Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet62/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Plazmopara - Plasmopora turkumining zamburug‘lari tabiatda juda ko‘p tarqalgan, bizda ulardan P. viticola tok o‘simligining uzum boshida, uning irib ketishiga sabab buladi. Spora band monopodial ko‘p marta tarmoqlangan, uchida spora tutgan uch – to‘rt shoxchali ko‘rinishga ega. Sporalari qovunsimon, zoosporalar hosil qilib unadi. Mitselliy uzum bandi, uzumbosh donalarida un sepkandek g‘uboralarini hosil qiladi. Xavo sernam kelsa, unga qarshi choralar qo‘llamasa, kasallik 80 – 90% gacha etishi mumkin.
Fitoftora - Phytophtora turkumining zamburug‘larida mitselliy oq po‘panak ko‘rinishda bo‘lib, sporangiysi limon mevasi kabi ko‘rinishga ega. Zoosporalari zoosporangiy ichida shakllanib, uning ichida chiqadi. O‘simliklarning er usti qismida tekinho‘r rivojlanib, namlik etarli bo‘lgandagina zoosporalar hosil qiladi.

Fitoftora zamburug‘ini kartoshka o‘simligida rivojlanishi.

Bu turkumning zamburug‘lari ichida morfologiyasi bo‘yicha o‘zaro yaqin bo‘lganlari fiziologiyasiga ko‘ra farqlanishlari jihatidan boshqalaridan ancha farqlanadi. Eng sodda tuzilgan tekinxo‘rlari uzoq vaqt tuproqda tirik holda bo‘lishi mumkin. Ular tuproqdagi hohlagan o‘simlik qoldig‘i hisobiga oziqlana oladi. Fitoftoralar o‘simlikning hamma qism va to‘qimalarini zararlay oladi. O‘simlik to‘qimasidagi zamburug‘ uni chiritadi va u erda zamburug‘ni spora hosil qiladiganlari paydo bo‘ladi. Tuproqdagi zamburug‘ o‘simlikni zararlaganidan keyin yana tuproqqa qaytadi. Fitoftolra turkumidan Rh. infestans kartoshka o‘simligining barg to‘qimasida gaustoriyali mitselliysi yordamida oziqlanib, yaproqda to‘q tusli, yomg‘irli vaqtlarda qoramtir dog‘lar hosil qiladi.


Kasallik poyaning barglaridan boshlanadi, keyin hammasini egallaydi. Oziqlangandan keyin yaproq ustitsasidan sporangiband-lari chiqib turadi. Sporangibandlarning oxirida zoosporangiylar rivojlanadi. SHamol, yomg‘ir va boshqalar ta’sirida uzilib, tarqalgan sporangiy kartoshkaning yaprog‘ini ustidagi bir tomchi suvga tushib, 6 – 8 zoospora hosil qilib unadi. Ma’lum muddatdan keyin yumoloqlanadi va o‘sish nayini hosil qilib, o‘simlik ustitsasi orqali uning to‘qimasiga kiradi, bu bilan o‘simlikning qaytadan kasal-lanishi ro‘y beradi.
Fitoftoraning tuproqqa tushgan sporangiylari suv bilan katoshka tugunagiga kelib, uni zararlaydi. Ommaviy holda zararlanish kartoshkani kovlab olishda ro‘y beradi. Tuganakda yaltiroq kulrang kartoshkani ekilsa, dastlab u hech qanday belgi bermaydi, uni yig‘ishtirish davri boshlanishidan oldin o‘simlik so‘liydi, bu hosilning kamayishiga sabab bo‘ladi.

XALTACHALI ZAMBURUG‘LAR BO‘LIMI — ASCOMYCOTA


Xaltachali zamburug‘lar (Ascomycota) quyidagi umumiy tavsiflarga ega.
1. Vegetativ tana odatda tarmoqlangan, hujayralarga bo‘lingan gaploid mitselliydan iborat. Hujayralararo to‘siqda tirqishlar bo‘lib u orqali hujayraning tuzilmalari, shu jumladan yadro ham o‘tadi. Asomitsetlarning hujayra devori odatda ikki qavatli, hujayralari ko‘pyadroli, erysiphales tartibining zamburug‘larida biryadroli. Achitqi ko‘rinishidagilari ham kam emas. Mitselliy – achitqi dimorfizm ham ma’lum: bir sharoitda gifa, boshqasida achitqi hujayralar bo‘ladi.
2. Askomitsetlarning hujayrasini devorida xitin bo‘lib jami polisaxaridlarning 20 – 25 % ni tashkil qiladi: bu xitridiomitset-lardagidan kam.
3. Vegetativ ko‘payish mitselliyni bo‘laklariga bo‘linishi, achitqi hujayralarini bo‘linishi tufayli ro‘y beradi. Jinssiz (sporalar yordamida) ko‘payishi keng tarqalgan. Vegetativ ko‘payish amalda ekzogen spora – konidiyalar hosil qilish bilan sodir bo‘ladi.
4. Jinsiy ko‘payish turlicha o‘tadi. Bu ko‘pincha ko‘pyadroli, gametalarga tabaqalashmagan gametangiylarni o‘zaro qo‘shilishi tufayli yadroni bittasidan ikkinchisiga o‘tishi bilan sodir bo‘ladi. Bu zamburug‘larda samotogamiya – bitta mitselliydagi yadroni ik-kinchisiga o‘tib qo‘shilishi bilan ham amalga oshadi.
5. Xaltachali zamburug‘larning juda ko‘pchiligidagi jinsiy jarayonda yadro darxol qo‘shilishmay juftlik – dikarionlik hosil qiladi, bu holatda yadrolar birvarakayiga ko‘p marta bo‘linadi.
6. Jinsiy jarayon hosilasi – meyosporaingiy xalta yoki ask deb ataladi. Bu endogen sporalar – aksosporalar postmeyotik yadrolar bo‘linib ko‘p hollarda 8 tani hosil qiladi. Askosporalarni hosil bo‘lishida dikarionning ikkita yadrosi qo‘shilishi - kariogamiya ro‘y beradi. Askosporalarning hosil bo‘lishi uchun xaltacha borlig‘ini hammasi emas, uni bir qismi sarflanadi.
7. Jinsiy jarayon va askosporali xaltachalarni hosil bo‘lishining intixosi har bir mazkur tur uchun o‘ziga xos ko‘rinishdagi meva-tanalarni hosil bo‘lishga olib keladi
8. Askomiitsetlarning hayotiy davrasida gaplodavr ustunlik qiladi.Dikariodavrlik hayotiy davrning qisqa muddatida ro‘y beradi. Bu zamburug‘lar gomotall va geterotall bo‘ladi.
9. Askomitsetlarga mansublar kurrai zaminimizda uning hamma joyida tarqalgan. Askomitsetlar uchiramaydigan joylar yo‘q hisobi.
10. Aksomitsetlarning ko‘pchiligi antibiotiklar, vitaminlar, fermentlar va shu kabilar hosil qilishga ko‘ra ular katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Ularning ayrim turlaridan ilmiy tadqiqotlardagi muhim ob’ekt sifatida, ayniqsa genetikada ko‘p foydalaniladi.
Aksomitset zamburug‘lar orsida eng katta bo‘lim hisoblanib ularga turli olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra 30 dan 70 % gachasi mansub. Aksomitsetlarning rivojlanishida jinssiz ko‘payish asosiy ahamiyat kasb etadi. SHu boisdan bunga alohida to‘xtalamiz.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish