Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet25/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Perifiton-turli narsalarga birikib o‘sayotgan suvo‘tlarni pichoq bilan qirib, qisqich (pintset) orqali olinadi. Olingan namunalar 4% formalin eritmasiga solinadi. Er usti suvo‘tlari-daraxt er yuzasi, tosh kabilardagi zangori dog‘lar imkon boricha uni tagi bilan birga ko‘chirib olinib, sterillangan kog‘iz yoki 4% li formalinga solinadi. Tuproq suvo‘tlarni yig‘ish mahsus adabiyotlardagi usullardan foydalanib yig‘iladi.
Suvo‘tlarni laboratoriya sharoitida mahsus adabiyotlar bilan mutahassis yordamida sistematik jihatidan o‘rganiladi. Suvo‘tlarni saqlashda ham tadqiqotchining ko‘zlagan maqsadiga ko‘ra, turlicha chora va tadbirlar qo‘llanidi. Suvo‘tlarni tirik holda qattiq agarli oziqda har bir suvo‘t eng kamida uch namunada saqlanadi, chunki qattiq oziqda suyuqlikdagiga nisbatan suvo‘tlar ancha-sekin o‘sadi. Namunalar muzlatgichda harorat 6-16°S 300-350 lk. li (lyumi-nestsens yoki 15-25 vt li) chiroqlarni yoqib saqlandi. Bunday holda namuna 1-1,5 oydan so‘ng yangi oziqqa o‘tkazish lozim. 4% li formalinli idishlarga solingan suvo‘t namunalari uzoq vaqt shu holda saqlanishi mumkin.

FOTOSINTEZLAMAYDIGAN ORGANIZMLAR


MIKSOMITSETLAR


Miksomitsetlar-maxsus guruh organizmlar hisoblanib, hayotiy faoliyatida hayvonlar va zamburug‘larga xos belgilar jamlangan. SHu boisdan mashhur botanik, mikolog A·De Bari ularni “zamburug‘- hayvon” Mucotozoa deb atagan. Miksomitsetlarning hayoti bir necha bosqichlardan iborat. Birinchisi-amyoboid bos-qichda hujayrasi po‘st bilan qoplanmagan, osmotrof erigan organik modda bilan hamda bakteriya, achitqi kabi hujayralarni yutib enditsitoz oziqlanadi. Ikkinchisi-plazmodiy bosqich davrida ame-boidlar o‘zaro birlashib shilimshiqqa aylanadi. Uchinchi bosqichda plazmodiy, plazmodiysimonlar sporalar hosil qiladigan tanaga, uning yuzasida yoki ichida tinim sporalarini hosil qiladi. Bir holatdan ikkinchisiga o‘tishi tashqi muxitning omillari (yorug‘lik ta’siri, oziq modda va boshqalar) bilan boshqarilib,ularning ta’sirida hujayrada yuz beradigan biokimyoviy jarayonlar irsiy boshqariladi, mana shular eksperimental biologiya bilan shug‘ullanuvchilarning e’tiboriga tushgan.


ZAMBURUG‘LAR


Ekologik va trofik ko‘rsatkichlariga ko‘ra faqat osmotrof tipda oziqlanadigan geterotrof eukariotlar mansub. Mana shu holat zamburug‘larning biotadagi o‘rnini belgilaydi. Zamburug‘larning osmotrof oziqlanishi ularning morfologik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari bilan bog‘liq.
1) Zamburug‘larning ko‘pchiligini vegetativ tanasi kuchli tarmoqlangan, o‘sishi cheklanmagan iplar- gifa, ularning yig‘indisi mitselliydan iborat. Mitselliy odatda yashayotgan joyning ichiga (tuproq, o‘simlik to‘qimasi, hayvon ahlati va boshqalar) to‘la botib kirgan bo‘ladi. Ularning bu xususiyati ekzoosmos bilan tanasining hamma yuzasi orqali oziq moddani to‘la shimish xususiyatini beradi.
2) Zamburug‘lar tarqalgan substratlardagi organik moddalar yuqori molekulali polimerlar (oqsil, polisaxarid, nuklein kislota) holida bo‘lib, polimerlarni oligo va monomerlargacha parchalay-digan hujayraga olib keladigan depolimeraza fermentlarini ajratadi. Agarda hayvonlarda ovqat hazm qiluvchi fermentlar ichak ichiga ajralsa, zamburug‘larda tashqariga ajraladi, zamburug‘ gifasi to‘nkarilgan ichakdek bo‘ladi.
3) Zamburug‘ mitsellysi substrat ichida bo‘lganligi sababli tarqalishi cheklangandir. SHuning uchun ko‘payishga xizmat qiladigan-sporaband va sporalar substratdan tashqarida bo‘lib,uning yuzasida joylashib, havo yoki suv oqimi yordamida tarqaladi. Zamburug‘larning ayrimlari-makromitsetlarda sporalar hosil qilinadigan joylarini ko‘rish mumkin. Bu soyabonsimon va po‘kak zammburug‘larda yaqqol ko‘rinadi. Boshqa mikromittsetlarda spora hosil bo‘ladigan joylarni mikroskopdagina ko‘rish mumkin, ular ommaviy ravishda sporalarni hosil qilganida turli substratlarning rangini, ko‘rinishini o‘zgartiradi.
Filogenetika jihatidan zamburug‘ deb nomlanadigan ekomorfa monofilitik guruh bo‘lmay ikki guruhga bo‘linadi. Ko‘pchilik qismi haqiqiy zamburug‘lar (eumitsetlar) monofilitik va zamburug‘lar olamini (Fungi) tashkil etadi. Kichik qismi zamburug‘simon organizmlar deb ataladigani ayrim suv o‘tlar bilan Stramenopila olamini tashkil etadi,bunga ikkita bo‘lim Oomicota (oomitsetlar) va Labynthulomcota (katakli shilimshiqlar) mansub.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish