Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet59/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Filogeniyasi. Xitridiomitsetlarni an’anaviy ravishda qolgan barcha zamburug‘larning birlamchisi deb qaralgan. Bu nuqtai – nazar genosistematik ma’lumotlari bilan ham tasdiqlangan. Sodda tuzilganlarida xivchinni bo‘lishi keyin uni tashlab quruqlikda yashashga o‘tishi yashil suvo‘tlariga xos; xivchinlar yashil suvo‘tlarining ko‘pchiligida, moxlar va to‘qimali o‘simliklardan tartib xatto ginkgo o‘simligida ham bor, ninabarglilar, gnetumlar va yopiqurug‘lilarda yo‘q.
Xitridiomitsetlar va boshqa barcha zamburug‘lar birlamchi xivchinsizlardan kelib chiqqan degan nuqtai nazar ham bor.

ZIGOMITSETLAR BO‘LIMI – ZYGOMYCOTA


Zigomitsetlar bo‘limi quyidagi umumiy tavsiflarga ega.
1. Vegetativ tanasi odatda xujaylarga bo‘linmagan ko‘p yadroli mitselliy. Ko‘pchilik vakillarida mitselliy achitqili dimorfizm ro‘y beradi:bir sharoitda mitseliy, ikkinchisida kurtaklanayotgan hujayra ko‘rinishida bo‘ladi.
2. Hujayrasining devorida xitin va xitozan (deatsillangan xitin) bo‘lib u pektin, qismansellyuloza bilan birga.
3. Jinssiz ko‘payishda sporangiy tutgichdagi sporangiy yoki harakatlanmaydigan ko‘plab sporangisporalar, yoxud oz sondagi sporalar – sporangiolalar, yoxud konidiyalar hosil bo‘ladi.
4. Jinsiy jarayon bo‘limga nom bergan – zigogamiya tarzida o‘tadi. Ikkita gifani uchi yaqinlashadi, hujayra alohidalanadi xech qanday hosila hosil qilmay o‘zaro qo‘shilib zigota hosil qiladi. Tinim harakteriga egaligidan zigospora ham deyiladi. Qo‘shila-yotgan hujayralar ko‘pyadroli bo‘lsa ham jinsiy jarayonda ulardan bittasi ishtirok etadi. Zigospora unib sporangiyga aylanadi.
5. Zigosporani unishida meyoz ro‘y beradi shu boisdan zigomitsetlar gaploid hisoblanadi.
6. Asosan quruqlik saprotroflari ular tuproqda, o‘txo‘r xayvon-larining tezaklarida, oziq maxsulotlari kabilarda tarqalgan. Ular orasida zamburug‘larni mevatanalarida, xasharotlar va boshqa xayvonlarda tekinxo‘rlik qiladiganlari ham bor. Odamlarning tekinxo‘rlari ham uchraydi.
Zigomitsetlar bo‘limi uch sinfdan iborat:

  1. Zygomycetes – bo‘limining xaqiqiy vakillari:

  2. Glomeromycetes – tabiatda vezilulyar – arbuskula miko-rizalarini hosil qiladiganlar.

  3. Trichohycetes – bo‘g‘imoyoqli xayvonlarning ichiga yoki xitinli qoplamida uchraydigan taksonomiya holati munozarali guruh zamburug‘lar.

Zigomitsetlar sinfi – Zygomycetes
Zigomitsetlar sinfiga mazkur bo‘limga mansub zamburug‘larni juda ko‘pchiligi mansub. Bo‘limning tavsifida keltirilganlarining deyarli hammasi ularga xos.
Bitta tartib – Mycorales doirasida bu zamburug‘larning bir necha tarixiy yo‘nalishlarini, ulardan har bir odatiy sporangiylardan konidiyalarga bo‘lgan holatlarni namoyon qiladi. Buni quydagicha izohlash mumkin.
Sporangiydagi sporalarning hammasi rivojlanishining barcha davrlarini bir vaqtda o‘tkazib teng etiladi. Konidiyalar navbat bilan rivojlanadi. YUzaga keladigan zigota tinim davrini o‘taydi.
Eng katta sporangiylar ayni koprofillar – Phycomycetes sinfining vakillariga xos, chunki xayvonlarning tezagi muxum o‘sish joyi hisoblanadi.
Zygomycetes – asosan tuproq, o‘simlik qoldiqlari, xayvonlar tezagi, oziq ovqat qoldiqlarida tarqalgan.

Mukorlar tartibi -Mucorales


Bu tartibga mansub zamburug‘larda mitselliy yaxshi rivoj-langan, eski gifalarda ko‘ndalangan to‘siq paydo bo‘ladi. Ayrim vakillarida mitselliy hujayralarga bo‘lingan. Jinssiz ko‘payishi sporangiylarda yuzaga keladigan sporangisporalar yordamida amalga oshadi. Sporalar sporangiy po‘stini yorilishi natijasida atrofga xavo oqimi bilan tarqaydi.
Jinsiy jarayon – zigogamiya tarzida o‘tadi.
Mukorlarning ayrimlarida odatiy zigotadan tashqari bitta hujayradangina iborat azigotalar (masalan, Mucor tenuis turida) hosil bo‘ladi.
Bu tartibning vakillari asosan turli substratlardagi saprotroflar hisoblanadi. Mukor ( Mucor turkumining zamburug‘lari) yakka holdagi rangsiz, sporangibandlari bilan harakatlanadi, sporangibandlari morfologiya jihatdan tabaqalashgan vegetativ gifalar orasida tikkasiga yo‘nalib joylashadi. Sporangilari yumoloq, undagi sporangisporalar atrofiga tarqalishi sporangiy devorining yirtilishi bilan ro‘y beradi. Bu zamburug‘lar amillolitik va proteolitik harakteridagi faol fermentlik xususiyatiga egaligi tufayli dukkakli o‘simliklarning dukkaklari, g‘allladoshlarini donlarini bijg‘itishda, kartoshka tuganagidan spirt olishda ayrim mamlakatlarda foydalaniladi. Ba’zi turlari odamlar, uy hayvonlari hamda parrandalarda bosh miya va boshqa organlarida mukoromikozlarni yuzaga keltiradi. CHorva mollari uchun qishga g‘amlangan oziqlarni o‘zidan qizib ketishi, po‘panaklashini donlar, etli mevalar, olma, nok, kortoshka, ildizmevalar sabzi, lavlagi, sholg‘om, turuplarni chiritadi.

1
2



Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish