Koloniya aylanib harakatlanadi. Koloniyadagi kattaroq hujay-ralarning ko‘zchasi bor. Hujay-ralarning hammasi yoshsenobiy-larni hosil qilaoladi. Jinsiy ko‘pa-yishi koloniyani aloxida hujay-ralarga bo‘linib ketganidan keyin ro‘y beradi.
Pandorina palmelloid holatga o‘tishi mumkin.
eudorina turkumi ellips ko‘rinishidagi koloniyalarni hosil qiladi. Koloniyadagi hujayralar (16-64) uning chekkasi bo‘ylab bir necha parallel halqalarni hosil qiladi. Koloniyaning oldidagi hu-jayralari biroz kattaroq bo‘ladi. Senobiyning o‘rtasi shilliqli. Gete-rogam jinsiy jarayonda erkak va urg‘ochisenobiylar bo‘ladi. Ur-g‘ochisenobiyning hujayralari urg‘ochi gametalarga aylanada, bu vaqtda erkaksenobiyda bo‘linishlar sodir bo‘ladi, natijada mayda erkak gametalarni o‘zaro birikishi ro‘y beradi. Ular urg‘ochi game-talarga uchrashguncha suvda suzib yuradi keyin aloxida gametalarga ajraladi. Zigotani unishida meyoz ro‘y beradi.
Eudorina chuchuk suv havzalarining planktonida uchraydi. Turkum polifilitik hisoblanadi.
Volvox turkumiga mansub turlar ancha mustaqil suzib yuradigan kattasenobiyga ega. Enobiydagi hujayralari xlamidomonadaga o‘xshaydi ularning soni 500 tada birnecha mingtagacha bo‘lib shilimshiq o‘ramaning chekkasi bo‘ylab joylashadi. SHilimshiqning tashqi qavatini kimyoviy tarkibi ichkisidan farqlanib glikoproteinlarga yaqin moddalardan iborat.
Volvox
Jinssiz ko‘payishi maxsuslashgan hujayra gonidiyalarning bo‘lini-shi hisobiga ro‘y beradi. Bo‘linish vaqtida avval yassiyaproq hosil bo‘ladi keyin egilib yarimyopiq ichi bo‘sh ko‘rinishni hosil qiladi. Malum kat-talikga etganidan keyin tutushadi.
Tetraspora
Malum bir sharoitda jinsiy jarayon ro‘y beradi. Erkak koloniyada hosil bo‘lgan feronom urg‘ochi koloniyaning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Sperma-tozoidlar suvda suzib urg‘ochi koloniyani topadi va tuxum hujayra bilan qo‘shiladi. Zigota tinim davrini o‘taganidan keyin unadi, uning birinchi bo‘linishida meyoz ro‘y beradi.
Tetraspora qopsimon, ba-zan malum bir shaklga ega bo‘lmagan, shilimshiqni, bevo-sita ko‘rsa bo‘ladigan, substratga birikkan koloniya ko‘rinishiga ega. Hujayralari ko‘p hollarda 2-4 tadan jamlangan. Har bir hujayrada bitta kosasimon pirenoidli xloroplast, qisqaruvchi va-kuola va ikkita psevdotsiliy bor. Koloniyadagi har bir hujayra ikkita xivchini bo‘lgan zoo-sporaga aylanishi mumkin. Zoosporalari shilimshiqdan chiqqanidan keyin malum vaqt suvda suzib keyin unib yangi koloniyani hosil qiladi. Izogam tarzda ro‘y beradigan jinsiy jarayon malum.