Saprolegnia turkumining turlari bizda ham keng tarqalgan. Suvli idish ustiga tuxum oksilini ipga osiltirib ko‘yilsa birnecha kundan keyin u po‘panak bilan koplanadi. Bu saprolegniya turkumining biror turi. Bu turkumning turlarida diplonetizm va dimorfizm xodisasi namoyon bo‘ladi. Bir muncha uzun zoosparangiyda ikki xivchinli zoosparalar suvda suzganidan to‘xtab xivchinini tashlab qalin kobik bilan o‘ralgansistaga aylanadi.undan ikki xivchinli buyraksimonzoosparalar chiqadi. Ular ancha muddat suvda suzib yurganidan keyin supstratda unib gifa hosil qiladi.
Saprolegniya zamburug‘ini hasharot murdasida rivojlanishi va urug‘lanish.
Saprolegniyani rivojlanishdagi diplenitizm bu zoosparanisistaga aylanishi va yana harakatlanadiganni hosil qilishi. Dimorfizm bu- xivchinlar joylanishini o‘zgartirolishi. Bu tuxumning ayrim turlarida dilanetizm xodisasi birnecha marta (poliplanetizm) takrorlanadi; xivchinlarining joylanishi bir marta o‘zgaradi holos. Zoosporalardan bo‘shagan zoosporagiyda yangi zoosporangiy hosil bo‘ladi. Bu holat odatda birnecha marta takrorlanadi.
Jinsiy jarayonda odatda sharsimon, to‘siq bilan mitselliydan ajralgan oogoniy hosil bo‘ladi. Ayrim turlarida ooganiyda birnecha, boshqalarida bitta tuxum hujayra bo‘ladi.
Saprolegniyalarning ko‘pchiligi saprotroflar bo‘lishiga qaramay ayrim tekinxo‘rlari suvi kislorod bilan yaxshi taminlanmaydigana akvariumdagi baliklar, ularning tuxumlarini xalok bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
OXROFITA – OCHROPHYTA BO‘LIMI
Bo‘lim Ochromonas turkumi (grek. ochro- nimsarik, monos-shaxs) bilan nomlanadi. Oxrofit suvo‘tlar quyidagi tavsifga ega:
1.O‘ziga xos sifanokladial va sartsinoid tuzilishdan tashqari barcha tip tuzilgan tallomlarni o‘z ichiga oladi.
2. Xivchinlarini uzunligi o‘zaro teng emas. Uzuni ikki qator mastigonema bilan qoplangan. Ikkinchisini bazal qismi shishmali, fotosintezda ishtirok etadi.
3. Xloroplastlarining po‘sti 4 membranali: 2 tasi xloroplastning xususiy membranasi, 2 ta xloroplast endoplazmatik to‘riniki.
4. Periplast bo‘shlikda anastomoz kanallardan iborat to‘r mavjud.
5. Lamellalari uch tilakoidli.
6. Turli sinflarda xlorofill A1.S1,S2,S3 turlicha nisbat va hollarda. Asosiy karotinoidli pigment-fukoksantin.
7. Ko‘pchilik vakillarida xloroplastdagi DNK hammasi xalqasimon nukleoid xolida.
8. Pirenoid bo‘lishi bo‘lmasligi mumkin.
9.G‘amlanadigan asosiy maxsulot-xrizolaminarin xloroplastdan tashqarida vakuolada vasitoplazmada to‘planadi.
10. Ko‘zcha xloroplastda joylashadi.
11. Mitoxondriy naysimon kristli.
12. Mitoz ochik, yopik, yarimyopik ro‘y beradi.
13. Ko‘payishi vegetativ, jinssiz, jinsiy.
14. Rivojlanishi jinssiz ko‘payish ro‘y bermasdan; gaplobiont zigota reduktsiyali; diplobiont gameta reduktsiyali; gaplodiplo rivojlanishida izo-yoki geteromorf almashinuvni spora reduktsiyasi bilan amalga oshadi.
Oxrofitlar orasida bir hujayrali, koloniya hosil qilgan va ko‘p hujayrali turlicha tabaqalashganlari bor. Masalan, diatomlar fakat bir hujayrali va koloniya hosil qilgan kokkoid tuzilishli bo‘lgani holda, rafidofitsa va bolidofitsalar faqat bir hujayrali monandlar, fukofitsalar (qo‘ngir) fakat ko‘p hujayrali turli yo‘g‘onlikdagi ip psevoparenxima, parenxima turlicha tabaqalashgan tuzulishli.
Oxrofitlarning hujayralarini qoplami ham rangbarang tuzilishli. Bolidofitsa va rafidofitsalarga mansub turlarning hammasida po‘st-qoplam yo‘q. Po‘st-qoplami vakillar tillarang, diktioxofitsalar, pedineogofitsalar, pelagofitsalar, pingvofitsalar, tribofitsalar orasida ham bor.
Oxrofitlarning harakatlanadigan hujayralarida ikkita (uzun va kalta), morfologiyasidan farqlanadigan xivchini bor. Hujayra bo‘linganida uzun yangi xivchin hosil bo‘lib, avvalgi uzun endi kalta bo‘lib qoladi. Xloroplastlari geterotrof qizil suvo‘tlarning ikkilamchi simbiozidan kelib chiqqan. Barcha oxrofitlarda xloroplastni to‘rt membranaligi shuni ko‘rsatadi: qizil suvo‘tdan olingan xloroplastni xususiy membranasi, ikkitasi xloroplastdagi endoplazmatik to‘rniki. Xloroplastlarning yana bir doimiy belgisi tilakoidli lamellalar. YAdroning tashqi menbranasi xloroplast, endoplazmatik to‘rning davomi bo‘lib hisoblanadi, evstigmato-fitsalar, rafidofitsalar, diktioxofitsalar, bir qator sinuralar diatom-larda unday emas. Ikkita membrana doirasida periplast bo‘shlikda periplast to‘r bo‘lib uning vazifasi, periplast bo‘shlikdan xloroplastga oqsil tashisa kerak deb hisoblanadi.
Oxrofitlarning xloroplastlarini tuzilishi va pigmentlar (L. Guillou et. al. 1999; R. A. Andersen, 2004, to‘ldirilgan va o‘zgartirishlari bilan.)
Sinflar
|
Geniforini tipi
|
Xlorofill
|
Fukoksantin
|
FukokSantin hosila
|
Diatoksin
|
Vialo- ksantin
|
Getero-ksantin
|
Voshe-
Riaksantin
|
Bacillariophyceae
Bolidophyceae
CHrysomerophyceae
CHrysophyceae
Dictyochophyceae
Eustigmatophyceae
Fucophyceae
Pedinellophyceae
Pelogophyceae
Phacothamniophycea
Pinguiophyceae
Raphidophyceae
Schizocladophyceae
Synurophyceae
Tribophyceae
|
Xalqa
Xalqa
Xalqa
Xalqa
Sochilga
Sochilga
Xalqa
Sochilga
Sochilga
Xalqa
Sochilga
Sochilga
Xalqa
Sochilga
xalqa
|
a1s1,3
a1 s1,3
a1 s1-3
a1 s1-3
a1s1-2
a
a1 s1-2
a1 s1-2
a1 s1-3
a1 s1-2
a1 s1-2
a1 s1-2
a1 s
a1 s1
a1 s1-2
|
+
+
+
+
+
-
-
-
-
-
-
-
+
+
+
|
+
+
-
+
-
-
-
-
-
-
-
-
?
-
-
|
-
-
-
-
+
-
-
?
-
-
-
-
?
-
-
|
-
-
-
-
-
+
+
-
-
-
-
-
?
-
+
|
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
?
-
+
|
-
-
-
-
-
+
-
-
-
-
-
-
?
-
+
|
Oxrofitlardagi xloroplastlarning yana bir xususiyati DNKning xalqa yoki uni sochilgan holdaligi. Oxrofitlarning ko‘pchiligi fototrof organizmlar bo‘lsada ularning orasida geterotroflari va miksotroflari (fagatrof va osmotrof) ham bor. Oxrotroflar hamma joyda uchrasada Bolidophyceae, CHrysomerophyceae, Pelago-phyceae, Pingiophyceae, Schizocladophyceae, Dictiochophyceae sinflariga mansublari fakat dengizlarda tarqalgan. CHrysophyceae, Phalothamnophyceae, Tritbophyceae chuchuk suv havzalarida, ayrim Titbophyceae va eustig Matophyctae tuproqda ham uchraydi. Er sharining turli tuman joylarida diatom suvo‘tlar boshqalaridan keng tarqalgan.
Evstigmatofitsa - eustigmatophyceae suvo‘tlar sinfi.
Do'stlaringiz bilan baham: |