Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet115/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Tribonema va Vaucherta turkumiga mansublarida hujayra devorining tarkibini glukoza va uron kislotalaridan iborat polisa-xaridlar bor. Hujayra devorida temir tuzlari to‘planishi mumkin. Bulardan tashqari hujayra devoriga mustahkamlik beradigan kremniy birikmalari ham bo‘ladi. Ipsimon tuzilganlarida hujay-raning devori uzilganda N-ko‘rinishdagi ikkita hujayraning po‘stini bo‘lagi bo‘lgan ko‘rinishni hosil qiladi. Harakatlanadigan turlarning hujayrasida 1-2 ta qisqaruvchi vakuolasi bor. Golji apparati o‘ziga xos tuzilishli diktiosomalari mayda 3-7sisternali. YAdro bitta, ayrim turlarida ko‘p. Mitoz yopiq.

Ipsimon tribofissalarda ikkita hujayra orasida ko‘ndalang to‘siqni hosil bo‘lishi (A.A.Masyuk, 1993).

Tribofitsalarning ko‘pchiligida vegetativ va jinsiy ko‘payish ma’lum. Vegetativ ko‘payish hujayrani o‘rtasidan ikkiga bo‘linishi, koloniyani qismlari ajralishi, ko‘p hujayrali tallomni bo‘laklarga bo‘linish bilan ro‘y beradi. Jinssiz ko‘payish davrida ameboidlar, zoosporalar, sinzoosporalar, gemizoosporalar, gemiavtosporalar, avtosporalar, hosil bo‘lishi mumkin. Zoosporalar odatda po‘stsiz, noksimon ko‘rinishli.


Tribofitsalar uchun noqulay sharoit yuzaga kelganda endogen bir yadroli po‘sti qalin, ko‘pincha kremniy birikmalisistalar hosil qiladi. Tribofitsalarga mansub organizmlar barcha qitalar, minta-qalarda tarqalgan. Ular chuchuk suvlarda va tuproqlarda, oz bo‘lsa ham er yuzasida, sho‘rtop suvlar va dengizlarda tarqalgan. Toza va ifloslangan suvlarda uchraydi. Tuproq yuzasida tarqalganlari uni ko‘karishiga sabab bo‘ladi. Ayrimlari daraxtlarning po‘stloqlari, zaxlashgan tuproqli devorlarda uchrab ularni yashil ko‘rinishga olib keladi. Tibofitsalar kislorod va organik moddalarni yaratuvchilar sifatida ozuqa zanjiri tarkibiga kiradi. Ular ifloslangan suvlarni tozalashda ham ahamiyatli. Tribofittsalarni kelib chiqishida ularni hozirgi kunda oxrofitlar bo‘limini bir sinfi sifatida qaraladi. Genlarining nukleotidlardagi joylanishi qatoriga ko‘ra oxrofitlar orasida ko‘ng‘ir suvo‘tlariga yaqin turadi. Tribofitsalarning sistematikasida 90 ga yaqin turkum va 600 dan ko‘proq turlar 6-7 tartibga taqsimlangan.

Xloramyobalar- CHloramoebales tartibi


Tartib vakillari monad tuzilishli bo‘lib, asosan sho‘r va chuchuk suvlarda tarqalgan. Heterochloris turkumining hujayralari psevdopodiylar hosil kilib tana shaklini o‘zgartira oladi. Bunday holat bu tartibning ko‘pchiligiga xos. Hujayrasida bir nechta xloroplastlar, moy tomchisi va xrizominarin mavjud. Hujayraning old qismida qisqaruvchi vakuola, o‘rtasida yadro joylashgan, bir-ikkiga bo‘linish bilan ko‘payadi.

Misxokokkilar- Mischococseales tartibi


Misxokokkalar tartibiga mansub organizmlar kokkoidlar tipli tallomga ega. CHaraciupsis turkumining turlari bir hujayrali, biror joyga birikkan yashil CHaracium suvo‘tiga o‘xshaydi. Pirenoid yo‘q. Ko‘payganda zoosporalar, aplanosporalar va qalin po‘stlisista hosil qiladi.

Tribonemalar – Tribonematales tartibi


Tartibning vakillari oddiy ip, turlicha yog‘onlikdagi ip, soxta to‘qima va to‘qima tuzilishli.
Tribonema turkumining turlari oddiy ip shaklida, po‘sti ko‘p qavatli. Uzilgan ipini uchida po‘stdan qolgan N-simon qism bor. Hujayrasida bir nechta sariq yashil tusli xloroplastlar bor, pirenoidi yo‘q.
Ko‘payishi vegetativ (ipni bo‘laklarga bo‘linishi bilan), jinssiz (aplanosporalar hosil qilib), jinsiy (izogamiya tarzida) amalga oshadi. Tinim hujayralarni ham hosil qiladi. CHuchuk suvlarda ayniqsa havo sovigan davrlarda ko‘p uchraydi.
Botridiyalar – Botrydiales tartibi
Botridiyalar tartibiga tallomi sinf tipida tabaqalashgan, jinsiy jarayon ro‘y bermaydigan suvo‘tlar mavjud.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish