Tuban o‘simliklar


Pennat diatomlardagi mitoz bo‘linish. (C.Hoek van den et al., 1995)



Download 29,26 Mb.
bet112/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Pennat diatomlardagi mitoz bo‘linish. (C.Hoek van den et al., 1995)
1-profazadan oldingi interfaza, 2-profaza, 3-metafaza, 4-anafaza.
Jinsiy jarayonsentrik diatomlarda oogam tipda o‘tadi. Ularning spermatazoidlarda xivchin bitta bo‘ladi. Rhabdodema turkumida xivchin yo‘q. Spermatazoidlar hosil bo‘lishidan oldin yadro meyoz bo‘linadi, keyin bir qator mitozlar natijasida hujayrada 4 tadan 128 gacha spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Tuxum hujayra – bitta-ikkita, oogoniy ichida urug‘lanadi, urug‘langandan keyin diploid zigota yuzaga kelib undan o‘sadigan auksospora hosil bo‘ladi.
Pennat diatomlarining ko‘pchiligida jinsiy jarayon izogam tipda o‘tadi, biroq gametalari xivchinsiz. Bunday jinsiy jarayon yashil suvo‘tlardagi konyugatsiyaga o‘xshab ketadi.



Pennat diatomlardagi izogam tipdagi jinsiy jarayon.

Ulardan diatomlarda jinsiy jarayon oldidan meyoz ro‘y berishi natijasida gaploid gametalar yuzaga kelishi bilan farqlanadi. Hujayrada bitta yoki ikkita gameta hosil bo‘ladi. Bitta gameta ikkichisiga so‘rilib ketadi. Surilayotgani erkak ikkinchisini urg‘ochi sifatida qaraladi. SHunga ko‘ra diatomlardagi jinsiy jarayonni fiziologiyasiga ko‘ra anizogam desak bo‘ladi. Zigota po‘st bilan o‘raladi va auksosporaga aylanadi, undan vegetativ hujayra yuzaga keladi. Diatomlar diploid organizmlar bo‘lganligi uchun ularning rivojlanishida diplobiont gameta reduktsiyasi ro‘y beradi. Diatomlar tarqalgan joylarda ularning rivojlanishi uchun noqulay sharoitlar paydo bo‘lganida spora va tinim hujayralarni hosil qiladi. Bunday tuzilmalar g‘amlangan moddalarga boy bo‘ladi.


Tinim hujayralar vegetativlarga o‘xshaydi, sporalarning sovuti qalinlashadi, yumaloqlanada naqshlarida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Tuxum hujayralar ko‘pincha chuchuk suvlardagi diatomlarda sporalar, dengizlarda tarqalganda hosil bo‘ladi. Tinim hujayralar va sporalar o‘nlab yillar davomida hayotini saqlaydi.
Diatomlar barcha biotoplarda keng tarqalgan. Ular okeanlar, dengizlar sho‘rtob va turli chuchuk suv havzalari va tuproqlarda uchraydi. Suv ekosistemasida undagi boshqa organizmlar yil bo‘yi dominant holda bo‘ladi. Ular ayniqsa turli predmetlarga birikkan endobiontlari ham ko‘p. Diatomlarning suv havzalardagi xilma-xilligi bir qator ekologik omillari ayniqsa uning mineral tarkibi bilan bog‘lik.
Diatomlar – fototrof organizmlar, ular orasida miksotroflari, saprobiotroflari rangsiz geterotroflar ham bor. Diatomlar tabiatda fitoplankton, fitobentosning asosiy massasini hosil kilib oziq zanjirida muxum ahamyatga ega. Kurrai zaminimizda hosil bo‘la-digan organik moddalarning ј qismi diatomlarga to‘g‘ri keladi. Diatomlar dunyo okeanida 3 mlrd tonnaga yaqin kremniy shimib uni davra bo‘lib aylanishida asosiy ahamiyat kasb etadi.
Diatomlar ekologik monitoringda atrof muxitni ifloslanganlik darajasini belgilovchilar hamdir. Keyingi tadqiqotlar bir qator diatomlarni domoev kislotasi deb ataladigan toksin hosil qilishi aniqlangan. U markaziy asab tizimini tormozlanish, og‘riq sez-maslik, gallyutsiyaga sabab bo‘lar ekan.
Diatom suvo‘tlarining filogenyasida ularni bundan 150 mln yillar ilgari bo‘r davri boshlanguncha paydo bo‘lgan, deb hisob-lanadi. Biologiya tadqiqotlari diatomlarni monofilitik guruhligini tasdiqlaydi.
Diatomlarga 300 ga yaqin turkum, 10-12 ming turlar mansub, ayrim muallif tadqiqotchilar diatomlarning turlari 1 mlnga etishi mumkin, deb hisoblashadi.
Diatomlarni sistematikada bo‘lim deb hisoblab ikkita (Centri-cophyceae va Pennatophyceae) yoki uchta (Sascinodiscaceae, Fragillariophycea, Bacillariophyceae) sinflariga bo‘lishadi. Biz Belyakova G. A. va boshqalarga asoslanib diatomlarni keng manodagi sinf hisoblab G‘. E. Round et al. 1990 sistemasiga ko‘ra bayon kilamiz.

Sentrik diatomlarga mansub tartiblar



Sentrik diatom suvo‘tlari
Diatom suvo‘tlarning-sentriklarga mansub turlari okean va dengizlarning planktonida ayniqsa keng tarqalgan shu boisdan organik modda yaratuv-chilarning asosiysini tash-kil qiladi. Ular bir hujayrali koloniya hosil qiladigan sovutda chok yo‘qligi tufayli faol harakatlan-maydigan, jinsiy jarayonni amalga oshiradiganlar hisoblanadi.

Talassioziralar- Thalassiosirales tartibi


Bu tartibga pallasi doira, elips shaklidagi bir hujayrali koloniya hosil qiladigan diatomlar mansub.
Cyclatella turkumiga mansub turlar asosan bir hujayrali kamdan-kam zanjir shaklida koloniya hosil qiladi. Hujayra pallasining o‘rtasi qavariq gardish atrofi radial qovurg‘ali. Xloroplastlari mayda yassi yaproq shaklida. Suv havzalarning planktoni va bentosida uchraydi.

Kostsinodiskalar – Cosinodiscales tartibi


Kostsinodiskalarning hujayrasini pallasi asosan doira shaklida bo‘ladi. Coscinodiscus turkumiga mansub turlar Cyclotella hujayrasiga o‘xshaydi, u bilan uchraydi. Pallasida radial yoki tangentom ba’zan tartibsiz areolalar joylashadi.

Meloziralar – Melostirales tartibi


Bu tartibga koloniya hosil qiladigan bir hujayrali turlar mansub. Sovuti shar yokisilindr shaklida. Pallasi yassi yoki biroz qavariqli doira ko‘rinishida. Juda ko‘pchilik turlari dengizlarda tarqalgan, chuchuk suvlarda ham uchraydi.
Melosira turkumining turlari balandsilindir yoki bochka ko‘rinishidagi qutiga o‘xshaydi. Koloniyasi tig‘iz ip ko‘rinishiga ega. Pastki doira shaklida gardishi bo‘ylab nafis nuqtalar shaklidagi bo‘rtmalar mavjud.sitoplazmasidagi ko‘plab xloroplastlari disk ko‘rinishida. Melozira turkumining turlari chuchuk va sho‘r suv havzalarning planktoni va bentosida uchraydi.

Pennat diatomlarga mansub an’anaviy tartiblar


Pennatlarga bir hujayrali va koloniya hosil qiladigan to‘g‘ri chiziq lantset qisman eleps yoki doira ko‘rinishdagi diatomlar mansub. Ularni orasida harakatlanadigan va harakatlanmaydiganlari bor. Jinsiy jarayon o‘ziga xos izogam tarzda o‘tadi.

Fragilariyalar-Fragilariales tartibi.



Pennat diatomlarga mansub suvo‘tlar
Bu tartibning vakillari bitadan yoki koloniya hosil qiladi. Hujayralari ellips va cho‘zik shaklda. CHoki yo‘q. CHuchuk suv va dengizlarda tarqalgan. Synedra turkumining turlari yakka yoki koloniya hosil qilgan holda uchraydi. Ular birikib yoki birikmay, hujayralari to‘g‘ri chiziq shaklida, ikki uchi yumaloqlashgan. Pallasida ko‘ndalang joylashgan nafis qovurg‘alari bor, chok yo‘q.sitoplazmasida ikkita xloroplast mavjud. CHuchuk suv havzalarning litoralida turli predmetlarda, planktonda uchraydiganlari bor.



Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish