Tuganak mevali ekinlar Reja. Tuganak mevali ekinlar to‘g‘risida ma’lumot. Kartoshkaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati


Kartoshka Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati



Download 106 Kb.
bet2/5
Sana30.12.2021
Hajmi106 Kb.
#93239
1   2   3   4   5
Bog'liq
tuganak mevali ekinlar

Kartoshka
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Kartoshka xalq xo‘jaligida oziq-ovqat, yem-xashak, texnik ahamiyatga ega. Dunyo dehqonchiligida kartoshka sholi, bug‘doy va makkajo‘xori bilan bir qatorda yetakchi o‘rinni egallaydi. Kartoshka tuganagi tarkibida 25% gacha quruq moddalar, shu jumladan, kraxmal 14-22%, oqsil 1,4-3,0%, kletchatka-1,0, yog‘-0,3% va 0,8-1,0% kul moddalari bo‘ladi. Kartoshka vitamin S va V guruh vitaminlariga boy. Xom tuganagi tarkibida S vitamini miqdori 40 mg ga yetadi. Kartoshkaning yosh poyasi tarkibida 84% suv bor, tuganagi tarkibida esa 75% suv va 25% quruq modda bo‘ladi.

Kartoshka tarkibida kraxmal, sifatli oqsil va vitaminlar bo‘lganligi uchun insonning eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Shuning uchun u ikkinchi non deyiladi. Kartoshkadan 200 dan ortiq Yevropacha ovqat tayyorlash mumkin.

Kartoshkaning po‘sti va yashil rangga kirgan tuganaklari tarkibida zaharli modda-solanin (0,005-0,1%) bo‘lib, kartoshka pishirilganda u qisman parchalanadi. Shuning uchun yashil rangga kirgan va ko‘kargan (o‘simta chiqargan) tugunaklarni yaxshilab pishirmasdan oziq-ovqatga ishlatish va mollarga berish mumkin emas.

Kartoshka tugunagi spirt, kraxmal, glukoza, kauchuk olishda va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kartoshka mollar uchun yaxshi oziq hisoblanadi. Organik moddasining hazm bo‘lishiga (83-97%) ko‘ra, xashaki lavlagi, turneps va boshqa ildiz mevalar kabi barcha o‘simliklar orasida birinchi o‘rinda turadi. Tugunaklari xomligicha, bug‘latib, shuningdek, siloslangan holda mollarga beriladi.

Agrotexnikaviy va agroiqtisodiy ahamiyatga ham ega. U ko‘pgina ekinlar-barcha don ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Mamlakatimizning ko‘pgina hududlarida shudgorni band qiladigan ekin sifatida ekiladi va kuzgi g‘alla ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi.

Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika hisoblanadi, bu mintaqada kartoshka bizning eramizdan 1-2 ming yil avval ekib kelingan va uning ko‘pchilik yovvoiiy turlari madaniylashtirilgan. Kartoshka XVI-asrda Yevropaga, ya’ni Ispaniyaga keltirilgan va undan boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Rossiyaga kartoshka Gollandiyadan keltiril-gan. XX asr boshlarida va undan keyingi yillarda ko‘proq ekila boshlandi. Kartoshkani tashqi muhitga tez moslashishi dunyoda tez tarqalishiga va asosiy oziq-ovqat ekini bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda kartoshka dunyoning hamma qit’alarida ekiladi. Dunyo bo‘yicha FAO ma’lumotlariga qaraganda (1994 yil) da kartoshka 18 mln gektar yerga ekilgan.

Yevropa mamlakatlarida kartoshka ko‘p ekiladi. Dunyo ekin maydonini 35% ini tashkil qiladi. Ko‘proq Polsha (2,26 mln.ga), Germaniya (yaqin 1 mln.ga) va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Kartoshka AQShda ham ko‘p ekiladi. Hamdo‘stlik mamlakatlaridan kartoshka Rossiya, Urkaina, Belorusiya va Boltiq bo‘yi mamlakatlarida ekiladi. O‘zbekistonda oxirgi yillari kartoshkani ekish maydoni ancha kengaygan va 1998 yil 13,4 ming gektar yerga ekilgan.

Kartoshka yuqori hosilli ekin. O‘zbekistonda 2004 yilda kartoshka 52,1 ming gektar yerga ekilib, 892,7 ming tonna yalpi hosil olindi. Hosildorlik o‘rtacha 17,1 tonna gektarni tashkil etdi.

Kartoshkaning navlari morfologik va biologik belgilari bilan farq qiladi. O‘zbekistonda kartoshkani quyidagi navlari ekiladi: Akrab, Zarafshon, Lorx, To‘yimli, Pikasso, Diamant, Voltman.




Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish