KIRISHIMLISIZ, AMMO...
Ha, siz juda gapga chechan kishisiz. Kopchilik oldida, xoh ular qadrdon bolsin, xoh notanish, ozingizni bemalol tutasiz. Til topishishga ham ustasiz. Siz bilan kishi zerikish nimaligini unutadi. Bazida bu yoqimli, biroq har doim emas. Gohida bir gapga tushsangiz, nuqtani unutib qoyasiz. Ikkinchi tomonga gap bermasligingiz yaxshi odat emas. Bolmasa, sozamolligingiz mahmadonlikka aylanib, odamlar sizdan qochishga joy qidirib qolishlari hech gapmas. Shuning uchun tinglashni, kezi kelganda sukut saqlashni organsangiz, foydadan holi bolmaydi. Yana bir maslahat, bahs-munozaralarda kim doirani qattiq chalsa, oshaning nogorasiga oynab ketmang. Avval oz fikringizga ega boling, keyin uni bayon eting. Shundagina atrofdagilarda ijobiy taassurot qoldirasiz.
7 BALLDAN 16 BALLGACHA:
E'TIBORLISIZ...
Togri, sizni juda kirishimli sanab bolmaydi. Ammo suhbat odobi borasida ijobiy xislatlaringiz bor. Ayniqsa, suhbatdoshingizga iltifotli va etiborliligingiz, begona davralarda ozingizni risoladagidek tutishingiz, har neni gap deb ogiz juftlamasligingiz tahsinga sazovar. Togri, kayfiyatingiz yoq bolsa, parinshonxotir bolishingiz yoki qovoqlaringizni uyub olishingiz mumkin. Buning uchun ozingizni ayblamang, soxta mulozamat qolingizdan kelmaydi-da. Bitta manisiz gapni aylantirib gapiraveradiganlarga nisbatan shunday qilishga ham majbur bolasan kishi. Agar biror yaqiningiz bilan bu holat yuz berayotgan, yani uning gaplari yuragingizga sigmayotgan bolsa, chiroyli qilib keyinroq bu mavzuga qaytishini iltimos qiling.
6 BALLDAN 0 BALLGACHA:
KAMGAP VA TORTINCHOQSIZ...
Siz nafaqat notanishlar orasida, balkim yaqinlaringiz davrasida ham kopincha mum tishlab otirasiz. Onta gapga bitta javob qaytarishingiz juda kamgap, kamsuqum va tortinchoqligingizdan darak. Bir oylab koring, bular zaminida qorquv yotmaydimi? Ozingizga bolgan ishonchning juda pastligidan В«hozir nimadir desam, menga ishonishadimi? Baribir, qabul qilishmaydi gapimniВ» degan hadigingiz bormi yo? Yoxud В«och qornim, tinch qulogimВ» qabilida har qanday vaziyatda ham tilingizni tishlab otiraverasizmi? Mana shu savollarga javob izlab koring va zarurat tugilsa, mutaxassis bilan ishlang. Bolmasa, siz uchun qaror qabul qilashaverishadi. Tinglash, xop deyish yaxshi, oz fikrini bildirish esa aslo odobsizlik emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |